Tug’ulgankun uchun sara tabriklar to’plami

Eng chiroyli Tug’ilgan kun tabriklari, dil izhorlari, she’rlar, sms, tabriklar, tug’ilgan kun tabriklari ona haqida, ota haqida tabriklar, aka-uka haqida tabriklar, opa-singil hak’ida tabriklar, sevgan qizga, Onalar uchun, tug’ilgan kun tabriklar.

Tug'ulgan kun tabrigi

Tavllud kuningiz muborak onam

Dunyolarda bittamsiz
Ham quyosh ham oyimsiz
Hatto tunda uxlamay
Ulg’aytirgan oyimsiz.

Ham qoshu ham ko’zimsiz
Ham otam ham onamsiz
Yaxshi yomon kunimda
Yonimdasiz doim siz

Nurididam jonimsiz
Mehrlarga boyimsiz
Siz borsiz mudom borman
Qalbi jannat oyimsiz.


Tug’ilgan kun tabriklari

Kimga bermabsiz nasihat
Maqtanmay qilmas bidat
Yolg’izim o’zimni faqat
Jannatim onajonimsiz.

Har kuningiz o’tsin bayramdek

Umringiz bahordek bo’lsinu,
Hech yomg’iri bo’lmasin.
Yozdek issiq bo’lsinu.
Saratoni bo’lmasin.

Kuzdek to’kin bo’lsinu,
Hech xazoni bo’lmasin.
Qishdek oppoq bulsinu,
Qahratoni bo’lmasin.

Singlim bugungi ayyomingiz muborak bo’lsin

Bu she’rni mehrimni parchasi dedim,
Har bir misrasini sizga atadim.
Tabriklayman sizni azizim singlim,
Deyman tug’ilgan kuningiz bilan!


Ushbu kunda tilaklarim ummon bir olam,
Unda yo’q aslo g’am, tashvish, alam.
Dunyodagi tilaklar bo’lganda ham jam,
Siz uchun baribir u tilaklar kam.
Nasib etsin jannatlar.
Yiroq ketsin kulfatlar
Sizga bir shirin tilak.
Tug’ilgan kun muborak.


Tug’ilgan kun tabriklari

Azizim baxt iqbol yor bo’lsin,
Yurgan yo’llaringiz gullarga to’lsin.
Omadingiz ko’rib ko’zlar quvonsin,
Tug’ilgan kuningiz muborak bo’lsin.


Bir birimizga ishonch ato etsin.

Orzuli dunyoda orzular qilib
Sarob-u armonni bir chetga surib
Yuragingiz yayrab labingiz kulib
YAshang bu dunyoda eng baxtli bulib.


Eng shirin orzularni tilayman sizga

Muborak ayyomning tiniq tongiday,
Musaffo ranglarga to’lganda borliq,
Xushbo’y tabiatning yetti rangiday,
Osmon gardishida qolganda yorliq.
Eng porloq tuyg’ularni tilayman sizga,
Eng shirin orzularni tilayman sizga,
Tug’ilgan kuningiz bo’lsin muborak.


Yashang bu dunyoda eng baxtli bo’lib

Atirgul gulidan sizga guldasta,
Chin yurak so’zlarim unda payvasta.
Bir asr yashangu yana bir chorak,
Tug’ilgan kuningiz bo’lsin muborak!

Tug’ilgan kun muborak

Azizim baxt iqbol yor bo’lsin,
Yurgan yo’llaringiz gullarga to’lsin.
Omadingiz ko’rib ko’zlar quvonsin,
Tug’ilgan kuningiz muborak bo’lsin.


Qiz yo’q uyda sarin sabo esmaydi,
Qiz yo’q uyda jambil-rayhon o’smaydi.
O’g’illarning ota bilan ishi yo’q,
Qiz otasin har qadamda eslaydi.

Ko’zlariga surgay yurgan izingiz,
Qay o’g’ildan kamdir, ayting qizingiz.
Qiz yo’q uyda tonglar erta otmaydi,
Tomda oftob, ayvonda oy yotmaydi.

O’g’il qanday do’st bo’ladi, bilmadim,
Qiz do’st bo’lsa — siringizni sotmaydi.
Og’ir kunda javdiratmas ko’zingiz,
Qay o’g’ildan kamdir, ayting k’izingiz…

Umr daryo, tolega kim kafildir,
Qizning borar joyi bo’lak sohildir.
Kiz dardiga etmaganlar g’ofildir,
Qiz bor uyda yorug’ bo’lar yuzingiz,

Qay o’g’ildan kamdir, ayting, qizingiz…
Dunyo ko’rki — shu ko’zlari shahlolar,
Qizlar bilan chamanzordir sahrolar.
Bir qayrilib qaysni Majnun aylagan,

Tohirlarni Tohir qilgan — Zuhrolar.
Qiz tufayli butdir rizqu ro’zingiz,
Qay o’g’ildan kamdir, ayting qizingiz…
Ayting kimning paymonasi to’lmagan,

Qiz bor — ota yot bag’irda o’lmagan.
O’g’lim yo’q deb o’kinganlar — johillar,
Hatto, Payg’ambarning o’g’li bo’lmagan!..
Bilib ayting aytganda har so’zingiz,
Qay o’g’ildan kamdir, ayting, qizingiz?


Mana dustim bugun sen tugilgan kun.
Baxt omadlar senga yor bulsin butun.
Do’sting tabriklar seni mana bugun.
Senga baxt omadlar tilayman dustim.


Tug’ilgan kuning bilan o’g’lim

Ba’zida sendan jahllanaman,
Lekin har lahzada keladi ko’rgim.
Ishon sendan faxrlanaman,
Tug’ilgan kuning bilan o’g’lim.


Tug’ilgan kuningiz bilan dada

Tug'ulgan kuningiz bilan dadajon

Siz mening savlatim, siz mening faxrim.
Ishonchli qalqonim, hayotda dalda.
Hayotda takrorsiz, eng oliy baxtim.
Tug’ilgan kuningiz bilan dada.


Tavllud kuning bilan qizim

Sen mening onamsan, sen bor jahonim.
Sen meni malhamim og’risa jonim.
O’zimning shirin, kichkina xonim,
Tavallud kuning bilan qizim.



Tug’ilgan kuning bilan singlim

Senday dardkash, yo’qdir mehribon.
Har qanday holatda saqlagan sirim
Seni yaxshi ko’raman ishon.
Tug’ilgan kuning bilan singlim.


Tug’ilgan kuningiz bilan opam

Soxtalik ko’paydi tabiydan bugun.
Siz bilan butundir gar dunyo birkam!
Eng sodiq do’stimsiz ukangiz uchun.
Tug’ilgan kuningiz bilan opam.


Tug’ilgan kuningiz bilan aka(uka)

Sizdan ko’rkam yigit yo’q bu kun.
Doim mag’rur, g’ururi butun
Qo’shilib barcha ezgu tilakka.
Tug’ilgan kuningiz bilan aka(uka)


Tug’ilgan kuningiz bilan

Sokin tunda bezovta kilib,
Eng sunggilar safida bulib.
Suzlarimni guldasta bilib,
Deyman tugilgan kuningiz bilan!

Kuvonaman juda judayam
K’uvonchizdan k’uvonar olam,
Garchi gullar tutolmasam ham,
Deyman tug’ilgan kuningiz bilan.

Diydor g’animat!

Mana o’tib ketdi yigirma besh yil,
Kimlarnidir ko’rdim ko’chayu kuyda.
Kimlarnidir esa qaysidir to’yda,
Diydor g’animatdir, diydor g’animat.

Sog’inchlar olislab uchrashdik yana,
Mushtoq ko’ngillarimiz qildi tantana.
O’tiribmiz birga bo’lib hamxona,
Diydor g’animatdir, diydor g’animat.

Nasib qilaversin yana uchrashish,
Qo’l berib so’rashish ko’zga ko’z tushish,
Kelmasin xayolga safimiz buzish,
Diydor g’animatdir, diydor g’animat.


Ishla o’qi erinma,
Muhabbatga berilma,
O’qish hayotga kerak,
Bu mendan senga tilak!


Hechinsonyetolmaydigan BAXTNI,
Hech kim ololmaydigan OMADNI,
Hech kim buzolmaydigan XOTIRJAMLIKNI,
Va ayni damda eng osoyishta HAYOTNI,
OLLOHDan siz uchun so’radim!
Tug’ilgan kuningiz bilan!


Kelinchakga

Oq libosga burkangan kelinchak,
Yer yuziga bog’langan kelinchak,
Necha yilu necha asrdan buyon,
Afsonaga aylangan kelinchak.

Bugun seni tillodan ostona kutar,
Ostonada turib qaynona kutar,
O’zinga munosib yorni topibsan,
Husninga yarashgan parvona kutar.

Oyoq ostiga boq osmonga boqma,
Mehr o’tini yo’q g’azabga boqma,
Salomni bir umr sen kanda qilma,
Aziz qaynonangni sharmanda qilma.
Aziz qaynonangni duosini ol,
Bir umr baxtli kelin bo’lib qol.


Ollohning rahmati bo’lsin,
Qalbingiz hidoyat nuriga to’lsin,
Shukurki etkazdi qutlug’ kunlarga
Tug’ilgan kuningiz muborak bo’lsin.


Tavllud kuningiz bilan ona

Tug'ulgan kuningiz bilan onajon

Doim kulib yuring tabassum bilan.
YAshang doim baxtga oshyona
Mehrdan poyingizga to’shayman gilam
Tug’ilgan kuningiz bilan ona.

Tug’ulgan kuningiz bilan buvijon

Oshiq bo’ldim Ollohga,
Go’zal Rasulullohga.
Robbisini sevganlar,
Qo’l urarni gunohga?

Qorday oppoq sochingiz,
Omon bo’lsin boshingiz,
Qutlug’ bo’lsin buvijon,
To’qson ikki yoshingiz.

Bir mayizni qirq bo’lgan,
Hammamizni bir ko’rgan,
Bag’ri osmon buvijon,
Mehri daryo buvijon..


Bahorning ilk kunlari bayramdir sizga,
Bahor kabi beg’ubor mushtipar ayol,
Bo’ling doim salomat siz baxtimizga,
Siz bilan hayot shirindir, shiridir xayol.


O’ylardi baxtliman, judayam hozir.
Chunki meni jondan suyganlarim bor.
Alloh har qandayin qudratga qodir
Shundayin yashashga roziman takror.

Chunki har qandayin qolgan xolatda,
Erini daldasi beroldi qanot.
Asta shivirladi: «Erim bu — baxtda
Uning muhabbati xamisha najot.

Assalomu aleykum qalbi iymon,
Xulqi islom, qadri cheksiz,
Qalbida cheksiz, robbisi Rahmon,
Dasturi Qur’on, vatani jannat,
Qo’shnisi Muhammad(s.a.v.) bo’lgan
Aziz do’stim bayram muborak bo’lsin.


Sizni yer asrasin samo asrasin,
Dasturxon boshida duo asrasin.
Insonlar qo’lidan ish kelolmas
Sizni panohida Olloh asrasin.


Yulduzlarga termulib jonim
Uzoq-uzoq xayol suraman
Visolingdan olaman orom
Ishon yolg’iz seni sevaman.


Dilim bo’lgan edi bitta yorga zor
U o’zga joyda g’amga girifdor
Men undan o’zimga dori izlasam
Netay tabibning o’zi ham bemor!

Jannat darvozasi ochildi bu kun
Osmondan farishta yog’ildi bu kun.
Sizni xudo panohida asrasin,
Tavllud ayyomingiz muborak bo’lsin.

Uning to’rt yasharli Qizi bor edi,


YAna homilador, sevindi ayol.
Ultratovushda attang qiz dedi.
Olib ketdi uni bema’ni xayol.
Tushkunlikka tushib, kirib keldi u
Eriga iymanib, yana qiz dedi.
Eri loy qo’l bilan quchoqladi-yu
Nega xafasan deb daldalar berdi.

O’g’ilmi, qizmi u, Alloh ne’mati,
Ne’matiga hech ham bo’lma noshukr
Qismatni albat bo’lar xikmati,
Farzand yashashinga bag’ishlar xuzur.
Vak’t soati etdi, keldi o’sha kun,
Ayol birozgina qiynoqlar ko’rdi.
Jarroxlik yo’li bilan tuqqani uchun,
Ancha vaqt bechora, bexush xam bo’ldi.

Bir mahal zulmatda ko’rdi o’zini,
Jarni yoqasida turganmush qo’rqib,
Eri xam ko’rindi, ko’rdi qizini,
Lekin borolmasdi yoniga o’tib.
Qizchasi talpindi onasi tomon,
«Onajon» degancha qo’lidan tutdi.
Shu ovoz saqladi jonini omon,
Arosat yo’ldanam u ayol o’tdi.


Muborak ayyoming tiniq tongiday
Musaffo ranglarda to’lganda borliq
Xushbo’y tabiatning etti rangiday
Osmon Gardishida qolganda yorliq
Eng porloq tuyg’ularni tilayman sizga
Eng shirin orzularni tilayman sizga.

Tavallud ayomingiz bo’lsin muborak!

Qalbingiz hamisha quvonchga to’lsin
Shodlik baxt doimo hamrohingiz bo’lsin
Har bir kuningizga Olloh fayz bersin
Bugungi ayyomingiz muborak bo’lsin!


Bahor chechaklari bo’lsin armug’on
Siz nurli baxtli begumon
Bayramla qutlayman bo’ling shodmon
Har kuningiz o’tsin bayramday har on!

Tug’ulgan kun uchun matnlar

Tabrik so'zlar

Beg’ubor ko’nglingiz tub-tubida joylashgan eng beg’ubor tilaklaringiz ushalsin. Sizdagi samimiyat va juda noyob kamdan-kam odamda uchraydigan sofdillik va poklik, mangu saqlanib kolsin. Bu o’tkinchi hayot yo’lidagi barcha sinovlar siz uchun o’tkinchi bir vaqt bo’lsin. Bu oddiy inson bo’lganingiz uchun sizga beminnat tashakkurlar izhori yana bir bor tavallud ayyomingiz muborak bo’lsin.


Tavallud ayyomingiz muborak aziz Onajon, qutlab qolarman sizni bo’ling sog’ omon. Chehrangizdan porlaydi doim nur yog’du, Tavallud kuningiz muborak aziz Onajon.


Men ham o’z do’stlarim qatori sizga o’zimni tabrigimni yo’llamoqchiman sizga baxt omad ishlaringiz doimo faqat oldinga yurishini tilab qolaman. Bunday yoshni ko’pini ko’rganizda ham biz siz bilan yana suhbatlashib yuraylik g’am alam o’zi neligini bilmay yuring ota onangizni baxtiga sog’ salomat bo’ling.YAna bir bor tabriklab qolaman…


Sizni chin qalbdan baxt to’yingiz bilan muborakbod etaman! Sizga dunyodagi eng baxtli qiz, eng baxtli kelin, eng baxtli ayol va eng baxtli onalar qatorida alloh taollodan so’rab qolaman.

Ota-onangizni baxtiga doimo sog’ salomat bo’lib yuring, bunday yoshlarni ko’pini ko’ring barcha tilaklarni tilab qolaman tug’ilgan kuningiz muborak bo’lsin.

Assalomu aleykum nom.. Bugungi muborak tugilgan kuningiz bilan chin qalbdan tabriklayman. Uzoq umr toshdek qattik mexr, iroda, sabr, shampan vinosidek jushqin xayot, chinor umriga teng umr tilayman. YAqinlaringiz va biz dustlaringiz baxtiga doim sog salomat buling. Sevilib sevib baxtli xayot kechiring. Kunglingizdagi jamiki niyatlaringizga erishing, dunyodagi barcha chiroyli va yaxshi tilaklarni sizga tilayman.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован.