Yangi yil haqida sara sherlar toʻplami

Yangi yil — eski yil tugaganidan keyin boshlanadigan navbatdagi yil; eski yilning tugashi va yangi yilning boshlanishi nishonlanadigan kun. Yilning boshlanishi turli xalqlarda har xil vaqtga toʻgʻri keladi. Koʻpchilik mamlakatlarda, xususan, Yevropa mamlakatlari har yili Yangi yilni milliy bayram sifatida 1-yanvar (Yangi yil kuni) kunida nishonlashadi. Hijriy yil hisobi qabul qilingan joylarda esa quyosh yilining turli sanalarida bayram qilinadi. O’rta Osiyo va Sharq mamlakatlarida, shu jumladan, O’zbekistonda Navro’z bayramini Yangi yilning kirib kelishi tariqasida qadimdan keng nishonlanadi.

Yangi yil haqida sher

Yangiyil

Eshik qoqib kelmoqda,
Bezayman endi archa.
Shamol kelib yelmoqda,
Derazamda qor parcha.

Rahmim kelib oldimu,
Qor parchani qo’limga.
To’shagimga soldimu,
O’rab qo’ydim to’nimga.

Keyin yana archamni,
Bezash uchun urindim.
Eritib qor parchamni,
To’shagimdan kuyindim.

Bunday g’amli kechani,
Olib ketgin eski yil.
O’tmishim qorparchani,
Qaytarib ber yangi yil.

Qorbobo

Qorbobojon qorbobo
Sovg‘alari bor bobo.
Agar qopi bo‘lmasa,
Lo‘lilarday xor bobo.

Tezroq kelib qorbobo,
Yangi yilni boshlab ket.
Qorqizingni bir oyga,
Bizni uyga tashlab ket.

Chanada kel qorbobo,
Menga desa g‘ozda kel.
Duxing yetsa mabodo,
Bahorda kel, yozda kel.

Ayfonim sotdim yangi,
Bitta samsung olib kel.
Yo‘l yo‘lakay paynetdan,
Sho‘timga pul solib kel.

Biz seni ko‘p kutyapmiz,
Chaqirganda chopib kel.
Qarzin to‘lamay ketgan,
Do‘stlarimni ham topib kel.

Qorbobojon, qorbobo,
Sal normalniy kiyin san.
Sovg‘alaring bo‘lmasa,
Hamma joyda bir tiyin san.

Sen kelsang ey qorbobo,
Yangi yil ham to‘lardi.
Qariganda qizil kiyim,
Kiymasang ham bo‘lardi.

Yangi yil kelmoqda

Yam yashil kiyingan to’nli bir daraxt,
Qaddini roslagan viqorday turib.
Dilda quvonch, shodlik qo’llarda qadah,
Yangi yil kelmoqda eshikni urib.

Ko’zlarim intizor suyunar yurak,
Qorbobo qanikan qorqizdir bo’lak
Qorbobo deb chaqir balki kelar,
Kelmasa qorqiz ham yozgacha qolar.

Yangi yilga yetdik

Mayliga hovlimiz qorga to’lsa ham.
Archa atrofida barchamiz masrur.
Mayliga qorbobo soxta bo’lsa ham.
Yangi yilga yetdik Xudoga shukur.

Eski yilda qolsin, gina-yu kudrat.
Xafalashgan do’stga ko’rsating hurmat.
Hayot og’ir qadam tashlagan fursat.
Yangi yilga yetdik Xudoga shukur.

Eski yilda qolsin barcha dardimiz.
Eski yilda qolsin armonlarimiz.
Yangidan kuch olib darmonlarimiz.
Yangi yilga yetdik Hudoga shukur.

Tinchgina diyorda, shodon-u xurram.
Kutib olinmoqda yangi yil bayram.
Goho xorib qoldik, gohida shaxdam.
Yangi yilga yetdik Xudoga shukur.

Keldi yangi yil

Osmonlardan rang-barang zambaraklar mo’ralar,
Qong’iroqlar jarangi olam uzra taralar.
Yuzdagi tabassumlar quvonchlarni ulashar,
Ohangrabo sadolar davralarda qizishar.

Eshik qoqib sho’x-shodon kirib keldi yangi yil,
Olis safarlar kezib, mehmon bo’ldi yangi yil
Bu kechada barchamiz, mo’jizalar kutamiz,
Dilni charog’on aylab, zavqlik gashtin suramiz.

Tongacha o’yin-kulgu, raqslarga tushamiz,
Go’zal tilaklar aytib, qator-qator qo’shamiz
Eshik qoqib sho’x-shodon kirib keldi yangi yil,
Olis safarlar kezib, mehmon bo’ldi yangi yil.

Archalar bezatilgan, nozu ne’mat tortilgan,
Zebu zarlar har yonda, go’zal olam yoritilgan.
Iliq, shirin niyatlar, qadahlarda bitilgan,
Yangi yilning sevinchi yuraklardan otilgan.

Yangi yil keldi do’stlar

Qor yog’di qish keldi
Archa bezab do’stlar
Atrofida yig’ildi
Yangi yil keldi do’stlar.

Qor bobo qor bobo
Soqqoli uzun bobo.
Ko’zlari qisiq bobo
Yangi yil keldi bobo.

Sovg’alariz ko’p edi
Bolalariz ko’p edi.
Bizga sovg’a yo’q edi
Endi beringgiz bobo.

Dala oppoq qor yoqqan
Soat nol nolga boqqan.
Eski yil marjon toqqan
Yangil yil keldi do’stlar.

Kulib ko’ngil yashnaydi,
Archa ko’kka o’xshaydi.
Bayram qilib yashnaydi,
Yangi yil keldi do’stlar.

Ayoz bobo demadim
Sizni mazoq qilmadim.
Sizdan sovg’a olmadim,
Sovg’a beringda bobo.

Shahzod sizga she’r aytar
Sovg’a deb dildan aytar.
Bo’lmasa fikridan qaytar,
Katta sovg’a ber bobo.

Archa ko’m-ko’k turibdi
Do’stlar bir yig’ilibdi.
Soat nol nol bo’lganda,
Kutiladi yangi yil

Yangi yil kelaqol

Yangi yil kelaqol,yurakkinamga,
Tanish hislarimni qilaqol ro’yob..!
Izhor aylayqolgin tilakkinamga,
Ortiq berolmasman, sog’inchlarga tob.!

Yangi yil kechasi o’tar imillab,
Mast alast haloyiq,kezarlar bedor.
Notanish hislarni menga shivirlab,
Ohista,siypalab mayin yog’ar qor..!

Ko’ksimda izillar,sovuq hissiyot,
Yolg’izlik domidan keladi ketgim.
Yo’llarim yagona,hayot yo momot,
Ko’nglim zorlarini kelar unutgim..!

Barcha jufti bilan,kayfiyat a’lo,
Qo’ltiqlab kezadi,bayram maydonin.
Osmonda oylarni gardishi qaro,
Hushnud kutgim kelar,yangi yil onin..!

Lekin hushnudlikdan,begonaman kez,
Yiroqda shivirlar,sevgi hislari..!
Oh..bu jonim kuymoqdadir tez..,
Budir ayriliqning nohush izlari…!

Jonim sezayapman o’zimni yakka,
Qo’limdan ushlagin,boqay intiqib..!
Bu shahar yutmoqda umidlarimni,
O’zimni tobora boryapman siqib,,!

Sog’inching bunchalar bo’lmasa shirin,
O’tgan yil umidlar chiqdi puchakka..!
Aytolmay qolgandim ko’ngilni sirin,
Aylanib bormoqda tanish cho’pchakka..!

Qo’limdan tutaqol,sezayin tafting..!
Lablaring ta’mini sezay yutoqib,,!
Sog’inchim yukidan egilsin kafting.,
Yonib ketayapman,ishqimni yoqib..!

Muhabbat dardlarin yiroqqa otib,
Yurakka mehmonmi bugin yangi yil..?!
O’tgan yillarini pullagan sotib,
Azobin tatmoqda yutoqib bu dil..!

Yangi yil kelaqol, yurakkinamga,
Tanish hislarimni qilaqol ro’yob..!
Izhor aylayqolgin tilakkinamga,
Ortiq berolmasman,sog’inchlarga tob.!

Oppoq qushga o‘xshar yangi yil

Oppoq qushga o‘xshar yangi yil,
Qanotlari par kabi mayin.
Nelarnidir sog‘inar ko‘ngil,
Sog‘inch ortar yil o‘tgan sayin.

Uy to‘rida qadrdon archa,
Qadrdondir o‘yinchoqlar ham.
Faqat o‘zim bezagim kelar,

Qizg‘onaman uni hammadan.
Sog‘inaman bolaligimni,
Yuragimda armonlar xil-xil.
Bergim kelmas uni hech kimga,

Bolalikni qizg‘onadi dil!

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован.