Yaxshilik va yomonlik haqida sara maqollar to‘plami
Yaxshilik hamda yomonlik haqidagi barcha maqollar to’plamini qbul qiling.
Yomonda or bo’lmas, yaxshi xor bo’lmas
Iting yomon bo’lsa, otib qutulasan,
Oting yomon bo’lsa, sotib qutulasan,
Qo’shning yomon bo’lsa, ko’chib qutulasan,
Ering yomon bo’lsa, ketib qutulasan,
Fe’ling yomon bo’lsa, o’lib qutulasan.
Ig’vogarga oq sut ham qora.
Yaxshi boshlaydi yo’lga,
Yomon tushirar qo’lga.
Yaxshi — bog’-u bo’ston,
Yomon — qora qozon.
Yomon atalib tirik yurguncha,
Yaxshi atalib o’lgan yaxshi.
Bast etgan o’zar,
Qasd etgan to’zar.
Yomon erga mol bitsa,
Yoniga qo’shni yoiatmas,
Yoiatsa ham tindirmas.
It tumshug’ini tiqqan yerga
Suv ichgali sher kelmas.
Ota-onasini tanimagan tangrisini tanimas.
Gina — adovatning qo’shnisi.
Go’ringdan suv chiqmasin,
Uyingdan — quv.
Yomonning bir qilig’i ortiq,
Ustiga yoqasi yirtiq.
Yomon buqa o’z boshiga o’t yer.
Savobi oshkoradan
Gunohi pinhona afzal.
Yomonga yondashgan yiqilmay qolmas,
Oxiri bir chuqurga tiqilmay qolmas.
Yomon bilan yurguncha,
Yolg’iz yurgin o’lguncha.
Yomonga osh tortguncha,
Boshiga besh tort.
Mahsining poshnasi bo’lmas,
Nojinsining — oshnasi.
Dili qoraning qilmishi — qiyiqlik.
Omon bo’lsang, osh yersan,
Yomon yursang, tosh yersan.
Yomonga yurt qolmasin,
O’g’riga — mol.
Birovga choh qazima, o’zing tusharsan.
Yaramas yarog’ yig’ar.
Yomon — o’z g’amida,
Yaxshi — el g’amida.
Yomon kun yaxshi bo’lar,
Yomon odam yaxshi bo’lmas.
Birning kasofati yuzga,
Yuzniki — mingga.
Yangilik yaratar bir kishi,
Bahramand bo’lar har kishi.
Urushqoq xo’roz semirmas
Erga bersang oshingni,
Erlar silar boshingni.
Yaxshi bilib so’zlar,
Yomon tilib so’zlar.
Yaxshi otga qamchi kerakmas,
Yaxshi qizga — sovchi.
Yomonning zarari tegar keng yo’lda,
Yaxshining foydasi tegar tor yo’lda.
Dod qoldirma, ot qoldir.
Obod qilgan obod bo’lar.
Xizmatga — tuhmat.
Yomon o’zini bilmas,
O’zgani ko’zga ilmas.
Dili qora — till qora.
Suzadigan sigirga muguz bitmas.
Ey til, yaxshilikni bil.
El yaxshilikni unutmas.
Yomon ko’rishni bilmagan,
Yaxshi ko’rishni ham bilmas.
Kishi aybiga etak yop.
Yomon ot oxur buzar,
Yomon it egasini uzar.
Zamon seni o’qitar,
Johilliging yo’q etar.
Yomondan qorovul bo’lsa, yov yetti bo’lar.
Yaxshi bitirar,
Yomon yitirar.
Achchiqni achchiq kesar.
Yaxshi ishga jarchi bo’lsang, jirkanma.
Ikki yaxshi uyada bitar,
Ikki yomon — qiyada.
Yomonning yaxshisi bor.
Yomondan qoch, yaxshiga yondosh.
Bir ilon bir uy odamni tinchitmas.
Yomonni ishga emas, oshga chaqir.
Tug’iladigan bolaga to’g’anoq bo’lma.
It egasini tanimas,
Mushuk — bekasini.
To’riq ko’z chiqarar
Yomonning bolasi yo’lda yotib ot hurkitar.
Yomon kelsa — buzar,
Yaxshi kelsa — tuzar.
Ajalga davo yo’q,
Yomonga — balo.
Yomondan to’n kiysang,
To’yda «to’nim ber» deydi.
Yomon baxil bo’lar,
Yaxshi — anil.
Dushmaningni asal bilan bo’g’.
Vijdonsiz kishidan o’pkalama.
Birovga kesak otsang,
U senga tosh otadi.
Eskisiz yangi bo’lmas,
Yomonsiz yaxshi bo’lmas.
Yomonning qilmishi yomonlik,
Yaxshiga berrnas omonlik.
Yalang’och igna kiyintiradi.
Ilon zahri — tishida,
Yomon zahri — tilida.
Rizq ham azaliy,
Yomon ham azaliy.
La’nat yog’diruvchi bo’lma,
Rahmat eshituvchi bo’l.
Odam odamdan qutular,
Yomon fe’lidan qutulmas.
Yomondan hayvon yaxshi,
Bostirmadan — ayvon.
Rahbarning yaxshisi undirar,
Yomoni so’ldirar.
Birov o’lmay, birov kun ko’rmas.
It akillasa, og’ziga ur.
Ko’ngli qoradan pes yaxshi.
Tosh bilan urganni osh bilan ur.
Itning oshnasi bo’lmas.
Ilon o’lsa ham, zahri tishida qolar.
Yomon ayg’irda yol bo’lmas,
O’larmonda hoi bo’lmas.
Beli og’rimagan bel bo’lmas,
Birovning xizmatin bilmas.
Oriq degan yomon toy,
Yozga chiqib ot bo’lar.
Yomon ot yoldor bo’lar
Tilagi yaxshi kamol topar,
Tilagi yomon — zavol.
Yomon bilan yotma,
Erta turib aytma.
Yomon oshga o’rtoq,
Boshga — to’qmoq.
Davlat bitsa yomonga,
O’zin sanar xoqonga.
Yomon qiliqdan — ko’zga yosh,
Yaxshi qihqdan — og’izga osh.
Yomonning janozasidan
Yaxshining hikoyasi foydali.
Oq it, qora it, bari — bir it.
It og’zidan suyak olib bo’lmas.
Yaxshi bilan yurdim,
Yo’limni topdim.
Yomon bilan yurdim,
Go’rimni topdim.
Odam odamning dardini olar.
Birovning aybiga ko’z-quloq bo’lma.
Yoqma — pisharsan, qazima — tusharsan.
Yaxshi bir tavba qiladi,
Yomon — yuz.
Yomonning oyog’i — sakkiz,
Bin tegmasa, bin tegar.
Odam — odamning ko’zgusi.
Elchiga o’lim yo’q.
Ikki yaxshi qo’shilsa,
Birini biri qiymas.
Birniki — mingga,
Mingniki — tumanga.
Tuzgan ham odam,
Buzgan ham odam.
It arazlar, egasi bilmas.
Ko’ngli qoraning yuzi qora.
Birovning so’zi yaxshi,
Birovning — o’zi.
Yomonning dasturxonidan
Yaxshining ustixoni yaxshi.
Yomon tekkanga tegar,
Tegmaganga kesak otar.
Yaxshi uydan yaxshi tutun chiqar.
Zamon senga boqmasa,
Sen zamonga boq.
Ilon po’stini tashlagani bilan qilig’ini tashlamas.
Yomonlik itning ham qo’lidan keladi.
Yomon — kunchi, yaxshi — sinchi.
Yomonga qiz tugul, tuz ham berma.
Yomon yo’ldan yurgan tuya cho’kar.
Ig’vogar ig’vo tarqatar,
Iflos g’avg’o tarqatar.
Yomon it kunduzi hurar.
Yomon bilan yurdim, qoldim uyatga,
Yaxshi bilan yurdim, yetdim niyatga.
Yaxshi odam o’ynab-kuhb kecbirar,
Yomon odam qon-u zardob ichirar.
Ilon goh-goh chaqar,
Yomon doim chaqar.
Baxtiyor bo’lsa zamon,
Noshukur bo’lma — yomon.
Ilon o’z zahridan o’lmas.
Yaxshi joningga o’rtoq,
Yomon — noningga.
Oq degan — olqish,
Qora degan — qarg’ish.
Yaxshi xunuk libos bilan ham yaxshi.
Chayonning kasbi — chaqish
Itning ishi — uzmoq,
Yomonning ishi — buzmoq.
Saroy qurib, shahar buzma.
Yomonning kuchi yapaloqqa yetar.
Bu dunyo o’tar-ketar,
Yuzi qoralik qolar.
Yomonning yaxshisi bo’lguncha,
Yaxshining yomoni bo’l.
Yomon ot suvliq tishlar.
Yomon otni yog’ bosar.
Yaxshi bo’lsang, o’zarsan,
Yomon bo’lsang, to’zarsan.
It ochiq qolgan qozonni yalar.
Yomon ilon tegirmon boshida aylanar.
Itning irrilagani — salomlashgani.
Tentak cho’qmor yig’ar.
Yaxshi bilan yursang,
Kunda bozor.
Yomon bilan yursang,
Ko’ngling ozar.
It to’yi janjalsiz o’tmas.
Yomonlikni ko’p qilsa,
Yaxshi kishi yot bo’lar.
Inson — gavhari Qobul
Yomon sigir yozda tug’ar.
Odam tug’ilib yomon bo’lmas,
Ulg’ayib yomon bo’lar.
Yomonning niyati — buzuq,
Yaxshining niyati — tuzuk.
Yomon bilan yo’ldosh bo’lsang,
Yomondan burun o’lasan.
Ko’cha bezori — ona bezori.
Yomondan yaxshi tuvadi,
Yomonning yuzini yuvadi.
Yomonga yog’ yoqmas,
Echkiga — quymoq.
Tentak tosh terar,
Qotil — bosh.
Yomon o’ldi desa, ishon,
Yomonligini qo’ydi desa, ishonma.
Yordam bergin, Kimsan, deb so’rama.
Yaramas o’tdan yaramas tutun chiqar.
Yaxshi bo’lsang, yaqin ko’p.
Yaxshi kishi — tegchil,
Yomon kishi — kekchil.
It oyga qarab hurar.
It tuqqanini tanimas.
Taqir yerdan chang chiqarma,
Yo’q yerdan jang chiqarma.
Yomon soyga suv tushsa,
Kechuv bermas kecharga.
Boboning tol ekkani —
O’ziga nom ekkani.
Yaxshi it o’ligini ko’rsatmas.
It vovullagani bilan tog’ qulamas.
It yeganidan bo’ri yegani yaxshi.
Yomon otga yoi bitsa,
Yoniga tursuq boylatmas.
Yomonga sir aytma, yurtga yoyar.
Suzag’on sigir shoxidan ayrilar
Ikki yaxshi erikmas,
Ikki yomon birikmas.
Yomonga hazil qilsang, yoqangni yirtar.
Yomon atlas bilan ham yomon.
Yomonga cho’p botar,
Yaxshiga — so’z.
Kulganga kula boqma,
Betiga kuya yoqma.
Yomon ho’kiz shamiyon sindirar.
It qilganni itorchi qilmas.
Xayr qil o’ladigandek,
Imorat qur o’lmaydigandek.
It hurar, karvon o’tar.
Omon yursang, oting o’zar,
Yomon yursang, baxting to’zar.
Bir kun tuz ichgan joyga
Qirq kun salom ber.
Dilozori — xudobezori.
Bir qorin moyni bir qumaloq buzar.
Odam zahrini odam olar.
Kul qoldirma, gul qoldir.
Yomon yurgan yo’lda cho’kar.
Bug’doydan—bug’doy,
Arpadan—arpa.
Xayrli ishning xayrixohi ko’p.
Enang qilsa zo’rlikni,
Bolang tortar xo’rlikni.
To’yda ko’rsa, to’nimni ber,
Uyda ko’rsa, unimni ber.
Tuyaning bo’yni yomon,
Yomonning o’yini yomon.
Mag’iz achchiq bo’lsa, po’stiga ham urar.
Yomon ko’z tosh yoradi,
Yomon do’st — bosh.
Bir yaxshi bilan bir yomon kelishar,
Ikki yomon kelishmas.
Sharob uzumdan rang olar,
Odam odamdan rangtolar.
Yaxshi oshini yer,
Yomon — boshini.
Gunohi — meniki, savobi — sizniki.
Yomon kuchuk bo’sag’ada hurar.
Yomon yovga bo’lishar.
Oltin olma, olqish ol,
Olqish oltin emasmi.
Ketarga kelsa — el yomon,
Ko’charga kelsa — yer yomon.
Tosh otganga osh ot.
Yomon yaxshi bo’lmas,
Eshak — baxshi.
Yaxshi otga o’g’irlik ko’p,
Yaxshi xotinga — zo’rlik.
It achchig’ini turnadan olar,
Bit achchig’ini — burgadan.
Gul tikanin zahri yomon,
Qizmondaning qahri yomon.
Bekorchidan bezib qoch,
Chaqimchidan — ko’chib.
Shaharning qa’lasi — qo’rg’on,
Odamning yomoni — gap urgan.
Oqko’ngillikning oti ham ozmas,
To’ni ham to’zmas.
Dutorsiz baxshi bo’lmas,
Yomonsiz — yaxshi.
Bir kalning hiylasi
Qirq kishini charchatar.
Musht ursang, shapaloq kut.
Yaxshi bilan yo’ldosh bo’lsang,
Ishing bitar.
Yomon bilan yo’ldosh bo’lsang,
Boshing ketar.
Echkining yog’i bo’lmas,
Yaxshining — dog’i.
Yaxshi turmas, yomon o’lmas.
Mol boqsang, og’zi-burning — moy,
Bo’ri boqsang, og’zi-burning — loy.
Baxshi bor joyda yaxshi bor.
Asl odam hech o’lmas
Yomon gap yer tagida uch yil yotar.
Ilonga suv bersang ham, zahar tomar.
Yomonga o’lim yo’q,
Yaxshiga — yurim.
Yaxshi suydirar, yomon so’ndirar.
Yomon buzoq yopig’in yer.
Yomonga ishing tushmasin,
Qulonga — qushing.
Mitaning yomoni tegirmondan butun chiqar.
Yomonning do’sti ko’p,
Piyozning — po’sti.
Yomon otga yoi bitmas.
Uyi buzuq o’ngalur,
O’yi buzuq o’ngalmas.
Zamon tuzalsa, yomon tuzalar.
Yaxshi bilan yo’ldosh bo’lsang,
Holva bilan shakar.
Yomon bilan yo’ldosh bo’lsang,
Obro’ying to’kar.
Indamasni it qopar.
Yomonning yarasi bitmas.
Otangni o’ldirganga onangni ber.
Yomon tirtiq qilar,
Butunni yirtiq qilar.
Oxir zamon bo’lsa,
Tog’a jiyan bilan qozilashar.
Dog’ ostida dog’ qolmas.
Xayrli ishning kechi yo’q.
Sarbozor — sakbozor
Yomonga kun ham qorong’i, tun — ham.
Shakar pashshasiz bo’lmas,
Arpa — kesaksiz.
lion po’stini tashlasa ham — ilon.
Odamning g’alamisiga dunyo bir pul.
Yomon oting chiqquncha,
Totli joning chiqsin.
Yomon yo’ldosh bo’lmas,
Yo’ldosh boisa ham sirdosh bo’lmas.
Yomonga aytsang siringni,
Mingta qilar biringni.
Yomon o’tganning o’rog’ini olar,
Ketganning — ketmonini.
Oyog’i iflos to’r bulg’ar,
O’zi iflos el bulg’ar.
Yomon bilan yursang, yomon boiasan,
Yaxshi bilan yursang, omon boiasan.
Yomonning oti bilan uloq olguncha,
Yaxshining eshagida otquloq ol.
Yomonni tanqid qil,
Yaxshiga — taqlid.
Yomonning otidan yaxshining so’zi yaxshi.
Itning ishi — yirtmoq.
Bir so’zlining yuzi — yorug’,
Munofiqning yuzi — choriq.
Aslning xatosi bo’lmas,
Yomonning oshnasi bo’lmas.
Yaxshi otdan yiqilsa, yomon — tabachi,
Yomon otdan yiqilsa, yaxshi — hudaychi.
Yomon odam til bilan kuydirar.
Yomonga el bo’lguncha,
Yag’ir otga bel bo’l.
Yomon ot to’rva teshar.
Kimki bo’lsa dilozor,
Undan el-u yurt bezor.
Yomon eshak ip uzar,
Yomon xotin uy buzar.
Yaxshi bilan sirdosh bo’lsang,
Yaxshilik bilan unasan.
Itdan yorug’lik chiqmas,
Bitdan — chorig’lik.
Yer qattiq bo’lsa, ho’kiz ho’kizdan ko’rar.
Yomonning bo’zini olguncha,
Yaxshining so’zini ol.
Kishi bo’lmagan kishining
Kishi bilan nima ishi bor.
Yomonning davlati — yaxshining ofati.
Yomon odam to’ymas,
Yomonligini qo’ymas.
Ilonni tushda ko’rsang — ganj,
O’ngda ko’rsang—yanch.
Yomonga yomon bo’l,
Yaxshiga — tomon
Ikki yomon qo’shilsa,
Keng dunyoga siy(g’)ishmas.
Yomondan — yorti qoshiq.
Yomondan jar bo’yi qoch.
Guruchning kurmagi bor,
Yomonning to’qmog’i bor.
Kaltak o’qtalganga cho’qmor ko’tar.
Bezoridan hamma bezor.
Yomondan qarz olsang, ham yo’lda qistaydi,
Ham — go’rda.
Daryoga yaxshilik qilsang,
Ajrini biyobondan topasan.
Echki egiz tug’ib qo’ydan oshmas,
It egiz tug’ib eldan oshmas.
Olmadan bodom bo’lmas,
Tegi past odam bo’lmas.
Yomonning qulog’iga yaxshi o’git kirmasa,
Yomon o’git kirar.
Yaxshi bilan yo’ldosh bo’lsang,
Yetarsan yiroqqa.
Yomon bilan yo’ldosh bo’lsang,
Tusharsan tuzoqqa.
Zamon yomon emas,
Zamonga boqmagan yomon.
Yo’q muttahamdan bor muttaham yomon.
Ig’vogarning o’zi yomon,
O’zidan so’zi yomon.
Yomon tuzalsa, zamon tuzalar.
Chala dovruqqa chol yiqilar.
Suvning ishi — o’pirmoq,
O’tning ishi — kuydirmoq.
Yovdan yaxshilik yuqmas.
Yomonning joni — aziz.
Yomon arida bol bo’lmas,
Suvsiz yerda — tol.
Savobning eshigi — ko’p.
Kishi bo’lgan kishining
Kishi bilan ishi bor.
Ostonadan ayvon yaxshi,
Vijdonsizdan hayvon yaxshi.
Er yigit elga tortar,
Yomon yukin elga ortar.
Echkini ham o’z oyog’idan osarlar,
Qo’yni ham.
Ilonning o’lgisi kelsa, izda yotar.
Shaytonning ozdirgani — o’ziniki.
Ikki yaxshi qasd bo’lmas,
Ikki yomon — do’st.
Yomon bilan so’z olishguncha,
Ko’cha alish.
Otning yomoni — ola,
Xotinning yomoni — balo.
Yomon baliq suv loyqatar.
Yirtqichni uyasida yanch.
Ezgulikning kechi yo’q.
Yomonga gapirsang — bir balo,
Gapirmasang — ikki balo.
Yomonlarga boshchi bo’lguncha,
Yaxshilarga qo’shchi bo’l.
Yomon farzand poygaga tushirar,
Yaxshi farzand to’rga o’tqazar.
Bir ko’ngil imorati —
Ming Makka ziyorati.
Yomonga yondashma,
Yaxshidan adashma.
Egovni egov yeydi,
Zaharni zahar yeydi.
Yomondan qarzdor bo’lsang,
Ko’p ichida yoqangdan olar.
Otning yomoni toy bilan o’ynar,
Eshakning yomoni ot bilan o’ynar.
Bir tulki yetti bo’rini yetaklar.
Eshak siypaganni bilmas,
Yomon — siylaganni.
It sarqitini yo’lbars yemas.
Oltin olma, duo ol,
Duo oltin emasmi.
Yomon o’rdak avval uchar.
Zahar zaharni kesar.
Ota bolasi bo’lma,
Odam bolasi bo’l.
Itga bersang oshingni,
Itlar g’ajir boshingni.
Yaxshi xislat — go’zal fazilat.
Odam bo’lmoq asta-asta,
Hayvon bo’lmoq bir pasda.
Yomonning ko’zi yurak og’ritar.
Yomon bilan yo’ldosh bo’lma,
Nodon bilan — sirdosh.
Odam bo’lish — oson,
Odamiy bo’lish — qiyin.
Otangni o’ldirganga yaxshilik qil.
Yanisa, pichoq kesar,
Yalinsa, yaxshi kechar.
Yomon xotin kimniki — olaqopniki,
Olaqoping bo’lmasa, allakimniki.
Ko’ngilning olasi — xudoning balosi.
Yomon yashar, yaxshi qaqshar.
Yomon bilan yer qo’shni ham bo’lma
Go’r qo’shni ham bo’lma.
Yer to’ydirar, o’t kuydirar.
Ilon ishi — zahar solmoq.
Dunyo yorug’ bo’lsin desang,
Uyingga chiroq yoq.
Yomon xotin — dardsiz kasal.
Yomondan dog’ qolar,
Yaxshidan — bog’.
Niyating — yo’ldoshing.
Mevaning yaxshisini qurt yeydi.
Yomonning jag’i tinmas
Tepib o’tma, suyab o’t.
Running yomoni ketar,
Odamning yomoni ketmas.
Yomonga yog’ yarashmas,
Kalga — sarimsoq.
Yomonlikni oldingda tut,
Yaxshilik kelsa — iqboling.
Ustalik joy bitar,
Qassoblik joy yitar.
Yomon etagingni yirtsa,
Etagingni kesib qoch.
Yomondan it yaxshi,
Sirkadan bit yaxshi.
Yomondan qarz etma,
Qarz etsang ham, xarj etma.
Yomon mo’ridan achchiq tutun chiqar,
Yomon uydan — sassiq gap.
Yomonga bosh bo’lguncha,
Yaxshiga yo’ldosh bo’l.
Ilondan—ilon, chayondan—chayon.
It otasini tanimas.
Yomonning og’ziga — yamoq,
Yaxshining og’ziga — qaymoq.
Yaxshi bo’lsang, bolday bo’l,
Yomon bo’lsang, uvday bo’l.
Yomonga yo’liqsang, «yov keldi» qilar.
Birov tuzar, birov buzar.
Bola bezori — kishi ozori.
It itligini etar,
To’n etagini yirtar.
Yomonning jag’iga ilon tuxum qo’yar.
Yomon yovdan qochar.
Yomondan yo qochib qutul,
Yo — tonib.
Yaxshi yigit bilan yaxshi ot — ko’pniki
Yomonga go’r qo’shni qilma,
Ig’vogarga — yon qo’shni.
Otning o’limi — itning bayrami.
Yaxshi chechakka bolari qo’nar.
Bir kishi ariq qazar,
Ming kishi suv ichar.
Ilon bo’lib yashagandan,
Yilqi bo’lib kishnagan yaxshi.
Yomon yoniga yon olma,
Yon olsang ham, yor olma.
Yaxshi aytar:
Yo’l qo’ydim,
Yomon aytar:
Men yengdim.
Olqish olgan omondir,
Qarg’ish olgan yomondir.
Elchining kechikkaniga suyun.
Yaxshi yonida yomon ham o’ngishadi.
Yomonni yuborsang, bildirib kelar,
Yaxshini yuborsang — tindirib.
Yomon odam tuqqanini yomonlar.
Yovdan yaxshilik chiqmas.
Yomon odam yo’ldoshini qaritar.
Yomonga yaqinlashsang, balosi yuqar,
Qozonga yaqinlashsang — qorasi.
Yomon yomon bilan.
Yaxshi zamon bilan.
Itdan qolganini mushuk yemas.
Yomonga osh berguncha,
Yaxshiga bosh ber.
Dushmanni musht bilan urma,
Osh bilan ur.
Ko’ngil torhgi — xorlik.
Yomonning balosiga,
Qayga boray davosiga.
Tikan bo’lib oyoqqa qadalguncha,
Gul bo’lib ko’krakka sanchil.
Otning yomoni oxur buzar.
Beqo’nimga qo’nim yo’q,
Yomon odamga — o’lim.
Yaxshi bo’lsang, yasharsan,
Nasibangni osharsan.
Ilon ilonning quyrug’ini bosmas.
Yaxshi bilan yursang,
Yetarsan murodga.
Yomon bilan yursang,
Qolarsan uyatga.
Yomon farzand ota-onani yerga qaratar,
Yaxshi farzand ota-onani elga oralatar.
Yomon «yilg’in» desang, «qirg’in» der.
Ko’zga — ko’kanak,
Oyoqqa — tikanak.
Yomon bola ko’zidan,
Bilinadi so’zidan.
Yomon otni minguncha,
Yayov yurgin o’lguncha.
Yomon xotin yomon kunda qochar,
Yaxshi kunda kulib, bag’rin ochar.
Savobning tagi — teshik.
Yaxshi ot erniki, er — elniki.