Odam va uning a’zolari haqida topishmoqlar toplami javobi bilan
Teg desam, tegmaydi,
Tegma desam, tegadi.
Kichkina oxurcha,
Ichi to‘la mixcha.
Bozorda sotilmaydi,
Tarozida tortilmaydi.
Kim suyaldi,
O‘sha uyaldi.
Erta bilan to‘rt oyoqlab yuradi,
Tushda ikki oyoqlab yuradi,
Kechqurun uch oyoqlab yuradi.
To‘rtida tariqday,
O‘ttizda ayiqday,
To‘qsonida tovuqday.
Yona yerda toyning izi.
Beshta botir, Orqasi yaltir.
Bir uyim bor tuynuksiz,
Ichi to‘la yulduz.
Tursang turar,
Yetsang yotar.
Yona yerda yapaloq archa.
Qorong‘i uyda o‘ttiz sadaf.
Qizil buzog‘imni og‘ildan haydasam, chiqmaydi.
Jar boshida bir tup shuvoq.
Og‘il to‘la oq eshak,
Ustida ko‘rpa-to‘shak.
Uy ustida sara yoy.
Jarga ilon yopishgan.
Bukdim, bukdim,
Ariqdan u yoqqa tashladim.
Qarichdan yaqin,
Osmondan uzoq.
Bir otim bor nos,
Ot, tuya ko‘tarmas.
Bir yoriqda ko‘p kallak
Qistiruvli turibdi.
G‘aznadir, to‘lmas,
Bir kun bo‘sh bo‘lmas.
Bo‘sh qolsa, turmas,
Usiz jon bo‘lmas.
Daryoning naryog‘ida bir to‘p yilqi,
Beryog‘ida bir to‘p yilqi,
Tepishar ekan-da, qopishar ekan.
Kosov,
Kosov boshida beshov,
Beshov boshida besh oyna.
Besh og‘ayni yosh edi,
Ichida biri bosh edi.
O‘zi keng,
Dengizdan chuqur.
Jar yiqildi,
Qum tiqildi.
O‘t emas, kuydirar,
Pichoq emas, so‘ydirar.
Uy ichida qizil go‘sht.
Oynam usti qopqoqli,
Atroflari chachoqli.
Eshitadi, ko‘rmaydi,
Ko‘radi, eshitmaydi.
Og‘ildan chiqqan oq eshak,
Qaytib joyiga kelmas.
Bir suruv eshagim bor,
Bari bir oxurdan suv ichar.
Temir qo‘rg‘on ichida,
Qizil toychoq o‘ynaydi.
Ohurda ola buzoq o‘ynaydi.
Besh kampir,
Besh kampirning orqasida besh muz yopishib turibdi.
Otamdan bir meros oldim,
Yerga ko‘msam chirimas.
Qatordagi qora nor,
Yetakdagi jir moya.
U yog‘i arra, bu yog‘i arra,
O‘rtasida go‘shti barra.
Qora tol butoqsiz.
Ola kabutar?
Topilmas gavhar.
Bir bo‘ri qo‘yning qonini chiqarmay yeb yotir.
O‘ra,
O‘ra boshida sho‘ra.
Katta-kichik besh o‘rtoq,
Uyushsa bo‘lar to‘qmoq.
Yerga ko‘milmaydi,
Kosaga quyilmaydi,
Dunyoda hamma odam
Ichmay qo‘ymaydi.
O‘ra,
O‘raning yuqorirog‘i sho‘ra,
Sho‘raning yuqorirog‘i buloq,
Buloqning yuqorirog‘i chiroq,
Chiroqning yuqorirog‘i qalam,
Qalamning yuqorirog‘i changal.
Bir teshikda hamma olam.
Bir otadan besh o‘g‘il.
Qirli tog‘dan qizil ko‘ylakli qiz yumalab tushdi.
Sandiqchamni ochdim, yopdim,
Sachoqlari tashqarida qoldi.
Kichkina — mitti,
Tepdi, yiqitdi.
Chelakcha,
Chelakcha ichida baliqcha.
Hamma narsaga yopishgan.
Jar yoqalab tosh qo‘ydim,
Jiyronchani bo‘sh qo‘ydim.
Taqron yerda toyning izi.
Qushdan ildam uchar,
Qora yerning bag‘rin teshar.
Tog‘da tayoq serkillar.
Bir nafasda olamni kezar.
Og‘izdan chiqqancha meniki,
Og‘izdan chiqqani elniki.
Bir ola chilbirim bor,
U tog‘dan bu toqqa yetadi.
Qizil chiyning ostida
Qizil kiygan o‘tirar.
Kunduzi yonar,
Kechasi so‘nar.
O‘zi bitta,
Kallasi ikkita,
Dumi bitta,
Oyog‘i oltita.
Bir supada besh bola.
Yugurgandan o‘tadi,
Bir vaqtda yetadi,
O‘q emas, otiladi,
Qush emas, uchadi.
Besh otim,
Beshovi ham qashqa otim.
Hamma vaqt og‘zimda,
Hech yuta olmayman.
Ikki og‘ayni bir-birini ko‘rmaydi
Oq kuchugim aravadan sakradi.
Hay, biz edik, biz edik,
O‘ttiz ikki qiz edik,
Bir taxtaga tizildik,
Birar, birar uzildik.
Ustida ikki darcha,
O‘rtasida bir kunda.
Bir to‘bada yetti teshik.
Tom ustida qo‘sh chiroq.
O‘tda yonmas,
Suvga botmas,
Yerda chirimas.
Birovni suydirar,
Birovni kuydirar.
Yaratganga yopishgan.
Ikki onaga beshtadan bola,
Har birining oti bor.
Quv yog‘och-a, quv yog‘och.
Quv yog‘ochda besh yog‘och,
Besh yog‘ochga qor yoqqan,
Qor ustiga qon tomgan.
Bir to‘kilsa,
Qayta to‘lmas.
Gazlab olinmas, pudlab sotilmas,
Har kimda birdan ortiq bo‘lmas,
O‘zinikini birovga tortiq qilmas,
Ismi bo‘lsa ham, jismi bo‘lmas,
Ko‘zga ko‘rinmas, qo‘lga tutilmas,
Foydadan xoli emas, yo‘qdan topilmas,
Sholining poxoli emas,
Echkining soqoli emas.
Qo‘sh inda qo‘sh sichqon o‘ynaydi.
Jummoq qo‘ydim, jubin top,
Jumoy boboy uyin top,
Tag‘i qo‘ydim, tag‘i top,
Tog‘oy boboy uyin top.
Keshta to‘la oq tovuq.
Ikki otim bor,
Bir-biridan chopog‘on.
Uzoqning u yog‘inda,
Yaqinning bu yog‘inda.
Ko‘rinmas ko‘zga,
Tinch bermas bizga.
Saman ot mindim, soy kechdim,
Soyasini ko‘rmadim.
Qizil baxmaldan to‘n bichdim,
Qiyig‘ini ko‘rmadim.
O‘nta og‘a-ini boshidan
O‘nta oy tushib ketdi.
Osmondan buyuk.
Hovuzcha,
Hovuzcha ustida buloqcha,
Buloqcha ustida chiroqcha,
Chiroqcha ustida qalamcha,
Qalamcha ustida ayvoncha,
Ayvoncha ustida chakalakzor.
Sandiqchada mixcha.
Atrofi chakalakzor,
O‘rtasi yorug‘ yulduz.
Asaldan shirin,
Zahardan achchiq.
Uyoqqa qarasangiz ko‘rmaysiz,
Bu yoqqa qarasangiz ko‘rmaysiz.
Boshingizga qarasangiz ko‘rmaysiz,
Soyangizga qarasangiz ko‘rinadi.
Dumaloq chelga mayda tol ekdim.
Keshtadan tushgan oq tovuq,
Qaytib keshtaga qo‘nmas.
Bir quduqning boshida qirq qiz,
Ham qopishar, ham tepishar.
Bir o‘choqqa besh kosov.
O‘ttiz bo‘ri bir joyga makon qo‘ydi,
O‘nta xizmatkor, ikkita qorovul qo‘ydi.
O‘zi boldan shirin,
Yesa bo‘lmaydi.
Yurib, oq tovug‘imni yo‘qotdim.
Og‘zim ochdim, uchdi ketdi,
Samarqandu Buxor borib yetdi.
Shov tegirmonning toshi.
Oltin egarning qoshi.
Shuni topgan yigitning
Yuz yigirma ikki yoshi.
Sandiq to‘la oq sadaf.
Kunduzi tayoqlashar,
Kechasi quchoqlashar.
Tekis joyda qo‘sh to‘la.
Bir bog‘ poxol, beli bog‘liq.
Jar yoqasida yorti kapa.