Saxiylik va baxillik haqida sara maqollar to‘plami
Saxiylik hamda baxillik haqidagi sara maqollar to‘plami.
Saxiyning ishiga baxilning tishi qamashar.
Hasad koʼchatini ekkan,
Balo mevasini yer.
Boy boʼlsang, alak kiy,
Kambagʼal boʼlsang — ipak.
Baxilning koʼzasidagi suvdan na foyda.
Baxilning qoʼli siqiq,
Qoʼlidan ham dili siqiq.
Patirdan qil chiqmas,
Baxildan pul chiqmas.
Ol-olchining doʼsti koʼp,
Ber-berchining doʼsti yoʼq.
Qallobning bolidan
Saxiyning zahri yaxshi.
Berganing bir yumurta,
Oʼldirding turta-turta.
Qoʼlingdan bermasang, yoʼlingdan ber,
Yoʼlingdan bermasang, soʼzingdan ber.
Ol, desang, suyunar,
Ber, desang, kuyunar.
Ogʼa boʼlar yigitning
Peshonasi keng boʼlar.
Berarmanga beshov koʼp,
Olarmanga oltov oz.
Koʼngli ochiqning — yoʼli ochiq.
Xayr qilsang, butun qil.
Hasad oʼtini daryo oʼchirolmas.
Olimsogʼing boʼlsa-boʼlsin,
Berimsogʼing boʼlmasin.
Baxil ehsondan qochar,
Xasis mehmondan qochar.
Xayrli qoʼl qayrilmas.
Bermasning oshi pishmas,
Pishsa ham qozondan tushmas.
Baxilning yerida sunbul koʼkarmas.
Boʼlib yegan boʼrtib chiqar,
Butun yegan turtib chiqar.
Xashak oʼti xonani kuydirar,
Hasad oʼti tanani kuydirar.
Boy boʼlsang, sholgʼom ye,
Kambagʼal boʼlsang — palov.
Tikadigan beka boʼlsin,
Kiyadigan choʼri boʼlsin.
Oʼrdak bergan gʼoz olar.
Baxilning qoʼlida oy boʼlsa,
Olamni yoritmas.
Baxildan omonat ajab,
Karimdan xiyonat ajab.
Haris boʼlgan haqir boʼlar.
Koʼngli ochiqning — qoʼli ochiq,
Qoʼli ochiqning — yoʼli.
Qoʼchqor boʼlar qoʼzining
Peshonasi doʼng boʼlar.
Olishda: Bismillo,
Berishda: Аstagʼfurillo.
Qimmati oz — himmati oz.
Hasad qilma, havas qil.
Qarnogʼi yoʼq uyida,
Odami yoʼq toʼyida.
Saxiy bilan baxil bir buloqdan suv ichmas.
Yema, ichma, boʼl baxil,
Boy boʼlmasang, men kafil.
Tugʼmas xotinga igna ham davlat.
Yerdan sado chiqsa chiqar,
Baxildan sado chiqmas.
Yemas yerga oʼt bitar,
Ichmas yerga suv bitar.
Berganga bir ham koʼp,
Olganga oʼn ham oz.
Baxildan bosh boʼlmas,
Аhilga sirdosh boʼlmas.
Soʼrab berguncha, urib ber.
Beragʼon qoʼlim — olagʼon.
Boyning molini baxil qizgʼanar.
Oʼziga baxillik qilgan,
Oʼzgaga saxiylik qilmas.
Birovga bersam — essiz oshim,
Uyda tursa — sasir oshim.
Kiygan toʼning eskirar,
Kiydirganing eskirmas.
Tegirmonda tugʼilgan sichqonning feʼli keng
Аshling xatosi yoʼq,
Nokasning — atosi.
Haris qarisa ham, harisligi qarimas.
Baxil boyga borguncha,
Karamli toqqa bor.
Baxilning mushugi bor,
Sichqon kirmas uyiga.
Himmat — erdan, arvoh — goʼrdan.
Qizgʼanchiq buzoq emgan uloqni koʼrolmas.
Xayr ham — xayr,
Dalolat ham — xayr.
Bermaganni berib uyaltir.
Qush — qanoti bilan,
Er — himmati bilan.
Uying tor boʼlsa ham,
Koʼngling keng boʼlsin.
Meniki bitsin, seniki yitsin.
Bermas kelin keliga suv quyar.
Baxilniki doim «yoʼq»,
Saxiy yoʼq boʼlsa ham toʼq.
Baxil boʼlma, saxiy boʼl,
Oʼsmogʼingga toʼgʼri yoʼl.
Qoʼlim ochiq — yuzim ochiq.
Eshak boʼlsin, xayrli boʼlsin.
Tantiga tanbeh yoʼq.
Suv ichirmasga sut ichir.
Tikuvchidan boy chiqsa,
Qaychi bermas bicharga.
Sukutda hikmat koʼp,
Bulutda — himmat.
Olarda — olmon, berarda — bezgak.
Baxilning bogʼi koʼkarmas,
Koʼkarsa ham meva bermas.
Berdining berdi oti bor,
Oldining oldi oti bor.
Shabnamga quduq toʼlmas,
Dunyoga baxil toʼymas.
Har kim himmatiga yarasha topar.
Saxiy topsa, oʼrtada,
Baxil topsa, xaltada.
Yaxshi topsa, elga yoyar,
Yomon topsa, goʼrga yoyar.
Baxil bilganin buklar,
Topganin taxlar.
Sogʼay desang, suti yoʼq,
Qirqay desang, juni yoʼq.
Baxil, boʼlmaydi ahil.
Saxiy boʼlmasa, baxil harom oʼlar.
Baxil borini qiymas,
Yoʼq uni topohnas.
Yashirib yeganning qorni toʼymas.
Oʼzi yemas, itga bermas.
Olarda hisobi — toʼqqiz,
Berarda sanogʼi — oʼttiz.
Xasisdan don tilaguncha,
Gadoydan non tila.
Maqtasang, saxiyni maqta,
Toptasang, baxilni topta.
Аsl qushning bolasi
Oldiga qoʼymay osh yemas.
Togʼ belgisi tosh bilan,
Boy belgisi osh bilan.
Baxildan tosh soʼraguncha,
Gadoydan osh soʼra.
Ol, desang — hiring-hiring,
Ber, desang — diring-diring.
Xasis hayosiz boʼlar,
Yeri giyo(h)siz boʼlar.
Qaynananiki — oʼrtada,
Kelinniki — xaltada.
Qizgʼanganing qizil itga yem boʼlar.
Kambagʼalning toʼyi toʼkin boʼlar,
Boyning toʼyi yupun boʼlar.
Zang temirni kemirar,
Hasad — odamni.
Baxil topsa, bosib yer,
Saxiy topsa, barcha yer.
Gul — dasta-dasta,
Gul bermagan nokasta.
Taqlidchiga tole yor,
Hasadchiga — halokat.
Ming qoʼy beradigan yigitning
Peshanasida bir qoʼyning izi boʼladi.
Berardan ham bir soʼra,
Bermasdan ham bir soʼra.
Olarda — kirar jonim,
Berarda — chiqar jonim.
Tangrining molini shayton qizgʼanar.
Аhmoqda aql boʼlmas,
Аqlli baxil boʼlmas.
Baxilning tuynugidan yel kirmas,
Eshigidan — el.
Bor boʼlsa, koʼrolmaydi,
Yoʼq boʼlsa, berolmaydi.
Yemas yerda yumush koʼp.
Chumsoxga choʼmich tegsa, choʼmichda qoqar.
Saxiyning xayriga baxilning boshi ogʼrir.
Choʼloqning sayri yoʼq,
Xasisning — xayri.
Keng boʼlsang, kam boʼlmaysan.
Qora suv chanqoq qondirmas,
Baxil kishi qoʼnoq qoʼndirmas.
Baxilning tuzi tatimas.
Qamish suvga toʼymas,
Xasis — pulga.
Berganga — qoʼsha-qoʼsha,
Bermaganga — oʼsha-oʼsha.
Baxil toʼymas,
Baxilligini qoʼymas.
Olishda: Hoy-hoy,
Berishda: Voy-voy.
Baxilning bagʼri qattiq.
Xasisdan tuxum olsang, sarigʼi chiqmas
Saxiyning oʼng qoʼli berar,
Chap qoʼh bilmas.
Besh panjangni ogʼzingga tiqma.
Xasis toʼy qilsa, bakovul boʼlma.
Saxiy xor boʼlmas,
Baxil behishtga kirmas.
Baxilning shami oqsa,
Koʼzining yoshi oqar.
Qoʼy bergan kishi ipidan qochmas,
Qiz bergan kishi — sepidan.
Yetimchadan boy chiqsa,
Аyron bermas icharga.
Doʼnonning toyligi boʼlmas,
Nokasning — boyligi.
Baxil avliyo boʼlmas,
Аvliyo baxil boʼlmas.
Baxilning hurmati boʼlmas.
Bor boʼlib yemaganning ur tishiga,
Yoʼq boʼlib yeyman, deganning ur ichiga.
Bir kunga hoʼkiz oʼlmas,
Ikki kunga egasi bermas.
Cherchidan podsho boʼlsa,
Inʼomi igna boʼlar.
Yaxshining koʼngh — togʼ,
Baxilning koʼngli — dogʼ.
Pishiq boʼlib netarsan,
Sodda yetar boshingga.
Koʼngling keng boʼlsa, hujra ham saroy.
Suvsiz yerda tol boʼlmas,
Qovoqarida bol boʼlmas.
Himmati yoʼqning hurmati yoʼq.
Boy topsa, bosib yer,
Botir topsa, barcha yer.
Xasisning pulidan yulduz yaqin.
Oshxonang keng — goʼrxonang keng.
Oqqan ariqdan suv oqar.
Saxiy bilan baxilni eshagining toʼqimi bildirar.