Qur‘onda nechta oyat bor ekanligini bilasizmi?

Oyatlar sonini: Basra olimlari 6204 ta, Makka olimlari 6219 ta, Kufa olimlari 6236 ta, Shom ulamolari 6225 ta ko‘rsatgan.

Ba’zi olimlar bundan ham ko‘proq belgilashgan. Masalan, yurtdoshimiz Mahmud Zamaxshariy (vaf. 1149) «Al-Kashshof» tafsirida Qur’oni karimda 114 sura, 6666 oyat, 77439 so‘z va 325343 dona harf bor, deb yozgan.

Qur‘onda oyat

Ko‘p tafsirchilar Kufa olimlari fikrini yoqlashadi.

Qur’oni karimning bugun tarqatilayotgan nusxalarida ham oyatlar soni 6236 ta belgilangan.

Qur’on oyatlari sonini belgilashda fikrlar farqli bo‘lishiga qiroat olimlarining to‘xtash (vaqf) alomatini turli joyga qo‘yishgani sababdir. Chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobiylarga Qur’ondan ta’lim berayotib o‘qiganlarida oyat oxirida to‘xtash kerakligini bildiradigan darajada tin olardilar.

Ma’no tugallanmagan bo‘lsa, goho keyingi oyatni ham qo‘shib o‘qirdilar. Tinglab o‘tirgan sahobiylardan ayrimlari Payg‘ambarimiz alayhissalom tin olgan joygacha bo‘lgan qismni bir oyat deb hisoblashsa, boshqalari ma’no tugallangunicha davom etgan qismni bir oyat deb bilishgan.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован.