Til bayrami haqida sara sherlar toplami

Har bir millat, har bir xalq oʼzining muqaddas hisoblangan tiliga ega. Til xalqning, millatning tarixi va madaniyatini oʼzida mujassam etadi

Til bayrami haqida sherlar

Til haqida sherlar

Navoiy g’azalin har bir satrida,
Nafosat, go’zallik sharh tilga xosdir.
Shunchalar qudrat bor so’zning atrida,
Har bir durdona yoki olmosdir.

Tongotar fayzini nay navosini,
Dalalar shukuhin ob-havosini.
Visol chog’larini, dil sadosini,
Odamning jamiki muddaosini.

Barini, barini kuylamoq mumkin,
Odamda ni bo’lsa o’ylamoq mumkin.
Shu qadar serma’no ona tilimsan,
Tarjimon, eng dono ona tilimsan.

“Paxta” degan oddiy bitta so’zingda,
Jahonga arzirlik ulug’ ma’no bor.
Nega maqtamayin men ona tilim?
Dilrabo so’zlari o’ynatsa dilim.

Ona tilim jonu dilim

Dilim yayrar so’zlaganda,
Nais qalam izlaganda.
Kundan-kunga chiroy ochding,
Ona tilim – jonu dilim.

Madhing dildan kuylay jo’shib,
Ohanglaring qo’shib-qo’shib.
O’rganarman sendan bilim,
Ona tilim – jonu dilim.

O’zbegimning iftixori,
Til millatning nomus ori.
Ardoqlaydi sevib elim,
Ona tilim – jonu dilim.

Ona tilim a’lo tilim

O’tmishi bor tarixga boy,
Navoiydan olgan chiroy.
Orzu havas bunda talay,
Ona tilim – a’lo tilim.

Yana qayta tug’ilgansan,
Baxt – iqbolga yog’rilgansan.
O’lkamizga nur bo’lgansan
Ona tilim – a’lo tilim.

Ona tilim

Ona tilim

Bir sehrli tillo sandiq- ayoni bor,
Durin sochsang, na cheki, na poyoni bor.
Ham tig’i bor, ham tug’i bor, tug’yoni bor,
Muqaddasim, munavvarim, ona tilim!

Moh siymosi bo’lmasa, mohitobon nadur?
Aytar so’zi bo’lmasa gar, zabun nadur,
Ona yerga ona tilsiz zamon nadur,
Muqaddasim, munavvarim, ona tilim!

Bulbul kalomi

Ming yillarkim bulbul kalomi
O‘zgarmaydi, yaxlit hamisha.
Ammo sho‘rlik to‘tining holi
O‘zgalarga taqlid hamisha.

Ona tilim, sen borsan, shaksiz,
Bulbul kuyin she’rga solaman.
Sen yo‘qolgan kuning, shubhasiz,
Men ham to‘ti bo‘lib qolaman.

Vatan senga qilaman tazim

Dunyoda eng buyuk, muqaddas so’zni,
Shu tilda aytganim bilan baxtliman.
Yurak mahzanining ochqichi sensan,
Sening borliging-la men qudratliman.

Men tinglagan allalar yodi,
Yuragimga ildizdek botgan.
Ilk so’zimni aytganim chog’i.
Boshim uzra oppoq tong otgan.

Shu yog’duga yog’rilgan tilim,
Chashmalarda poklanib chiqqan,
Vatan senga qilaman ta’zim,
Sen-ku meni so’z bilan tuqqan.

Allalar tinglagan tilim

Allalar tinglagan tilim

Bobolardan meros qolgan,
Butun olam e’zoz qilgan,
Bu dunyoda yagonamsan
Ona tilim – jon-u dilim!

Sen ancha vaqt orzu bo‘lding,
Qaramlikdan juda to‘yding.
Oxir o‘zni tiklab olding,
Ona tilim – jon-u dilim!

Hozir juda go‘zaldirsan,
Hamma tildan o‘zing zo‘rsan,
Zulmatdagi nurimdirsan.
Ona tilim – jon-u dilim!

Men sen ila o‘zbekdurman,
Sensiz men ham qul bo‘lurman.
Allalar tinglagan tilim,
Ona tilim – jon-u dilim!

O’zbek tilim

Zargarimsan, gavharimsan, so`zimsan,
Oq-qorani tanituvchi ko‘zimsan.
Pok tuprog`im, rizq-u ro‘zim, tuzimsan
O‘zbek tilim, ona tilim, o‘z tilim,
O‘zbek elim, ona elim, o‘z elim

Qon qardoshlar davrasida o‘rning bor,
O‘z bayrog`ing, madhiyang bor, tug`ing bor,
Mardliging bor, subuting bor, qadring bor
O‘zbek tilim, ona tilim, o‘z tilim,
O‘zbek elim, ona elim, o‘z elim.

Kechir meni ona tilim

Barcha xukm qilganlarni yoqtirmadim,
She’r yozdimu, bo’lak ishni qotirmadim,
Tilim turib o’z tilimda gapirmadim,
Bir eslasam eziladi bag’ri dilim,
Ona tilim, kechir meni ona tilim.

Onam “erkam” deb quchganda tunlar yarim,
Erkim yo’q deb zirqirardi bir joylarim,
Paravozni xansiratgan bug’doylarim,
Oltinlarim, ma’danlarim, ipaklarim,
Ona tilim, kechir meni ona tilim.

Kimlar uchun biz edik bir badaviylar,
O’zbekni qon qaqshatganni o’zbek siylar,
Holimizni qon kuzatdi Yassaviylar,
Topganimiz handalakdek tilim-tilim,
Ona tilim, kechir meni ona tilim.

Kimdir mayday millat bo’ldi, kimdir katta,
Katta millat Afandisi yo’qdir hatto,
Biz piyoda, biz boqqanlar yurdi otda,
Zulm o’tsa faqat sendan o’tdi zulm,
Ona tilim, kechir meni ona tilim.

Sen bo’lmasang nima bizga silliq she’rlar,
Bu dunyoda tili yo’qda dil yo’q derlar,
Bahoing-ku berib ketgan Alisherlar,
Yuragimning to’ridagi so’lmas gulim,
Ona tilim, kechir meni ona tilim.

Bir qarasam harshevangda ming jilolar,
Har novdangda, har mevangda ming jilolar,
Qodiriylar, Cho’lponlar-u Abdullalar,
Sening qaytgan kuning tug’ilgan yilim,
Ona tilim, kechir meni ona tilim.

Sen mangusan

Sen mangusan, baqosan,
Men esam o’tkinchi zot.
Sen hamisha bahorsan,

Men – lahzalik xotirot.
Ona tilim, jon tilim,
Sensiz men so’ladurman

Devona bo’ladurman.
Tuqqanimga yettiyot
Begona bo’ladurman.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован.