Topishmoqlar toplami
Eng sara bir biridan qiziqarli topishmoqlar to’plamini qabul qilib oling.
Polizda koptok bo`lib,
Dumalab yotar, to`pmas,
Dehqon bobom avaylab,
Oziq, suv berar termas.
Sharqdan bosh ko`tarar u,
Har tong sog`inar bizni.
Ko`rmasak turolmaymiz
Olov yuzli qirmizli.
Singlimga o`xshar o`zi,
Aslo yumilmas ko`zi.
Ertak she`r-u matnlar
Yashar bir mamlakatda.
Dunyoni o`rganishda
Uning xizmati katta.
Suv ostida makoni,
Chuvalchang uning joni.
Qo`lda turmaydi, silliq,
Tanga to`nli u …
Onam, singlim, opamning
Qo`llarida o`ynaydi,
Hovli uyni har kuni
Tozalaydi, to`ymaydi.
Qozonda emas, qaynaydi,
Qishin yozin tinmaydi.
Dum-dumaloq oq uydan
Jajji qush uchib chiqar
“Chiy-chiy”lar murg`ak dili,
Olamni quchib chiqar.
Qatorma –qator
Zanjirday o`tar.
Dov -daraxtda zar chakmon,
Tugmalari oq guldan
Qirlarda ko`k dasturxon,
Bahra olishar nurdan.
Mohir chevar kim ekan.
Gul ustida jajji ashulachi.
Ko`p qirrali to`rtburchak,
Kerak bo`lar uy qursak.
Tunlari osmonga boq,
Mingda ko`z bari uyg`oq.