Osteoxondroz nima, u bilan qanday kurashish kerak

O‘tirib ishlash faoliyati osteoxondroz kuchayishining sabablaridan biri bo‘lib, bu holat kattalarning 80 foiziga ta’sir qiladi. Vaziyatni yengillashtirish uchun nima qilish mumkinligini quyida ma’lum qilamiz.

Osteoxondroz

Osteoxondroz

Umurtqalarni birlashtiruvchi togʻay-pay qismining degenerativ trofik va funksional oʻzgarishi natijasida kelib chiqadigan kasallik. Odatda, umurtqa pogʻonasining boʻyindan yoki beldan pastki, koʻkrakdan yuqori qismlari zararlanadi. Moddalar almashinuvining buzilishi, turli shikastlanishlar, ogʻir zoʻriqishlar va boshqa sabab boʻlishi mumkin. Umurtqa pogʻonasining faoliyati funksional jihatdan faqat bogʻlovchi togʻay-pay apparatlariga emas, balki ushlab turuvchi tana va umurtqa muskullari, qon hamda nerv tomirlari, orqa miya pardalariga ham bogʻliq.

Osteoxondroz belgilari

Osteoxondroz umurtqa pog‘onasining qaysi qismida ko‘p zararlanishiga qarab turlarga bo‘linadi: bel, bo‘yin hamda ko‘krak qafasi osteoxondrozi.

Osteoxondroz belgilari

Bo‘yin umurtqasi osteoxondrozining belgilari:

  • bosh aylanishi;
  • bo‘yin, bosh, qo‘llarda og‘riq;
  • barmoqlarda uyushish hissi;
  • ko‘rish qobiliyatining pasayishi;
  • quloqlarda shovqin.

Ko‘krak qafasi osteoxondrozining belgilari:

  • bel og‘rig‘i;
  • ko‘krak qafasida yonish yoki siqilish hissi;
  • qiyin nafas olish.

Bel osteoxondrozining belgilari:

  • oyoqlarda og‘riq;
  • pastki bel og‘rig‘i;
  • oyoqlarda yoki barmoqlar uyushishi.

Osteoxondrozning oldini olish

Oldini olish

Osteoxondrozni davolash shifokor tomonidan belgilanadi, ko‘pincha u massaj, fizioterapiya, dori-darmonlar va ineksiyalarni o‘z ichiga oladi. Ammo kasallikning rivojlanish xavfini kamaytirish yoki uni bartaraf etish uchun quyidagi qoidalarga amal qilish kerak.

Ish joyini to‘g‘ri tashkil etish: Kreslo qulay bo‘lishi kerak, lekin juda yumshoq emas. Umurtqa pog‘onasining tabiiy egri chizig‘ini takrorlaydigan va shu bilan uni qo‘llab-quvvatlaydigan stul yoki kresloga ustunlik berish tavsiya etiladi. Agar faqat tekis orqa tomoni bo‘lgan stullar yoki kreslolar mavjud bo‘lsa, bel uchun maxsus rulonlar qo‘yish mumkin.

Kompyuter yoki noutbuk monitorining markazi ko‘zga to‘liq qarama-qarshi bo‘ladigan tarzda joylashtiriladi. Bu umurtqa pog‘onasidagi egrilik va stressdan himoya qiladi.

Ish vaqtida tanaffus qilish: Har soatda ishni to‘xtatish va kamida besh daqiqani ozgina dam olish uchun ajratish lozim: boshni egish, cho‘zish, stoldan turish, tanani egish, cho‘zish va boshqa mashqlarni bajarish.

To‘g‘ri dam olish: Chalqancha uxlashga harakat qilish, agar bunga ko‘nikish qiyin bo‘lsa, yon tomonlarga katta yostiq yoki ko‘rpachalarni qo‘yib qo‘yish – bu uyquda ag‘darilib ketishga yo‘l qo‘ymaydi. Shuningdek, ko‘rpacha o‘ta yumshoq bo‘lmasligi kerak.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован.