Vatan haqida maqollar to’plami

Vatan, ona yurt, vatanparvarlik haqida maqollar to’plami.

Vatan haqida maqollar

O’z elingning tozisi bo’l

Elga qo’shilganning ko’ngli to’q, Eldan ajralganning beti yo’q.

Elga qo’shilsang, er bo’lasan, Eldan ajralsang, yer bo’lasan.

Begona tuproq — devona tuproq.

El tilagin tilagin,
Siniq ko’nglin siylagin.

Dindan chiqsang ham, eldan chiqma.

Ona yurting omon bo’lsa,
Rangi ro’ying somon bo’lmas.

Elga qo’shilgan moy yutar, Eldan ayrilgan qon yutar.

O’z yurting — o’lan to’shaging,

O’z uyim — o’lan to’shagim.

Vatan gadosi — kafan gadosi.

O’zga yurtning boshi bo’lgancha,

Eling-yurting bo’lmasa, Oying-kuning bo’lmasin.

Erning moli — elning moli.

Er yigit elga tortar.

El egasiz bo’lmas,
To’n — yoqasiz.

Elning baxti — erning baxti.

Har ko’katning o’z suygan tuprog’i bor.

Er yigit o’zi uchun tug’ilar,
Eli uchun o’lar.

Elli yer — bozor,
Elsiz yer — mozor.

Ursa ham, el yaxshi,
So’ksa ham, el yaxshi.

Vatangado bo’lguncha,
Kafangado bo’l.

Vatanga falokat — o’zingga halokat.

Elning ichi — oltin beshik.

Vataning — nomusing.

Non gadosi bo’lsang ham, Yurt gadosi bo’lma.

Eringdan bezsang ham, Elingdan bezma.

Yurtdan ayrilganni yov chopar.

Ona yurting — oltin beshiging.

Tug’ilgan yering — Vataning,

El qurimasa, yer qurimas.

Suvni bersang elga,
Yasharsan ming yilga.

Elning egasi bo’l,
Tobutning chegasi bo’l.

Yurt qo’riganning yurti buzilmas.

To’ygan yerdan tuqqan yer yaxshi.

El bor bo’lsa, er xor bo’lmas,
Er bor bo’lsa, el xor bo’lmas.

Yigit g’ami elida,
Elning g’ami dilida.

Kishi yurtida shoh bo’lguncha,
O’z yurtingda gado bo’l.

Yurti boyning o’zi boy

Yurti boyning o’zi boy

Yurtim — ko’ksim,
Elim — iligim.

Betkay ketar, bel qolar,
Beklar ketar, el qolar.

Tug’ilgan yerdan ko’ngil uzilmas,

Vatan qadrini bilmagan o’z qadrini bilmas.

Ona yerning tuprog’i — ona sutidan aziz.

Yurt boshiga ish tushsa,
Er yigit hozir.

Tuqqan elga jon tortmasa ham, qon tortar.

O’pkadan urgan yel yomon,
Elidan ayrilgan er yomon.

O’z yurtingning toshi bo’l.

Ko’lning otini balig’i chiqarar.
Ko’rpang qayerda bo’lsa, Ko’ngling shu yerda.

Har gul o’z butasida aziz.

Eliga vafo qilgan Yoviga jafo qilar.

Er davlati — elida.

Vatansiz inson — kuysiz bulbul.

Fil tushida Hindistonni ko’rar.
Changal ham o’z joyida gurillar.

Bulbul chamanni sevar,
Odam — Vatanni.

Kishi yerida sulton bo’lguncha,
O’z elingda cho’pon bo’l.

Dushmanga nafrati bo’lmaganning Vatanga muhabbati bo’lmas.

El g’amini bilgan elda doston.

Vatanni sotgan er bo’lmas.

Elga xizmat — oliy himmat.

El qudrati — chin qudrat,
Vatan tuprog’i — qimmat.

Tovushqonga tug’ilgan tepasi aziz.

Ayrilmagin elingdan,
Quvvat ketar belingdan.

Qurigan yurtga qul oqsoqol.

Ellik yilda el yangi.

Kishi yurtida sulton bo’lguncha,
O’z yurtingda ulton bo’l.

Yoridan ayrilgan yetti yil yig’lar,
Yurtidan ayrilgan o’lguncha yig’lar.

El kuyunganda kuyungan — botir,
El suyunganda suyungan — botir.

Baliq suv bilan tirik,
Odam — el bilan.

Yurt qo’risang, o’sarsan, Qo’rimasang, to’zarsan.

Tuqqan yerda tug’ing tik.

O’lsang o’l,
Vataningda bo’l.

El-kunim bo’lmasa,
Oy-kunim tug’masin.

Erning ishi — elning bo’ynida, Elning ishi — erning bo’ynida.

Eling senga cho’zsa qo’l,
Unga doim sodiq bo’l.

Vatandan yiroqlashgan — nomusdan o’lar.

O’zga yurtning gulidan,
O’z yurtingning cho’li yaxshi.

Yurting omon — o’zing omon.

Yordan ayrilsang ham, eldan ayrilma.

Qush ham ketsa keladi,
O’z elini sevadi.

O’z yurtingning qadri O’zga yurtda bilinar

O’z yurtingning qadri O’zga yurtda bilinar

Kiymoqqa katan yaxshi,
Turmoqqa vatan yaxshi.

Vatan uchun o’lmoq ham sharaf.

Har qush o’z uyasiga qarab uchar.

El qo’ngan yerni bilar,
Ot to’ygan yerda tinar.

Sigirning suti — tilida,
Erning quti — elida.

Qush butaga sig’inar,
Odam — Vatanga.

O’zbek iskab bo’lsa ham, elini topar.

Ekin yerida ko’karar,
Er — elida.

Elning g’ami — erning g’ami.

Vataning tinch — sen tinch.

O’zga yurtning qozisi bo’lgandan,

El ishini er qilur,
Er qadrini el bilur.

Er bolasi — el bolasi.

Yaxshi yigit yurt tuzar,
Yomon yigit yurt buzar.

Elda bori — senda bori.

Har kimning o’z eli — o’ziga shirin.

Vatani borning baxti bor,
Mehnati borning — taxti.

Aylanasi ovuli,
To’garagi to’rkuni.

O’rdak — ko’liga.

Bulbulga bog’ yaxshi,
Kaklikka — tog’.

Sovuq urgandan qolar,
Tuproq surgandan qolmas.

Yurtdan ketgan, yurtmonda.
O’tar hasrat, armonda.

Yoringni gul orasidan izla,
Erkingni — el orasidan.

Elidan bezgan er o’ngmas, Ko’lidan bezgan g’oz o’ngmas.

Yurtni dedim, yuzga kirdim.

O’zga yurt bo’lmas beshiging.

Elga manzur — erga manzur.

Elim boshqa degan, el bo’lmas.

Elning yirtig’iga yamoq bo’l, Uzuniga uloq bo’l.

Vatanning vayronasi — Umrning g’amxonasi.
Vatanning vayronasi — Umrning hayronasi.

El boshiga tushgani —
Er boshiga tushgani.

Qorong’i qolgan yurtda Qorashaqshaq podsho bo’lur.

Yurt qo’ri, eling o’sar, Qo’rimasang, uying to’zar.

Eldan ayrilguncha, jondan ayril.

Badqavm bo’lsang bo’l,
Beqavm bo’lma.

Vatanga kelgan — imonga kelar.

Himmatli er,
O’z elini der.

Yurtda odam bo’lmasa, To’ng’iz tepaga chiqar.

Yurt egasi yo’lbarsdir,
Oldirgani qo’ymasdir.

Birovning yurtida bek bo’lguncha,
O’zingning yurtingda it bo’l.

El — qo’ngan yerda,
Ot — to’ygan yerda.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован.