Odob haqida maqollar to‘plami
Tarbiya hamda odob haqida sara maqollar to’plamini qabul qiling.
Bola — loy, ona — kulol
Yetti yoshga yetguncha,
Yer to’qmog’in yersan.
Bolani so’ksang, beti qotar,
Ursang, eti qotar.
Otadan — o’g’il, onadan — qiz.
Semiz qo’zining go’shti yaxshi,
Oqil onaning — qizi.
Onadan ko’rgan to’n bichar,
Otadan ko’rgan o’q yo’nar.
Illat ketar, odat ketmas.
Bola ko’rganini qilar,
Ota — bilganini.
Ustoz bilimli — shogird ilmli.
Qo’zi qo’chqordan nishon,
O’g’il — otadan.
Qiz saqlay bilmagan gung etar,
Ipak saqlay bilmagan yung etar.
Odat bir, tabiat boshqa.
Bir kattaning gapiga kir,
Bir — kichikning.
Tayoq o’g’rini to’g’rilar,
Go’r bukrini to’g’rilar.
Tarki odat — amri mahol.
Egasiga ko’ra biyasi.
Olti kun och qolsang ham,
Otang odatini qo’yma.
Buzishga o’rganma, tuzishga o’rgan.
Buzuqi qarisa ham, g’amzasi qarimas.
Tayoq maymunga namoz o’qitar.
Er bolasi — er,
Sher bolasi — sher.
Daraxtiga ko’ra — mevasi,
Ota-onasiga ko’ra — bolasi.
O’rgangan ko’ngil o’rtansa qo’ymas.
To’g’ri tutsa onasi,
Yurtga ega bolasi.
Dard ketar, odat qolar.
Beshikda tekkan, kafanda ketar.
Bola — yoshidan,
Xotin — boshidan.
Otning fe’li egasiga ma’lum.
Katta boshlar, kichik tashlar.
Suv boshidan loyqa.
Yaramas odat ko’p bo’lar,
Eng yomoni — kunchilik.
Qiz bersang, otasiga qarab ber,
Qiz olsang, onasiga qarab ol.
Boqsang botir qilasan,
Tergasang — tentak.
So’ksang — so’kuvingda,
Ursang — uruvingda.
Sut bilan kirgan jon bilan chiqar.
Bog’ing bo’lsa, qo’ra qil,
O’g’ling bo’lsa, mulla qil.
Eshigi yomonning uyiga borma,
Onasi yomonning qizini olma.
Ho’kizning o’tini yeb,
Qo’yning qihg’ini qilma.
Yaxshi kishi bolasi
Yuqoridan siy topar.
Yomon kishi bolasin
Tuyada ham it qopar.
Igna qayoqqa yursa,
Ip ham shu yoqqa yurar.
Qush uyasida ko’rganini qilar.
Ota g’ayrath bo’lsa,
Bola ibratli bo’lar.
G’ayratlining bolasi tanbal bo’lar.
Daryo chuchuk — ariq chuchuk.
Daryo achchiq — ariq achchiq.
Suv bilan ekin o’sar,
Tarbiya bilan — odam.
Bukrini go’r tuzatar.
Bir qilgan — madad,
Ikki qilgan — odat.
Erka o’g’il yovga yaramas,
Erka qiz — ishga.
Ona qilsa zo’rlikni,
Bola tortar xo’rlikni.
O’g’lingni sevsang, quldek ishlat.
Qon bilan kirgan jon bilan chiqar.
Bola boqqandan olov yoqqan yaxshi.
Ot bo’lsang, choparsan,
It bo’lsang, qoparsan.
Usta qanday — shogird shunday
Tulpor tubiga tortar.
Charxni buzgan — parrasi,
Qizni buzgan — onasi.
Yetmish yoshga yetguncha,
El to’qmog’in yersan.
Ot bilan bo’lsa eshakning oxuri,
Rangi yuqmas, fe’li yuqar oxiri.
O’rgangan qiliq o’lganda qolar.
Ona suti bilan kirmagan
Tana suti bilan kirmas.
Daryo to’la suv bo’lsa ham,
It tun bilan suv ichar.
Xotin olsang, yoshdan ol,
Jilovini boshdan ol.
Yugansiz otni o’rgatib bo’lmas.
Bola tuqqanniki emas tarbiyalaganniki.
Itni qopag’on qilgan — egasi.
Tog’ yerdan o’sib chiqar,
Odam — ota-onadan.
Erka tutsa onasi,
Taltayadi bolasi.
Otasi tentakning birisi — tentak,
Onasi tentakning barisi — tentak.
To’qqizida qanday — to’qsonida shunday.
Tulpor — biyadan,
Mard — enadan.
O’zing pishirgan osh —
Aylanib ich, o’rgulib ich.
Qorindagi qiliq qora yerda qolar.
Qizni onasi tiysin,
O’g’ilni — otasi.
Otasi buzuqning biri — buzuq,
Onasi buzuqning bari — buzuq.
Katta arava qaydan yursa,
Kichik arava shundan yurar.
Egri butoqni niholida tobini ol.
Suv boshidan yaxshi,
Hosil — tagidan.
Odam bo’lar yigit odatidan ma’lum,
Tulpor bo’lar qulun — muchasidan.
Tananing turqi tuqqaniga ma’lum.
O’g’ri o’rganganini o’lguncha qo’ymas.
Kishi yo’q deb so’zlama,
Og’zing yomon o’rganar.
Tayoq ayiqni ham mulla qilar.
Toyni ot qilguncha,
Egasi it bo’lar.
Odam odamdan qutular,
O’z fe’lidan qutulmas.
Daraxtdan meva olaman desang,
Niholligidan parvarish qil.
Ayg’ir qanday bo’lsa, ot shunday.
Qarg’ani boqqan bilan qush bo’lmas.
Terakka qarab, tol o’sar.
Onaga qarab, qiz o’sar.