Ustozlar haqida sara sherlar to‘plami

O‘zbekistonda 1 oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanadi. Orzusi faqatgina o‘quvchilarining kamolini ko‘rish bo‘lgan aziz va qadrli murabbiylarimizni dillarini hushnud etib, minnatdorchilik bildirish uchun aslida mahsus kunning hojati bo‘lmasa kerak.

Ustozlar haqida sherlar

Ustozlar haqida sher

Ustozlarni ko‘p ulug‘laymiz,
Otaga ham qiyosdir qadri.
Ey sinfdosh, o‘ylab ko‘r-chi bir
Тinglaymizmi, ustozning qalbin?!

Ustoz xuddi maktabga ziyo
Olib kirgan o‘chmas chiroqdir.
Bu otashga tinmay kuch bergan
Shak-shubhasiz, bilim — mayoqdir.

Ey sinfdosh, ustozlar garchi
Koyisa ham xafa bo‘lma hech.
Bilsang faqat u seni o‘ylar,
Тo‘g‘ri yo‘lga — bilimga yo‘llar.

Shu bois — har soniyaning ham
Qadrin bilib yashamoq kerak.
Ustozlardan ko‘p bilim olib
Kelajakka yuz ochsin tilak.

Aziz ustozim

Yillar suronimi sochingizdagi oq,
Yoki bo‘rning yuqi tegib ketdimi?

Ezgulik yo‘lida yorug‘ dilingiz,
Ko‘zingiz nuriga singib ketdimi?

Shogirdlar har biri o‘g‘il-qizingiz,
Oqlaydi siz bergan nonu tuzingiz.

Ularning yutug‘i sizning yuzingiz,
Shu bois ko‘zda yosh qalqib ketdimi?

Ustoz qadami qutlug‘

Ustozim

Ustoz — otangday ulug‘, ustoz qadami qutlug‘,
Ustozning har kalomi ilmu hikmatga to‘lug‘,
Ustozning dili ravshan, ustoz makoni yorug‘,
Unib chiqar, albatta, ustoz tashlagan urug‘,
Ustoz qadami qutlug‘, ustoz — otangday ulug‘.

Temur bosh qo‘ydi mangu ustozining poyiga,
Ustoz o‘xshar olamning Quyoshiga, Oyiga,
Bilim nuri yog‘ilar qadam qo‘ygan joyiga,
Yo‘llar adolat, vafo, muhabbat saroyiga,
Ustoz qadami qutlug‘, ustoz — otangday ulug‘.

Ota-ona farzandni keltiradi dunyoga,
Ustoz esa cho‘mdirar ilmu hikmat, ziyoga,
Yerdagi bolalarni ko‘taradi samoga,
Ota-ona fanosin aylantirar baqoga,
Ustoz qadami qutlug‘, ustoz — otangday ulug‘.

Deydilar, ustoz jabri — ota mehridan afzal,
Shogirdlarning iqboli — ustoz jabriga badal,
Navoiy demish, kasbni egallagil mukammal,
Saodatning kaliti, bilgilki, ilmu amal,
Ustoz qadami qutlug‘, ustoz — otangday ulug‘.

Ustoz ko‘rmaganlarning yo‘rg‘alashdir odati,
Ezgu bo‘lsin har kimning so‘zi, sa’yi, niyati,
Kam ye, kam de, kam uxla — ustozlar nasihati,
Nechog‘ buyukdur ustoz kalomining qudrati.
Ustoz qadami qutlug‘, ustoz — otangday ulug‘.

Najot gulin o‘stirar Avloniy gulbog‘ida,
Haq olinur, berilmas — Behbudiy sabog‘ida,
Oqilxonning siymosi «Alifbo» varog‘ida,
Ustozlar iydin yozay qasidam adog‘ida,
Ustoz qadami qutlug‘, ustoz — otangday ulug‘.

Oddiy muallim

Qadri bilinadi menga endi goh,
Olis maktabimning o‘sha behasham.
Navoiy-ku bizga ustozdir, biroq
Kimlardir o‘qitgan-ku Navoiyni ham.

Shunday buyuk zotga xarf o‘rgatgan kim?
Oddiy muallim-da, oddiy muallim.
Tuproqdek xokisor, bezota jonlar,
Ammo qanotida tog‘dek ulug‘vor,

Ammo Temurdayin Sohibqironlar
Pirim deb, etgain o’pgan bor.
Qaysar joxongirga yo‘l ko‘rsatgan kim?
Oddiy muallim-da, oddiy muallim.

Yo‘qdan Beruniylar binolar qilgan,
Mashrapni mashhuri dunyolar qilgan,
Husaynni – Ibn Sinolar qilgan,
Oddiy muallim-da, oddiy muallim.

Lekin bu hayot nish-sanchiqlardan,
Qoqilsa ko‘targan qo‘ltiqlaridan,
Otadek ezilgan g‘ussaga botsa,
Boladek quvongan yutuqlaridan,
Uyquda shogirdin o‘ylab yotgan kim?…
Oddiy muallim-da, oddiy muallim.

Ulfat ko‘p-u ammo bir do‘sti hamroh
Halim topolmadim undan halimroq.
Qancha ustoz ko‘rdim, qancha oliygoh,
Olim topolmadim undan olimroq.
Bola yuragimda bеbaho tilsim
Oddiy muallim-da, oddiy muallim.

Yuzga kiraman mеn xudo xohlasa
Yuz yildan keyin bir mo’min o‘rtog‘im
Ko‘zim yopib qo‘ysa, jag‘im bog‘lasa,
So‘nggi safar sari otlangan chog‘im,
Faqat bir kimsadan bo‘ladi qarzim,
Oddiy muallim-da, oddiy muallim!

Doyim omon bo‘ling

Doyim omon bo‘ling

Yana qalam ushladim.
Sher yozishni boshladim.
Talablarga binoan.
Ustozlarni maqtadim.

Xalqimizda bugun bayram.
Jonajon ustozlar kuni.
Xar bir ilm olgan odam.
Qadirlaydi ustozini.

Ex ustozlar bor bo‘ling.
Doyimo kulib yuring.
Biz yoshlarni baxtiga.
Doyimo omon bo‘ling.

Xammon yodda saqlanar.
Birinchi sinf darsliklar.
Alifboni ochib berib.
Ustoz bergan saboqlar.

Gox so‘ylaysiz xayotdan.
Bilim berasiz kitobdan.
Saboqlariz olgan odam.
Xech q‘rqmaydi sinovdan.

Qancha maxtov bo‘lsa kam.
Chunki siz bor yorug‘ olam.
Ustoz k‘rmagan odamni.
Tan olmaydi bu olam.

Bilib bilmay sizlarni.
Ko‘p rajitib qo‘yamiz.
Umir o‘tib kech bo‘lgaoda.
Afsus qilib yig‘laymiz.

To‘g‘ri bazi payitlarda.
Siz xam qarab turmaysiz.
Qo‘l ishlatib ursangizda.
Yomon bo‘l deb urmaysiz.

Bo‘lsin erkak yo ayol.
Tilim berar extimol.
Ular bergan saboqdan.
O‘zligingni anglab ol.

Nima deb atay mualimmi.
Yoki ustoz, domlajon.
Siz siz xayot xayotmi.
Barchangizdur jonajon.

Ustozlar

Sizning ta’limingiz olmagan kim bor,
Siz-ku yuraklarda ilk ziyo yoqqan.
Olimmi, shoirmi va yo san’atkor,
Ilk bor sizga tomon ustoz deb boqqan
Bitta harf dardida riyozat chekib,
Oqibat ko‘kka ham chiqolgan inson.
Ne ajab sizlarni bahtiyor etib,
O‘rnidan dast turib, bosh egsa shu on.
Buyuk Alisherbek lutf etgan misol,
Savod o‘rgatdingiz qancha ranj bilan.
Koplab bo‘larmikan bu qarzni alxol,
O‘zib bo‘larmikan yuzta ganj bilan.

Ustoz

Ustoz

Ulug‘ ilm ildizi sizda mujassam,
Turli xil sohadan berasiz ta’lim.
Uni tinglaganda kichik jussam ham,
Yetuk inson kabi o‘sgay, muallim.
Qalbingizda doim ilm porlaydi,
Go‘yo u nur kabi bizni chorlaydi.
Siz mening tundagi yorug‘ yulduzim,
Nurli kunduzimsiz, aziz muallim.

Rahmat sizga ustozlar

Oqargan sochingizda,
Meni ham hissam bor.
Siz borsiz menda doyim,
Bo‘lar omadlar bisyor.

Siz bergan saboqlardan,
O‘zimni o‘nglab olaman.
To‘g‘ri fikir chiqarib,
To‘g‘ri yo‘lda boraman.

Siz misoli bir quyosh,
Sizga intiq o‘smir yosh.
Agar siz bo‘lmasangiz,
Bo‘lamiz bizlar bebosh.

Hayotimni yoritgan
Sizning katta mehringiz.
Hamma narsaga yetar
Sizning jajji aqlingiz.

Biz sizni hurmat qilamiz
Bizlar sizni sevamiz.
Siz bo‘lmasangiz biz
Kimdan ilim olamiz.

Sizni sevaman ustozim
Siz o‘zingiz dil torim.
Hayotida yagona bo‘lgan
Ilimga to‘la gul bog‘im.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован.