Sevgi haqida siz bilmagan faktlar
Sevgi dunyodagi eng shirin va sirli tuyg’u. Sevgi hech qachon qarimaydi. Kiprik to’kilishi, soch oqarishi, yonoqlardan nur ketib, ajin tushishi mumkin, ammo sevgan qalb hech qachon qishning ayozli kunlarini his qilmaydi. Unda hamon yozning tafti ufurib turgan bo’ladi.
- Bir-birini sevib, uzoq vaqt yelkama-yelka yashagan juftliklarning yuz qiyofalari yillar davomida oʻxshash bo‘lib qoladi.
- Sevish terapiyasi haqida eshitganmisiz? Ma’lum bo‘lishicha,sevgiga mubtalo bo‘lgan kishining tanasi va miyasi har doimgidan ko‘ra yaxshiroq holatga kelar ekan. Asab tolalari tinchlanib, xotira esa 100 foizga tiklanar ekan.
- Odatda ayol jufti bilan yuzma-yuz suhbatlashishni xohlasa, erkak esa yaxshi ko‘rgan ayoli u bilan yelkama-yelka o‘tirishini yoqtiradi.
- Olimlar shunday tajriba oʻtkazishgan. Bir qancha juftliklarni bir yarim soat davomida bir xonaga qamab, faqat sevgi haqida gaplashib, keyin esa, yarim soat bir-birining koʻziga termulib turishni buyurishgan. Oradan koʻp oʻtmay, haligi juftliklarning yarmidan koʻpi bir-biriga koʻngil qoʻyib, turmush qurishgan.
- Yigit va qiz turmush qurishdan avval qancha uzoq muddat bir-biri bilan gaplashib, sirlashib yursa, nikoh ham shu qadar mustahkam boʻlishi aniqlangan.
- Kuzatishlar shuni koʻrsatmoqdaki, ayollarda koʻproq yuzma-yuz gaplashganda, erkaklarda esa, birga ishlash jarayonida qarama qarshi jins vakiliga nisbatan muhabbat paydo boʻlarkan.
- Oilada muhabbatning bardavom boʻlishi uchun bir-birini eshita bilish va har ikki taraf uchun qiziqarli mavzulardagi bahs-munozara katta oʻrin tutarkan.
- Mutaxassislar er-xotin oʻrtasidagi farq toʻqqiz yildan oshsa, ajrashish ehtimoli koʻproq boʻlishini aytishadi. Shuningdek, 24 yoshdan keyin qurilgan oilalar nisbatan mustahkam boʻlarkan.
- Ishqiy munosabatlardagi romantik qarashlar nari borsa, bir yildan sal osharkan. Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, har qanday joʻshqin muhabbat uzogʻi bilan uch yarim yildan soʻng sokinlasha boshlaydi.
- Mutaxassislar fikrich. Ayollarning aksariyati nisbatan takabbur, dunyoqarashi keng, jamiyatda oʻz obro-eʻtiboriga ega, hazilkash, baland boʻyli erkaklarga koʻproq moyillik bildirishadi.
- Chikago universiteti olimlarining fikricha. Dunyoda boshqalarning tavsiyalariga koʻra tanishib turmush qurganlar soni oʻzlari topishgan juftlikalrga qaraganda ikki baravar koʻp ekan.
- Ma’lumotlarga koʻra, har bir inson umri davomida to oila qurgunga qadar oʻrtacha etti marotaba kimnidir sevib qolarkan.Mutlaqo sevmaslik va romatnikka berilmaslik tibbiyotda gipopituitarizm kasalligining asosiy belgilari hisoblanadi.
- Ogʻriqda sen bilan birga yig‘laydigan odam seni hech qachon tashlab ketolmaydi.
- Notanish ko‘zlarga tez-tez qarab turish, ularning ikkalasini ham sevib qolishiga olib keladi.
- Siz sevgan kishining qo‘lini ushlash, ruhiy va jismoniy og‘riqlarni kamaytiradi.
- Ba’zi paytlarda sevish ko‘rish qobiliyatini pasaytiradi.
- Gapdon qizlar va bosiq yigitlar eng yaxshi juftlik bo‘lishadi.
- Ko‘pincha o‘g‘il bolalar birinchi harakatni qilishadi. Ammo, agar qiz shunday qilsa, menga ishoning. Sizni bu qizdan boshqa hech kim bunchalik yaxshi ko‘rolmaydi.
- Agar biror kishi siz uchun chiroyli qo‘shiq kuylasa, u sizni hech qachon alday olmaydi. Chunki sevgi bilan ifodalangan his-tuyg‘ular hech qachon aldamaydi.
- Haqiqiy sevgi tarixi bo‘lishi uchun munosabatlar to‘rt oydan ko‘proq davom etishi kerak.
- Odamlar umr bo‘yi yashashlari mumkin bo‘lgan kishi bilan emas. Balki ularsiz yashay olmaydigan kishi bilan oila qurishadi.
-Bir marta aldangan odam, boshqa birovga oshiq bo‘lish ehtimoli kamroq. - Sevgi tufayli to‘kilgan ko‘z yoshlar, ularning hayotidagi eng og‘riqli tuyg‘ularga sabab bo‘ladi.
- 16 yoshgacha hech qachon oshiq bo‘lmagan odam, ularning sevgi hayoti haqida gap ketganda, juda mulohazali va muloyim munosabatda bo‘ladi.
- Kutilmagan va rejalashtirilmagan sevgi hikoyalari uzoqroq davom etadi.
- O‘smirlar hayotidagi sevgi va yurakni hayajonga soluvchi filmlar va qo‘shiqlarda juda katta muvaffaqiyatga erishishning asosiy sababi. Bu insonning yurakni ezadigan hikoyalaridir.
-Chin sevgiga inson suyuklisi bilan munosabatda bo‘lish uchun 10 yildan ko‘proq vaqt kutishi mumkin. Ba’zan bu hatto 50 yildan ham ko‘proq vaqt olishi mumkin.
- Ba’zi odamlar qariganda ham sevganlaridan ayrilishmaydi va ularning o‘limidan so‘ng esa bir necha oy va yillardan keyin ruhiy yoki jismoniy kasallik tufayli hayotdan ko‘z yumishadi.
- Depressiyaning asosiy sababi muvaffaqiyatsiz sevgi hikoyalari.
- Odamlar o‘zaro munosabatlarda ishonch juda muhimligini ta’kidlaydilar. Ammo, bu noto‘g‘ri tushuncha. Vaqt eng muhim narsadir. Ishonch va do‘stlik vaqt o‘tishi bilan birga o‘sib boruvchi rishtalar hisoblanadi.
- O‘zaro munosabatlarning aksariyati ego tufayli buziladi.
- Haqiqiy muhabbatdan keyingi xafagarchilik jismoniy og‘riq bilan bir xil darajada og‘riqli hisoblanadi.