Uzoq umr koʻrish va uning siri nimada?

Qancha umr koʻrish — bu albatta, taqdirdan. Lekin inson umriga zavol bo‘luvchi va aksincha, uni uzaytiruvchi omillar ham talaygina. Olimlar ayni shunday omillar ustida ish olib borib, uzoq umr ko‘rish uchun tavsiyalar taqdim etishmoqda. Ular bir qaraganda, oddiy, ammo muhim bo‘lib, salomatligimizga ijobiy ta’sir etadi.

Uzoq umr koʻrish siri

Tibet. Tibetliklarning tavsiyasiga ko‘ra, 100 yil umr ko‘rish uchun bir nechta qoidaga amal qilish kerak. Muammoni asabiylashmasdan, xotirjam hal qilishga harakat qiling. Iloji bo‘lmasa hayajonlanishning nimaga keragi bor?

Tez-tez o‘zingizni bo‘sh tuting. Burundan nafas olib, og‘izdan chiqaring, nafasni ko‘proq ushlab turing.

Boshingizni massaj qilishni o‘rganing. Doimo yangi tanishlar orttirishga harakat qiling. Ovqat ratsionidan qovurilgan taomlarni chiqarib tashlang. Ko‘proq go‘sht, dukkakli — no‘xat, loviya, moshli taomlar yeng. Har qanday turdagi tomatlarni yeyishni kanda qilmang.

1 daqiqalik kulgi umrni 5 daqiqaga uzaytiradi.

1 daqiqalik kulgu

Albatta, hech kim sekundomerlar bilan bir daqiqa kulib, umr uzayishini o‘lchab, tekshirib ko‘rmagan. Bu tadqiqotni amalga oshirish ham kulgili bo‘lardi, chunki inson uzoq umr kechirishiga bir necha omillar ta’sir etadi. Biroq kulgu va tabassum yaxshi kayfiyat bag‘ishlaydi, tushkunlikni haydaydi. Doim yaxshi kayfiyatda bo‘lgan insonni esa, turli kasalliklar ham enga olmasligi isbotlangan.

Haftasiga 5 marotaba 30 daqiqadan piyoda yurishni odat qiling va umringizni 2 yilga uzaytiring.

Umringizni 2 yilga uzaytiring

Bu tadqiqot Garvard Universiteti olimlari tomonidan o‘tkazilgan bo‘lib, ular gipodinamiya va u keltirib chiqaradigan kasalliklardan saqlanish uchun doimiy tarzda insonga tushadigan eng kam jismoniy bosim qancha bo‘lishini o‘rganib borishgan. 72 nafar hamshiralar bilan o‘tkazilgan tadqiqot shuni isbotladiki, ular orasida piyoda yurishni odat qilganlarda insultga chalinish xavfi kamaygan.

Ovqatlanishni 40 foizga qisqartirish bilan umrni 1,5 barobarga uzaytirish mumkin.

Ovqatlanishni qisqartirish

XX asrning 1930 yillarida AQShning Virjiniya Universiteti olimlari to‘g‘ri va yengil ovqatlanish umrni uzaytirishini isbotlagan edilar. Chunki ko‘p va og‘ir hazm bo‘ladagan ovqatlar hazm qilish tizimida jiddiy muammolar keltirib chiqaradi. Bu esa, ko‘pgina kasalliklarga yo‘l ochadi.

Amerikalik gerantolog va immunolog shifokor Rey Uolford to‘g‘ri ovqatlanish bo‘yicha quyidagi qoidalarni tuzib chiqqan:

  • Uzoq umr ko‘rishni istagan odam avvalo, katta bo‘lishi kerak, ya’ni, yosh bolalarga parhez qilish umuman tavsiya etilmaydi.
  • Ochlik ham tavsiya etilmaydi. Ochlik bilan inson umrini aksincha, qisqartirish mumkin.
  • Iste’mol qiladigan ovqatlaringiz 2000-1800 kkal kaloriyadan kam bo‘lmasligi lozim.
  • Iloji boricha, vitaminlarga boy tabiiy mahsulotlar bilan oziqlanishga odatlaning. Sabzavot va mevalardan ko‘proq iste’mol qiling.
  • Rafinadlangan shakardan umuman voz keching.

Ko‘rsatkichlar

Ko‘rsatkichlar

Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tadqiqotlariga ko‘ra, inson umrining uzayishi 10 foiz salomatlikka, 20 foiz naslga, 20 foiz ekologiya va iqlimga, 50 foizi esa, yashash tarziga bog‘liq. Demak, turmush tarzimizni yaxshi tarafga o‘zgartirish o‘z qo‘limizda. Shunday ekan, uzoq umr ko‘rishga shoshiling.

Yaponiya. Yaponlar an’anaviy ovqatlanish rejimiga qat’iy amal qiladi: baliq, guruch, soya va sabzavot. Soya yurak xastaliklarining oldini oladi, suyaklarni mustahkamlaydi. Ayrim rak turlari, jumladan, o‘pka rakining xavfini kamaytiradi. Ko‘k choy insultni oldini olib, insulin faolligini kuchaytiradi.
Doimiy ravishda jismoniy mehnat bilan shug‘ullanadi, ochiq havoda ko‘proq piyoda yuradi, hech qachon shosha-pisha yoki yo‘l-yo‘lakay ovqatlanmaydi, bemalol o‘tirib, xotirjam ovqatni chaynab yeydi.

Finlandiya. 1970 yillarda Finlandiya yurak kasalligidan vafot etganlar bo‘yicha jahonda birinchi o‘rinda turardi. To‘g‘ri ovqatlanish, toza havoda mashq qilish orqali bu muammo hal etilgan. 70 foiz finlar sport bilan shug‘ullanadi. 50 foiz xotin-qizlar ishga piyoda yoki velosipedda borib keladi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован.