Vatan haqida sherlar to‘plami

Vatan haqida sherlar. Vatan ostonadan boshlanadi. Ona vatan sog’inchini musofirlar juda yaxshi his qilishadi. Shunday ekan jannatmakon yurtda yaxshaymizki uni ardoqlab shukur qilib yashaylik.

Vatan haqida sherlar

O‘zbegim

Omad qushi tanlagan seni,
Unutmaysan hech birimizni.
Yaxshilikka sarflagan kuchni,
Dunyo bilar o‘zbek nomini!

Bizdan faqat ozod yurt qolar,
O‘zbegimga doim baxt kular.
Yosh-u qari omading tilar,
Dunyo bilar o‘zbek nomini!

Tinchlik nomi o‘zbegim o‘zing,
Bajargaysan har aytgan so‘zing.
Qo‘ldan kelmas yo‘qdiz bir ishing,
Dunyo bilar o‘zbek nomini!

Hech bir yurtga qaram emassan,
O‘zbek nomi bizga keraksan.
Mening baxtim o‘zbek o‘zingsan,
Dunyo bilar o‘zbek nomini!

Doim meni qo‘llagan Vatan!
Bolam deya allalar aytgan.
Senga sodiq o‘g‘lon b‘laman,
Dunyo bilar ôzbek nomini!

Xor bo‘lmaydi hech qachon o‘zbek,
Zor bo‘lmaydi hech qachon o‘zbek.
Buyuk davlat buyukdir o‘zbek,
Dunyo bilar o‘zbek nomini!

Or-nomus deb kurashgan o‘zbek,
O‘z nomi deb kurashgan o‘zbek.
Har birimiz o‘g‘il-qizidek!
Dunyo bilar o‘zbek nomini!

Yuksaklarga ko‘taray seni,
Bolam deya atagin meni.
Ado etay farzandlik burchni,
Dunyo bilar o‘zbek nomini!

Hech yozishdan tôxtamas qo‘lim!
Maqtash desa tiyilmas tilim!
Ishlasam gar o‘zbekcha yôlim,
Dunyo bilar o‘zbek nomini!

O‘zga yurta bo‘lguncha podsho,
O‘z yurtimga bo‘layin gado.
Olloximdan keldi bir sado,
Endi burchim etayin ado.

Shamshod xizmat qiladi sizga,
Qôlni oching siz ham duoga.
Hech ôxshatmang bizni birovga,
Dunyo bilar o‘zbek nomini!

Vatan

Vatan

Sen agar bug‘doy boshoq bo‘lsang somoningman, Vatan,
Toabad boshing omon bo‘lsin, tovoningman, Vatan.

Barcha yaxshi, barcha oqil, barcha dono, faylasuf,
Qimtinib bir chekkada yurgan yomoningman, Vatan.

Chor taraf zulmat, tuman, uvlaydi ming -minglab shoqol,
To sahar gulxan yoqib chiqqan cho‘poningman, Vatan.

Barcha jim, tilsiz pisib, mum tishlaganda, xayqirib,
Haq so‘zin dor ostida aytgan zaboningman, Vatan.

Bo‘lmasin ovvora yov oybolta qayrab qatlima,
Qatl etib o‘ldirsa xam o‘lmas omoningman, Vatan.

Yurtda Vulqon cho‘qqidek boshim bulutlardan baland,
Yov uchun mangu o‘tib bo‘lmas dovoningman, Vatan!

Xo‘r O‘zbekiston

Kurashib yovlar bilan
Fido qildi jon-u tan
Necha-necha ajdodlar
Bo‘ldilar qurbon Vatan!

Oyoq bosib Chingizlar
Otdi senga ildizlar
Ba’zi gumrox beyuzlar
Sotdilar arzon Vatan!

Hind yurtida qildi sabr
Seni sog‘inib Bobur
Yot yurtda o‘lmoq og‘ir
Sensan bizga jon Vatan!

O‘zga yurtda Furqatlar
Chekdi qancha zaxmatlar
Yillab kutdi fursatlar
Bo‘lmadi imkon Vatan!

Gul bo’lmayin kul bo‘ldik
Birovlarga qul bo‘ldik
Mana endi xur bo‘ldik
Senga sharof shon Vatan!

Ajdodlarim yod bu‘lsin
Ruxlari ham shod bo‘lsin
Yurtimiz obod bo‘lsin
Bizlarga makon Vatan!

Oshdi shuxrat shonim ham
O‘tar bahtli onim xam
Senga fido jonim ham
Xo‘r O‘zbekiston Vatan.

Serquyosh yurt kimda bor?

Serquyosh yurt

Quyosh nuri dilni yoritgan,
Ona zamin borini sochgan.
G‘amlar emas quvonch yig‘latgan.
Serquyosh yurt kimda bor?
Bizga doim baxtlar yor!

Kim qiziqsa bizning ishlarga,
Qolmas aslo ga‘zzod qishlarga.
Xush navosi o‘xshar qushlarga,
Serquyosh yurt kimda bor?
Bizga doim baxtlar yor!

Tinch yurtim,ozod yurtim,
Har go‘shasi obot yurtim.
Ko‘nglim senla shod yurtim,
Serquyosh yurt kimda bor?
Bizga doim baxtlar yor!

O‘zing menga beshik bo‘lding,
Baxtga eltar eshik bo‘lding.
Har ishimga sherik bo‘lding,
Serquyosh yurt kimda bor?
Bizga doim baxtlar yor!

Ollox seni inom etgan,
Bu zaminda dono o‘sgan.
Doim bizni dunyo ko‘gan,
Serquyosh yurt kimda bor?
Bizga doim baxtlar yor!

Joni fido Shamshod Safar!
Senga mudom xizmat qilar.
Sendan albat qarzin uzar,
Serquyosh yurt kimda bor?
Bizga doim baxtlar yor!

O‘zbekistonim

O’zbekiston bayrog‘i ko‘tarildi chinakam,
Ushbu kunni, ayting-chi, qay birimiz kutmadik.
Zarur bo‘lgan chog‘da goh dor tagida turib ham,
Qay birimiz tarixning sinovidan o‘tmadik.

Dong‘il safarga chiqdi endi hur O’zbekiston,
Kimgadir oyoqosti, kimga u osmon bo‘ldi.
Shukrkim, o‘z-o‘zini tanidi keksa jahon,
Ya’ni o‘zbek Davlatin jumlai jahon bildi.

Ne-ne kamsituvlarni ko‘rgan shu boshim bilan,
Ona xalqim, qoshingda tizza bukib turibman.
O’zbekcha gapirganda, bir chuqum oshim bilan
Sadaqai baxting deb borim to‘kib turibman.

Garchi doim ungandir gulchechaklar bog‘imda,
Temur va Navoiyni eslaymiz takror-takror.
Men-ku uzoq yasharman, lekin ketar chog‘imda
Tepamda egilajak o‘z tug‘im – bayrog‘im bor!

Nasib etmish bu kunlar, taralsin yangroq unlar,
Do‘stlar bilar yonma-yon qutlaylik bu ayyomni.
Iloyo, boshimizga kelmasin qaro kunlar,
O’zbegim, deb ko‘taring, do‘stlarim, oltin jomni.

Baayni bandi bulbulni chamansiz sayratib bo‘lmas

Vatanim mening

Agar do‘stlar erur sodiq bir-birin qiyratib bo‘lmas,
Agar qilg‘il necha fitna alarni ayratib bo‘lmas.
Demishlar: moru qushni bir qafasda asratib bo‘lmas,
Vatandan ayri ko‘ngilni bilingki, yayratib bo‘lmas.
Baayni bandi bulbulni chamansiz sayratib bo‘lmas.

Vatan deb men bayon qildim, ayo do‘stlar, muxammasni,
Vatanni kim ulug‘ bildi, aziz bildim men ul kasni.
Vatan deb jo‘sh urar ersa ko‘targum boshima xasni,
Vatandan ayri ko‘ngilni bilingki, yayratib bo‘lmas.
Baayni bandi bulbulni chamansiz sayratib bo‘lmas.

Nadomat birla boqg‘ayman vatansizlarga har doim,
Egib boshini zor yig‘lar, agarchi davlati qoyim,
Faqir bo‘lsam-da bor yurtim — toju taxtim, borar joyim.
Vatandan ayri ko‘ngilni bilingki, yayratib bo‘lmas.
Baayni bandi bulbulni chamansiz sayratib bo‘lmas.

Bobolar kechmishin hargiz faromush aylamang, do‘stlar,
Haqiqat tongi otganda ani tush aylamang, do‘stlar,
Agar kim e’tiqodsizdur, ani xush aylamang, do‘stlar,
Vatandan ayri ko‘ngilni bilingki, yayratib bo‘lmas.
Baayni bandi bulbulni chamansiz sayratib bo‘lmas.

Diyorim O’zbekistondur, ki andin iftixorim bor,
Demakkim, hur adolatlig‘, davlati barqarorim bor,
Onamdek mehribon, munis Vatan bor, g‘amguzorim bor,
Vatandan ayri ko‘ngilni bilingki, yayratib bo‘lmas.
Baayni bandi bulbulni chamansiz sayratib bo‘lmas.

Vatan, sen hur, yo‘ling shonli, qadamni tashlagin shaxdam,
Faxr-la boqg‘ay Abdullo, ko‘zida shodligidan nam
Panohingni tilab Haqdin dilida iltijo har dam,
Vatandan ayri ko‘ngilni bilingki, yayratib bo‘lmas.
Baayni bandi bulbulni chamansiz sayratib bo‘lmas.

Mustaqil Vatanim

O‘tgan ming asrdan beradi sado
Boshqalar bir dunyo o‘z bir dunyo
Tanamda doimo jo‘sh urgan qonim
Mustaqil Vatanim O‘zbekistonim

Har bir qarich yeri jannatlarga teng
Buxoro Samarqand Xivasin ko‘ring
Quyoshi porlaydi tinchdir osmonim
Mustaqil Vatanim O‘zbekistonim

Zamonlarga boqing bugun tengdoshim
Boshqadan kam qilmas bizni yurtboshim
Yaxshi-yomon kunda Vatandir panoh
Bu yurtni qo’llaydi yaratgan Alloh

Birlashib shu elning ertasi uchun
Yurakda porlasin o’chmas bir uchqun
Dilda bo‘lsin abad yolg‘iz so‘zimiz
Axir biz buyuk yurt farzandlarimiz.

Hech kimga bermaymiz seni, O‘zbekiston!

Hechkimga bermaymiz seni

Oq yo‘rgakka o‘ragansan o‘zing bizni,
Ham oq yuvib-taragansan o‘zing bizni.
Beshigimiz uzra bedor ona bolib,
Kunimizga yaragansan o`zing bizni.
Fidoying bo`lgaymiz seni, O`zbekiston,
Hech kimga bermaymiz seni, O`zbekiston!..

Qalqoning bor, kim qasd qilsa gar joningga,
Alpomishlar ruhi yor har o`g`loningga.
Asragaymiz giyohing ham gulday o`pib,
Yovlar yaqin yo`lolmagay qo`rg`oningga.
Adoying bo`lgaymiz seni, O`zbekiston,
Hech kimga bermaymiz seni, O`zbekiston.

Tuzing totib, unutganlar xor bo`ladi,
Ko`zlariga ikki dunyo tor bo`ladi.
Shodon daming ko`rolmagan yurtfurushlar
Bir kun bir kaft qumlog`ingga zor bo`ladi.
Yoningda turgaymiz seni, O`zbekiston,
Hech kimga bermaymiz seni, O`zbekiston!..

Gul ko`ringan dashtingdagi giyoh-xasdir,
Soddadilu ulug`vorlik senga xosdir.
Sevamizki, cho`llaring ham bizga jannat,
Tuprog`ing ham Makka misol muqaddasdir.
Onadek ko`rgaymiz seni, O`zbekiston,
Hech kimga bermaymiz seni, O`zbekiston!

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован.