To‘g‘rilik va egrilik haqida sara maqollar to‘plami

To‘g‘rilik hamda egrilik haqidagi barcha maqollarni qabul qilib oling.

To‘g‘rilik va egrilik haqida maqol

O‘rgangan o‘g‘ri o‘rmonda qolar.

Yurtda o’g’ri topilmasa,
Zargarni dorga os.

Egri bitgan daraxt to’g’ri o’smas.

Egri yo’ldan yursang ham, to’g’ri yur.

Haqni aytgan xor bo’lmas.

Yurishi yomon yigitni yov olar.

Egrining soyasi ham egri.

Qing’ir ish — qirg’in ish.

O’g’ri ham noliydi, o’g’irlatgan ham.

O’g’ri qo’li kesilmaguncha
O’g’riligini qo’ymas.

Ilon o’z egriligini bilmas,
Tuyaning bo’ynini egri der.

Yoz yomg’iri loy bo’lmas,
O’g’ri aslo boy bo’lmas.

Rostga zavol yo’q.

O’g’rilik ko’zdan boshlanar,
To’g’rilik — so’zdan.

Ochko’z boyimas, o’g’ri to’ymas.

Itimning bog’i yo’q,
Yemishi qora charos.

O’g’ri mushuk kunda uxlab, tunda kezar.

Haqni nohaq etma,
Nohaqni haq etma.

Ho’kiz o’lsa ham, ko’zining olaligi qolmas.

Egri mo’ridan egri tutun chiqar.

Egri tayoq ko’targanni egri tayoq bilan ur.

To’g’ri bola o’stirsang,
Xalq ichida sher bo’lar.

G’iybatchining dih kir,
G’ar-o’g’rining tili bir.

Zargar firibgar bo’lsa, oltin zanglar.

Bilmaganni bildim dema,
Qilmaganni qildim dema.

Yeyar og’izni yemas og’iz bog’lar.

Qing’ir ish qirq yildan keyin ham bilinar.

Jallob,
Turgan-bitgani qallob.

To‘g‘ri devor uzoqqa chidar

To‘g‘ri devor uzoqqa chidar

Yo’li buzuqning yoqasi yirtiq.

Egri ish ellik yildan keyin ham bilinar.

O’g’rining keti — quvish.

Erning atog’i elga sig’sa ham,
Chatog’i sig’mas.

Bozordagi allop,
Qilar ishi — qallob.

Bilakka boqma, yurakka boq.

Egri kaltakdan to’g’ri soya tushmas.

Baliq boshidan sasir.

Bigizni kanoraga yashirib bo’lmas.

Tuyada to’g’ri joy bo’lmas.

Mullaning yomoni — varaqchi,
Odamning yomoni — qaroqchi.

O’g’riga mol qahatmi.

O’g’ri zo’r bo’lsa,
Da’vogar javobgar bo’lar.

To’ni yomonni it qopar,
Ko’ngli yomonni haq topar.

Qo’li qing’irning — dili qing’ir.

Dili qing’irning tili qing’ir.

Kavushimni olgan bir kishi,
Gumondorim ming kishi.

Aybi borning tizi qaltirar.

O’zi qilgan o’kinmas.

Tavbachining oshini yeguncha,
Qasam ichgan yaxshi.

Tavba qilganni el kechirar.

Tayoq ur-da, go’rga kir,
Tayoq ye-da, do’ngga chiq.

O’g’rining ko’zi — o’mochda.

Bir tulkining hiylasi
Necha yerda pand berar.

Nayrang bilan ish ko’rgan
Ko’p qiynalib jon berar.

Egri bola o’stirsang,
Ikki ko’zi ko’r bo’lar.

Yo’qlikning uyati yo’q,
O’g’irlik — uyat.

To’g’ri yurdim — yetdim murodga,
Egri yurdim — qoldim uyatga.

Nohaq ishga rivoj yo’q.

Savdogar,
Ishi doim hiylagar.

Qora itning uyati oq itga tegar.

Aytib qilgan o’g’irlikning aybi yo’q.

O’g’irlik solsang qo’yningga,
Sirtmoq tushar bo’yningga.

Tuxum o’g’risi tuya o’g’risi ham bo’la oladi.

Tulki tovga,
Quyrug’i soyga.

Haqiqat oltindan qimmat.

Dili to’g’rining yo’li to’g’ri.

O’g’rining yelkasi — qiyshiq.

To’g’rilik to’iga tortar,
O’g’rilik — go’iga.

To’g’rilikka o’lim yo’q.

Teva o’g’irlagan teva bo’yi chuqur qazir.

To’g’riga balo yo’q,
Yomonda hayo yo’q.

Manman kamtardan yengilar,
To’g’ri el ichida tanilar.

Quloqdan ko’z haq.

Xo’roz qichqirmasa ham tong otaveradi.

O’g’irlik mol boy qilmas.

O’g’irlik osh badanga yuqmas.

Qo’ton bo’risiz bo’lmas,
El — o’g’risiz.

O’g’ri — tun oshguncha,
Bo’ri — do’ng oshguncha.

Yulduz aslo oy bo’lmas,
O’g’rikdan boy bo’lmas.

Qing’ir odam — bir tomon,
Qirq odam — bir tomon.

Tog‘ eshitganini deydi

O’g’irlik morning tagi qilday,
To’g’rilik molning boshi tog’day.

Bir xotinning hiylasi
Qirq eshakka yuk bo’lar.

O’g’riga o’g’rilikdan mol kirmasa,
O’z bo’rkini o’g’irlar.

O’g’rini uyga kirgizma,
Oyog’ini yerga tegizma.

Yuzning qoraligi uyat emas,
Yuzi qoralik uyat.

O’g’ri kirar joyini emas,
Qochar joyini ko’zlar.

Tullakni tuzoqqa tushirish oson emas.

Bemahal yurgan qoqilar.

O’g’ri zo’r kelsa,
Mol egasini yengar.

Birovni aldama,
Yurgan ko’changning boshi berk.

O’g’ri boylik topsa, baxtidan ko’rar,
To’g’ri boylik topsa, mehnatdan ko’rar.

Egri o’sgan terak,
Nimaga ham kerak.

Mug’ombir tumshug’idan ilinar.

Sayoq ketdi, sayoq ketdi,
Sayoq ketidan tayoq ketdi.

Egri tayoqning butog’i burunni yirtar.

O’g’ri tom teshar,
Qaroqchi yo’l to’sar.

O’g’ridan qolgani — qaroqchiniki.

To’g’ri oshini yer,
Egri boshini.

Boylik, boylik tubi o’g’irlik.

To’g’ri yurgan kiyikning
Ko’zidan boshqa aybi yo’q.

Tulki tulkiligini qilguncha,
Terisi qo’ldan qo’lga o’tar.

Igna o’g’irlagan sigir ham o’g’irlar.

Egilgan boshni qilich kesmas.

Yuzim oq bo’lsin desang,
Ishingni to’g’ri qil.

Tulki-qarsoq ini bir,
G’ar-o’g’rining till bir.

Gadoy tilab oladi,
Jodugar o’zi oladi.

Firibgaiga shaytonning havasi kelar.

Qing’ir qilich qinga to’g’ri.

Betga aytganning zahri yo’q.

Egri qoziqqa — egri to’qmoq

Ko’z tarozi, ko’ngil — qozi.

Egri yuk manzilga yetkazmas.

Ilon har yerda buralib yursa ham,
O’z iniga borganda to’g’rilanar.

O’g’rining ko’ngli — gumonda.

O’g’rining ko’zi — o’ljada.

Aybini yashirgan boy bo’lmas.

Qulf o’g’ri uchun,
Mehr to’g’ri uchun.

Alishar bo’lsang, chiningni ayt,
Qovushar bo’lsang, siringni ayt.

Dardni berkitsang, isitmasi oshkor qilar.

Egri qo’l ishga yetmas,
Ishga yetsa ham, ishi bitmas.

Afting qiyshiq bo’lsa oynadan o’pkalama.

It to’ygan kuni o’g’rilik qilmas.

Qirq kishi ham bir,
Qing’ir kishi ham.

O’zi to’g’rining — so’zi to’g’ri.

O’g’rining uyi bo’lmas,
Uyida siri bo’lmas.

Ko’ngil to’g’ri uchun,
Qulf o’g’ri uchun.

To’g’ri boshni egri qilich kesmas.

Tulki tulkilik qilar,
Bo’ri bo’rilik qilar.

Egilgan daraxtga suyanma,
Seni ham egar.

O’zi qing’irning — so’zi qing’ir.

O’g’ri yurt ololmas.

Qora ko’ngil — yara ko’ngil.

Qing’irlik — tiriklik go’ri,
Egrilik — umrning sho’ri.

Gunohsiz odam podshodan qo’rqmas.

Dardini yashirgan darmon topmas.

O’g’rining o’zi — bitta, ko’zi — yuzta.

Daladan kelgan o’g’rini tutish oson,
Uydagi o’g’rini tutish qiyin.

To’g’ri o’sgan gul bo’lar,
Egri o’sgan kul bo’lar.

To’g’ri o’zar, egri ozar.

Tilingni to’g’ri tutolmasang,
Dilingni to’g’ri tut.

O’g’rik ayb, g’arlik ayb,
Kambag’allikning nesi ayb.

Egri bo’lsang, sinar qanoting,
To’g’ri bo’lsang, chiqadi oting.

Asli qora oqarmas,
Asli buzuq tuzalmas.

O’g’rini qaroqchi urar.

Bo’rining og’zi yesa ham qon,
Yemasa ham — qon.

O’g’ri o’g’riga — xolavachcha.

O’g’ri berkitib olar,
Qaroqchi — qo’rqitib.

Igna o’g’irlagandan sigir yo’qotgan gumonsirar.

To’g’ri yo’l — el yo’ldoshi.

O’g’ri o’g’irlab yo’lga tushar,
Oxiri borib qo’lga tushar.

Tushi o’ngning ishi o’ng.

Mis qozonning misi chiqar,
Berkitganning isi chiqar.

Qamish ichida ilon to’g’ri.

Er yuragi pok bo’lsa,
Yov hiylasi xok bo’lar.

O’g’rini o’g’ri desang, o’lgisi kelar,
To’g’rini o’g’ri desang, kulgisi kelar.

Ishsizning ishi — o’g’irlik.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован.