Sevgi muhabbat haqida sara sherlar to‘plami
Haqiqiy sevgi uzoq yillar ayriliqqa dosh berish emas, balki uzoq yillar yaqinlikda bardoshli bo‘lishdir.
Sevgimga shubha qilmang
Shubha qilmang meni sevgimga,
Gumonlardan ozor tuyaman.
Yuragimni ochmay hech kimga,
Men shunaqa, so‘zsiz suyaman.
Shubha qilmang, o‘ylamang bedil,
Bilmaysiz-da, ko‘nglim qatini.
Minglab inson mana shu zayil,
Bekitadi muhabbatini.
Shubha qilmang, sevgi soxta deb,
Ishqi mos deb faqat sheriga.
Ko‘mdim sevgim avaylab, asrab,
Yuragimning chuqur yeriga.
Shubha qilmang tuyg‘ularimga,
Hijronlarda to‘kilgan yoshim.
Toshlar otmang, ko‘ngli yarimga,
Malomatda qoldirmang boshim.
Shubha qilmang, qochmasin iymon,
Nigohlarim ichchikkani rost.
Yoningizda yo‘qman yorijon,
Yodingizda yashadim xolos.
Shubha qilmang, yillar va yo‘llar,
Demang, bizga vafo qilmaydi.
Yurakdagi orzumand gullar,
Ikkimizdan o‘zga bilmaydi.
Shubha qilmang, shubhalar bekor,
Biling, vafo guli bizgadir.
Aytayapman, pichirlab takror,
Mening ishqim faqat sizgadir.
Sevib qolsangiz
Ko‘nglingizni so‘rab olardim,
Olib kelgan gulim olsangiz.
Ishoning men baxtli bo‘lardim,
Agar meni sevib qolsangiz.
Baxtlilardan baxtli qilardim,
Hayotimga kirib kelsangiz.
Qo‘lingizdan mahkam tutardim,
Agar meni sevib qolsangiz.
Baxt uzugin tanlab olardim,
Yuragimga umid bersangiz.
Dunyolarga sig‘may qolardim,
Agar meni sevib qolsangiz.
Baxt qasriga olib borardim,
Bir jilmayib kulib qo‘ysangiz.
Dardingizni doyim olardim,
Agar meni sevib qolsangiz.
Men sevgida axtli bo‘lardim,
Sevgi cho‘g‘in qalbga solsangiz.
Ishoning men baxtli bo‘lardim
Agar meni sevib qolsangiz.
So‘zsiz sevgi
Muxabbating bo‘g‘zim ko‘ydirguvchi cho‘g‘,
Bir seni o‘ylasam olam bo‘lar yo‘q,
Ishqing yuragimga sanchib singan o‘q,
Men seni sevaman demay sevaman.
Suygan bandasiga ishq nasib etgan,
Sevgi dostonlari ko‘p dong‘i ketgan,
Netay peshonamga shundayi bitgan,
Men seni sevaman demay sevaman.
Vujudimni o‘rtar ishq olov yoqib,
Alam tish qayraydi, eshigim qoqib,
Azoblardan qutqar bir qiyo boqib,
Men seni sevaman demay sevaman.
Sen tabassum qilsang kulganim o‘sha,
Chegarasiz baxtga to‘lganim o‘sha,
Agar ko‘ngling qolsa o‘lganim o‘sha,
Men seni sevaman demay sevaman.
Sen bilan go‘zaldir daqiqa, onim,
Boqishi umrimga ko‘rk bergan jonim,
Sevaman demoqqa yo‘qdir zabonim,
Men seni sevaman demay sevaman.
Sevaman deb aytayin
Bir qiz kelar ko‘chalarni to‘ldirib
Yonidagi dugonasin kuldirib
Yarashibdi unga milliy libosi
Bir nigohda ketdi mani yondirib
Lablarida bormi deyman asali
So‘zlari ham dilga yoqar mazali
Ko‘ngliga yo‘l topganimda bir kuni
Aytib beray Fuzuliyning g‘azalin
O‘ynayapti shamollarda sochlari
O‘n sakkizda bo‘lsa kerak yoshlari
Astagina uyalibon qaraydi
O‘zimga mos ekan uning bo‘ylari
Manzili ham emas ekan uzoqda
Yashar ekan shundoq qo‘shni qishloqda
Qoldirmasa bas jonimni qiynoqda
Shu go‘zalni o‘zim yori bo‘layin
Chiroyda u osmondagi oydayin
Soddagina oppoq nafis qordayin
Sevaman deb bugun unga aytayin
O‘zim uni baht qasriga eltayin
Mani aytgan shartlarimga ko‘nsa bas
Mani yaxshi ko‘rib mani sevsa bas
Undan boshqa narsa menga kerakmas
Vafoli yor bo‘libgina yursa bas
Sevgi nima!
Sevgi nima sevgi sir
Ochilmagan g‘unchadir.
Chiroyi qancha bo‘lsa
Tikoni ham shunchadir.
Sevgi nima sevgi gul
Gulki tengsiz iforda.
Bir bora ochilar ul
Topmaysan har bahorda.
Sevgi nima sevgi nay
Navo sexrin tuyasan.
Kuylashi uchun atay
Yurak bag‘rin o‘yasan.
Sevgi nima sevgi kuy
Uddalagan chaladi.
Zavq berar-u bilib qo‘y
Aqlu xushing oladi.
Sevgi nima sevgi qush
Tutsang birga uchasan.
Yashaysan go‘yo bir tush
Kunduz oyni quchasan.
Sevgi nima sevgi tush
Ishonsang o‘ngi kelar.
Erishasan etar xush
Chindan izlasang agar.
Sevgi nima sevgi o‘t
O‘ynashma, kuydiradi.
Yo yarming qiladi but
Yo jondan to‘ydiradi.
Sevgi nima sevgi suv
Chanqog‘ingga qonasan.
Qafasda xam turmas u
Kaftingda tutolasan.
Sevgi nima sevgi tosh
Kimga olmos kimga dur.
Bahosin bil, qil bardosh
Bahting kulgani shudir.
Sevgi nima sevgi gil
Kimdir toptab o‘tadi.
Kimning esa qo‘li gul
Bino barpo etadi.
Sevgi nima sevgi mil
Baxt tomon ko‘rsatar yo‘l.
Taqdiring qo‘lingda bil,
Faqat to‘g‘ri yo‘lda bo‘l.
Sevgi nima sevgi bol
Qilmagin uni uvol.
Me’yorini bilmasang
Seni etadi bexol.
Sevgi nima sevgi axd
U bilan qadaming shaxd.
Sevilish oliy ne’mat
Sevish o‘zi katta baxt.
Sevgi nima sevgi dard
Faqat yengoladi mard.
Asl sevgan yorining
Sha’niga yuqtirmas gard.
Sevgi nima sevgi sas
Xavo kabi ko‘rinmas.
Xayoting bo‘lar totli
U bilan olsang nafas.
Sevgi nima sevgi bor
Yo‘q degan o‘yga borma.
Agar uchratsang bir bor
Aslo qo‘yib yuborma.
Sevgi nima sevgi sen
Sevgi nima sevgi men.
Topmadim deb kuyunma
Sevgi asli o‘zingsan.
Sevgi xayot mazmuni
Gar uni taniyolsang.
Baxtga eltadi seni
Qadriga yeta olsang.
Sevib bo‘lmaydi
Go‘zallar bor sevaman degan,
Kami borday ko‘nglim to‘lmaydi.
Kimga yolg‘on kimga chin sevgi,
Ikki martta sevib bo‘lmaydi.
Ohu misol ko‘zlardan kechib,
Qalbga yaqin so‘zlardan kechib,
Armon bo‘lgan sevgidan qochib,
Ikki martta sevib bo‘lmaydi.
Boshing toshga urib ko‘r mayli,
Harakating foyda bermaydi.
Hayolingda o‘sha bir layli,
Ikki martta sevib bo‘lmaydi.
O‘zing kulib yurganing bilan,
Qalbing aslo yayrab kulmaydi.
Yurak urib turgani bilan,
Ikki martta sevib bo‘lmaydi.
Garchi sevsang o‘yla o‘zingni,
Ilk sevgida vafo bo‘lmaydi.
Unutmagin Qodir so‘zini,
Ikki martta sevib bo‘lmaydi.
Sevib qoldim
Yurak urar juda tez
Ahvolimni do‘stim sez.
Hayollar osmonni kez
Sevib qoldim bilmasdan.
Havas qildimmi bilmam
Qalbim cheksada sitam.
Xatto og‘ir xotiram
Sevib qoldim bilmasdan.
Yoqadida yuz,ko‘zi
Yana samimiy so‘zi.
Qoshin qoqqanda o‘zi
Sevib qoldim bilmasdan.
Kulgulari zilolim
U mening beg‘uborim.
Eshitgin dilozorim
Sevib qoldim bilmasdan.
Qalbim tanlab berganim
Jonim,yorim deganim.
Bilarmisan sevganim
Sevib qoldim bilmasdan.
Tunlari uxlolmayman
Faqat seni o‘ylayman.
Sevib qolmay o‘lay man
Ko‘ngil qo‘ydim bilmasdan.
So‘zlar ketdi chalkashib
Hayol ketdi adashib.
Do‘stim bilan dardlashib
Sevib qoldim bilmasdan.
Tunlar ketdi halovat
Yeyolmay qoldim ovqat.
Tugab bormoqda toqat
Sevib qoldim bilmasdan.
Berkitaman onamdan
Yana amma, xolamdan.
Qo‘rqib ketmang nolamdan
Ko‘ngil berdim bilmasdan.
Boshqacha tuyg‘u ekan
Bilgani qayg‘u ekan.
Sanchsa ham qalbga tikan
Sevib qoldim bilmasdan.
Endi nima qilaman
Goh devona yuraman.
Boshga tushdi,ko‘raman
Sevib qoldim bilmasdan.
Armonli muhabbat
Qadri menga nondayin aziz
Suvday pokdir hayollari ham.
U siz o‘tgan har bir onimda
Qalbim uchun boshlanar motam.
Allohimdan bordir o‘tinchim
Olisda yor senga omonat.
Jonin asrab-avayla yo rab
Bir gap bo‘lsa bo‘lar qiyomat.
Birga bo‘lish etmadi nasib
Taqdir ekan o‘zga bilan u.
Shukur deyman mayli boriga
Ahir menga eng yaqin do‘stku.
Mendan yiroq ketgan bo‘lsada
Qalbin omonat deb qoldirgan.
O‘zga bilan taqdir bog‘lab u
Tiriklayin meni o‘ldirgan.
Lek sevaman jonimdan ortiq
Ona so‘zin inkor qilolmas.
Yaxshi farzand ota-onaga
«Yo‘q»so‘zini ishlata olmas.
Sog‘inganda rasmini quchib
Hayollarda bog‘lar kezaman.
Bevafoku demang ularni
Chin dilimdan yaxshi ko‘raman.
Uyga borsam olib boraman
Der edilar ziyoratlarga.
Endi buning imkoni yo‘qdir
Ular juftku qoldim men yakka.
O‘zga bilan taqdir yo‘lida
Ketar yorim unutma har on.
Seni mendek hech kim sevolmas
Mendek mehr berolmas ishon.
Alloh qayta umr bersa ham
Yana seni tanlardim bilgin.
Baxtim uchun hech bo‘lmaganda
Kuyov bo‘lib salomat yurgin.
Onson emas seni o‘zgaga
Bermoqligim qalbim sultoni.
Netay taqdir shuni istadi
Kerak ekan sevgim armoni.
Sog‘indim deb kelolmasang ham
Sog‘inganing sezib turaman.
Qancha olis bo‘lsang ham mendan
Barbir seni yaxshi ko‘raman.
Sevgi nima?
Sevgi nima? degan savolga,
Har kim javob berar o‘zicha.
Bazilarga u o‘yinchoq tuyg‘u,
Ayrimlar der sevgi bu-og‘u.
Xayotida sevgila yashab,
Sevgi bilan o‘lganlar qancha.
Ana shular sevgi qadriga,
Yetgandirlar oxirigacha.
Menimcha sevgi juda,
Oliy, buyuk tuyg‘udir.
Sevib qolgan odamlar,
Juda baxtli insondir.
Sevib yashash xayotda,
Eng oliy baxt dunyoda.
Sizlar xam bu tuyg‘uni,
Xurmat qiling xayotda.
Sevgi qismati
Bolalik yillarim o‘tdi qanday sho‘x.
Begubor chexralar pokiza qalblar.
Eslasam qalbimni o‘rtaydi armon.
Qiynaydi yurakni otashin dardlar.
Malikayu shoxlar chiroylik ertak.
Bobomning so‘zlari ko‘chmagan tildan.
Jajji yurakka oyilgan bu isim.
Yillar o‘tsa hamki o‘chmagan dildan.
Sochlaring tortardim o‘ynab qo‘llarin.
Yoqardi u menga o‘yinchoqlardan.
Ko‘zlari tim qora kulib qo‘yardi.
Nigohi avzaldek ovunchoqlardan.
Bog‘chayu so‘ng maktab keldi kollej ham.
O‘rganib qolibmiz bir birimizga.
Do‘stlikdan boshlandi bizning sevgimiz.
Bor umidla boqardik baxtimizga.
Quvonchlar so‘ngi ham kelib qarshimga.
Ayirdi bizlarni solib kulfatga.
Go‘zalim yuragi hasta dedilar.
Bir onda mozorsiz ko‘mib g‘aflatga.
Qo‘limdan kelmaydi hech bir chora ham.
Ollohdan so‘rayman umirlar tilab.
Yolg‘ondan so‘zlayman bu menga og‘ir.
Qo‘yaman gohida gulimni siylab.
Gulimni yo‘qotdim dunyoda biroq.
Yashaydi qalbimda hamisha baxor.
Sevganim o‘zingsan shunday qolasan.
Birgamiz ayrildik dema aslo yor.
Sevgini unutamiz
Ozor berib ko‘p og‘ritdik ko‘nglimizni,
Vafo nima bilmay jafolar yutamiz.
Bir kun ishq uvoli urar ikkimizni,
Kel yaxshisi bir-birimiz unutamiz.
Ahir mensiz yashay olasan bu ayon,
Men ham sensiz yosholaman etmay bayon.
Bizlar birga bo‘la olmaymiz hech qachon,
Kel yaxshisi bir-birimiz unutamiz.
Har kun janjal har kun achchiq so‘zlar bilan,
Ko‘nglimizni bir-biridan sovutamiz.
Bizga baxtli bo‘lmoq qismat emas ekan,
Kel yaxshisi bir-birimiz unutamiz.
Bir kun baribir sevgimiz topar barham,
Bir-birimiz tushunmasdan har kun janjal.
Bizga g‘ururimiz ustun sevgimizdan,
Kel yaxshisi bir-birimiz unutamiz.
O‘rtamizga qo‘yib shartlar qo‘yib qoida,
Ayb topamiz doim arzimagan joydan.
Bir-birimiz aldashdan ayt nima foyda,
Kel yaxshisi bir-birimiz unutamiz.
Bilmaysanda pinhon yig‘lab ko‘zyosh yutdim,
Bir kun bari yaxshi bo‘lar diya kutdim.
Sabrim sindi tushun meni charchab ketdim,
Kel yaxshisi bir-birimiz unutamiz.
Nuqta qo‘yaylik bariga yaxshi bo‘lar,
Balki dillar bu qarorga qarshi bo‘lar.
Bugun bas qilaylik ertaga kech bo‘lar,
Kel yaxshisi bir-birimiz unutaylik.
So‘nggi so‘zim shudir senga baxtli bo‘lgin,
Mendan ololmagan mehr baxtni ko‘rgin.
Faqat sendan bittagina o‘tinchim,
Komolani har zamonda eslab turgin.
Sevaman desa
«Yorim sevaman desa»
Baxtni chindan sezardim
Bor mehrimni berardim.
Keng jahonni kezardim
Yorim sevaman desa.
O‘n sakkizga to‘lardim
Ich-ichimdan kulardim.
Hammadan ko‘p suyardim
Yorim sevaman desa.
Dasta gul olib kelib
Shamolday to‘zg‘ib yelib.
Kutardimda sevinib
Yorim sevaman desa.
Ko‘ngliga xo‘p qarardim
Axvoli ne so‘rardim.
Har ishga ulgurardim
Yorim sevaman desa.
Kechardim dunyolardan
Olisman samolardan.
O‘zardim hayollardan
Yorim sevaman desa.
Unutardim tashvishlar
Qalbimda zo‘r kechmishlar.
Ortda qolar mish-mishlar
Yorim sevaman desa.
Bo‘lardim vafoli yor
Ko‘rsatib go‘zal diydor.
Bermasdim zarra ozor
Yorim sevaman desa!
Sevib qolishdan qo‘rqaman
Kechalari yo‘qolgan orom,
So‘roqlayman seni bolishdan.
Nigohlaring aylaganda rom,
Qo‘rqar edim sevib qolishdan.
So‘zlashardim sen bilan to‘lib,
Charchamasdim hech ham kulishdan.
Bazan faqat xayolga tolib,
Qo‘rqar edim sevib qolishdan.
Kundan kunga borarding yoqib,
Baxtli edim birga yurishdan.
Vujudimda bir nido oqib,
Qo‘rqar edim sevib qolishdan.
Bugun o‘ta totli boqishlar,
Qarshisida turolmadim jim.
Qo‘rqar edim sevib qolishdan.
Lekin sevib ulgurgan edim.