Mehnatsevarlik haqida maqollar toʼplami
Mehnatsevarlik haqida sara maqollar qabul qilib oling
Tirishgan och qolmas
Ko’nglingni birga ber,
Kuchingni yerga ber.
Mard yigitning labi yog’lik,
Dangasaning boshi qonlik.
Iz quvgan izlaganini topar.
Odamning qo’li — gul.
Ko’chatni o’tqazmasang — ko’karmas,
Maqsadni istamasang — topilmas.
Baxtingga ishonma, barmog’ingga ishon.
Ishsevarni el sevar.
Mehnatli osh osh bo’lar,
Mehnatsiz osh — tosh.
Ari zahrin chekmagan
Bol qadrini bilmas.
Ishyoqmas itga ham yoqmas.
Kindik qoning to’kilgan joyda joning bor,
Mehnat qilgan yerda moling bor.
Bir ezma topadi, bir — kezma.
Tinmas kampir oyog’i
Oydinda chars yigirar.
Qaziybersang, tog’ ham qular.
Ishi yo’q it sug’orar.
Bog’ jamoli — bog’bondan.
Erinchoqning ishi bitmas,
Epsizning — hojati.
Gap bo’lsa, paka-paka,
Ish bo’lsa, cheka-cheka.
O’tloqda bedana ko’p,
Dangasada — bahona.
Yotganga yomg’ir yog’mas.
Qo’rqoqning ko’zi katta,
Dangasaning — so’zi.
Tek turguncha, tekin ishla.
Kezi kelsa, ketmon chop.
Obro’ topaman desang, kamtar bo’l,
Qarimay desang, mehnat qil.
Tovuq ham tirmalab to’yinar.
Betashvish bosh qayda,
Mehnatsiz osh qayda.
Yalqovning oshi — yovg’on.
Quldek ishla,
Bekdek tishla.
Ishi yo’q ish topar, Ishton solib, bit boqar.
Dangasaning saratonda qoli sovqotar
Eringanning oshi pishmas.
Yig’lab-yig’lab marza olsang,
O’ynab-o’ynab sug’orasan.
Dangasaning ishi bitmas,
Yoz kelsa ham qishi bitmas.
Odamni po’stin emas, ish qizdirar.
Iqbolni mehnat ochar.
Tergan — termulmas.
Mehnatsiz topilgan mol hisobsiz ketar.
Bekor o’tirguncha, bekor ishla.
Ish do’sting — jon do’sting.
Ish oshga tortar,
Yalqovlik — boshga.
Ishsiz hayvon ham zerikar.
Abjir bo’lsa o’g’loning,
Cho’ldan don terar.
Elning ko’rki — er bilan,
Erning ko’rki — ter bilan.
Bemaza qovunning urug’i ko’p.
Suvdan kechgan ho’l bo’lar,
Mehnat chekkan zo’r bo’lar.
Qizil yuzni sarg’aytma,
Aziz qo’lni qavartir.
Yuki yengil eshak yotag’on bo’lar.
Mehnatda sinalgan elda aziz.
Yotganning ustiga turgan kelmas.
Gapni oz so’zla,
Ishni ko’p ko’zla.
Ishni istaganga emas, bilganga topshir.
Odam qo’li cho’lni bo’ston qilar.
Hurmating — savlating,
Mehnating — davlating.
Ish desa, og’rir oshiq-moshig’im,
Osh desa, tayyor katta qoshig’im.
Qush qanoti bilan tirik,
Odam — mehnati bilan.
Qozon o’tdan, odam harakatdan qizir.
Tusiga qarama, ishiga qara.
Mehnat — rohatning poydevori.
Gap desang, qop-qop,
Ish desang, Ashtarxondan top.
Podachi qizining g’ayrati
Poda qaytganda kelar.
Mehnat va o’qish — og’a-ini
Qarasang, qand yersan,
Qaramasang, pand yersan.
Ish quroling soz bo’lsa,
Mashaqqating oz bo’lar.
Mehnat shuhrat keltirar,
Yalqovlik — la’nat.
Obro’ning onasi — mehnat,
Otasi — sa’yi harakat.
Erinchoqning og’zini it yalar.
Ishlagan xor bo’lmas.
Uringan ish o’rinsiz qolmas.
So’zing kumush bo’lsa,
Ishing — oltin.
Tayyor oshga bakovul —
Yetim qizga yasovul.
Mehnatsiz ish bitmas,
Erinchoqning qo’li yetmas.
Ishlagan yerni yashnatar,
Ishlamagan — qaqshatar.
Og’zingni ko’kka ochma,
Halol mehnatdan qochma.
Ketgan keltirar,
O’tirgan narx so’rar.
Salqinni ko’p ko’zlama,
Salqin jonni tindirmas.
Mol boqqanga bitar.
Tindim tunda, tinmadim kunduzi,
Bo’ldi qo’y telpagim qunduzi.
Rahbar yotsa soyada,
Paxta qolar poyada.
G’ayratsiz bilak — o’rinsiz tilak.
Oltmishingda olma eksang,
Yetmishingda yemishin yersan.
Bersang — olasan, eksang — o’rasan.
Dangasaga ish buyursang,
Senga aql o’rgatar.
Mashaqqatsiz baxt kelmas,
Mehnatsiz taxt kelmas.
Ishsiz boshim — oshsiz boshim.
Erinchoqning qo’li yetmas,
Qo’li yetsa ham, ishi bitmas.
Mehnat qilsang qirga,
Qaram bo’lmassan qo’lga.
Bekordan xudo bezor.
Nonni mehnat topgan,
Mehnatni non topgan.
Bor-bor, ishda bor,
Ishlamagan nonga zor.
Mol boqqanning moliga boq,
Boqmaganning — holiga.
Yalqov bo’lsa o’g’loning,
Yerdan non termas.
Ishimning boshi yo’q,
Oshimning moshi yo’q.
Ish ishni topar,
Ko’r — ko’rni.
Mehnat qancha og’ir bo’lsa,
Keti shuncha shirin bo’lar
Yer boylikning onasi bo’lsa,
Otasi — mehnat.
Dangasaga bulut soyasi ham yuk.
Kishi bersa — ko’rimli,
Mehnat bersa — to’yimli.
Jon kuydirmasang, jonona qayda,
Toqqa chiqmasang, do’lona qayda.
Mehnatsiz turmush — tuzsiz osh.
Tirishqoqning teshasi
Toshga chega qoqar.
Yalqov o’tirgan yerida o’tin terar.
Dangasaga ostona tepa bo’lib ko’rinar.
Bekorchining hunari — g’iybat.
Ish boshlaganda — ermak,
Bitmay qolsa — emgak.
Ot oyog’idan topar,
Odam — qo’lidan.
Bekorchilik — bemazachilik.
Yotib yeganga tog’ chidamas.
Bekorchidan el bezor,
So’zidan ko’ngil ozar.
Ketmon chopdim — non tishladim.
Mehnat qilsang, ko’ksing tog’,
Hurmat qilsang, diling bog’.
Cho’pchak degan cho’p bo’lar,
Teraversang, ko’p bo’lar.
Erinchoq,
Erinchoqqa otasining soqoli o’yinchoq.
Ovni yo ko’rinmagan otar,
Yo — erinmagan.
Bo’lsa hamki qo’riq yer,
Hosil berar, to’ksang ter.
To’rt xotin bir bo’lsa,
Kasbi — o’lan aytish.
Mehnatsiz bilak — o’rinsiz tilak.
Qulday bo’lib ishlasang,
Boyday bo’lib yasharsan.
Yotgan ho’kiz och qolar.
Emgaksiz itdan yomon,
It tugul bitdan yomon.
Bemehnat hikmat yo’q.
Erinchoqning qo’li qisqa,
Erinmaganning — yo’li.
Mol boqqanning barmog’idan moy tomar.
Gap bilan o’roq o’rish oson.
Mehnatsiz turmush — o’g’irlik
Eshak yurar qatqoqda,
Ma’lum bo’lar botqoqda.
Emgak etsang, emarsan.
Ishi yo’q eshak hurkitar.
Mehnatsiz et yemaydi, bit yeydi.
Sen ishni quvsang,
Non seni quvar.
Tirishgan yer ustida yashar,
Tirishmagan — yer ostida.
Ish — insonning gavhari.
Odam — gavhar, qo’li — gul.
Zavqsiz ish — shavqsiz ish.
Yig’lab-yig’lab yop qazisang,
Kulib-kulib sug’orasan.
Himmat — elning tayanchi,
Mehnat — rohat quvonchi.
Boqsang — bog’, boqmasang — tog’.
Mol semirsa, yog’ bo’lar,
Yer semirsa, bog’ bo’lar.
Hamma narsaning otasi — mehnat.
Birov uchun birov qozon osmas.
Yigit husni — mehnatda.
Mehnat tovoq to’ldirar,
Minnat toq kuydirar.
Ishning o’zini bilguncha, ko’zini bil.
Izlagan olim bo’lar,
O’ylagan — fozil.
Gapga — chechan, ishga — mechan.
Oyog’ing tap-tap etmasa,
Og’zing shap-shap etmaydi.
Yaxshi bo’lsang kelinchak,
Bo’la ko’rma erinchak.
Boqimsiz bog’ tog’ bo’lur,
Yurak-bag’ring dog’ bo’lur.
Yo’rg’a otning yo’li bo’lar,
Jo’rtoqining sho’ri bo’lar.
Odam ishdan chiqmaydi,
Odamdan ish chiqadi.
Yer egasi bo’lma, mehnat egasi bo’l.
Tek turmagan to’q turar.
Yalqovning maqtanishi ish boshiga borguncha.
Yomg’ir bilan yer ko’karar,
Mehnat bilan — el.
Ish g’ayratlidan qo’rqar
Ishi kechning kuni kech.
Kumushdek ter to’ksang,
Gavhardek dur olarsan.
Ahmoqning kulgusi ko’p,
Dangasaning — uyqusi.
Yalqov ash qush bo’lmas,
Qush bo’lsa ham ucha olmas.
Terga botgan zaiga botar.
Tanbalga jannat yo’q,
Qaytib kelsa do’zax yo’q.
Ota boyligi yeiga singar,
Mehnat boyligi — elga.
G’ayrat etgan tog’ni kesar,
G’ayrat temir arqonni uzar.
Kiygiz kimniki — bilak shuniki.
G’ayratsizning yuragi o’ynar.
Charx yigirsam pul bo’lar,
Boshim dasta gul bo’lar.
Ahdi borning baxti bor.
Bekorchidan — bemaza gap.
Yosh ishni topar,
Ishsiz — dardisarni.
Intilgan elga yoqar.
Yigitning baxtini mehnat ochar.
Ishga — cho’loq, oshga — qo’noq.
Harakating — sog’liging,
Mehnating — boyliging.
Ishlagan osh tishlar,
Ishlamagan tosh tishlar.
Yer qazimasang, oltin chiqmas,
Qarmoq solmasang — baliq.
Qarasang — bog’man,
Qaramasang — dog’man.
It yursa, so’ngak topar.
Ish, ishning ketiga tush.
Tirishgan tog’dan oshar,
Ter to’kkan baxtli yashar.
Yalqov xotinga bola — bahona.
Ishyoqmasga so’z yoqmas.
Yaxshi-yaxshi yigitlar,
Eshigimga qui bo’lar.
Ishdan qo’rqmagan — qishdan qo’rqmas.
Kishining qo’lidan ishini olsang,
Og’zidan oshini olasan.
Sovut kiyib ma’raka*da jon bergan,
Ketmon urib kecha-kunduz non bergan.
Yo’rtgan — o’zar, yotgan — to’zar.
Yalqovlik yovi — yumush.
Mehnat qilsang, yasharsan,
Katta-katta osharsan.
Ishsiz iyagini uqalar
Bo’ynidan bog’langan it ovga yaramas.
Odamning husni — mehnatda.
Qoloqdan cho’loq yaxshi.
Aravani ot tortar,
Ko’lankasin — it.
Daraxt yaprog’i bilan ko’rkam,
Odam — mehnati bilan.
Yer — xazina, mehnat — kaliti.
Mehnat ham egiz-egiz,
Davlat ham egiz-egiz.
Ishga — no’noq, oshga — o’rtoq.
Mehnatning ko’zini topgan
Boylikning o’zini topar.
Mehnat qilgan moy oshar.
Ishga — qo’nim, hosilga — unum.
Ishning zo’rini mard qilar.
Ishlanmagan ishga shayton kular.
Oltin o’tda bilinar,
Odam — mehnatda.
Ishdan qochar, yiroqqa sochar.
Ish bilganniki,
Qilich tutganniki.
Hurmat qilsang, hurmat ko’rasan,
Mehnat qilsang, davron surasan.
Pul yo’q deb qayg’urma,
Ish yo’q deb qayg’ur.
Erning g’ayrati tog’ni qo’zg’atar.
Ketmon chopmoq — olmoq-solmoq,
Qo’sh haydamoq — bormoq-kelmoq,
O’roq o’rmoq — o’ynamoq,
Hay-hay ishning og’iri,
Xamir qilmoq, non yopmoq.
Mehnat baxt keltirar.
Xotin-qizning ishini tovuq cho’qib bitirolmas.
Mehnat qilsang qaram bo’lmaysan.
Oq tuya cho’kmas, ko’k tuya turmas.
Ish ishtaha ochar,
Dangasa ishdan qochar.
El og’ziga boqqan och qolar.
Ishyoqmas rohat topmas.
Ishlikning peshonasi terlar,
Ishsizning — bo’yni.
Gap desang, qop-qop,
Ish desang — betob.
Sepgan xirmon qilur,
Sepmagan — armon.
Yo’l yurgan xazinaga yo’liqar.
Er — ishlagan yerda aziz.
Ko’klam — mehnat bilan ko’rkam.
Yalqov — o’ziga yov.
Yigit degan er bo’lar,
Mehnat ko’rsa, sher bo’lar.
Mehnatning noni — shirin,
Yalqovning joni — shirin.
It itga buyurar,
It — quyrug’iga.
Osmonga og’iz ochgan och qolar.
Tek turmaganga osh ber,
Ikki qo’liga ish ber.
Ish desa, ayyor,
Osh desa, tayyor.
Dangasaga ish buyursang,
Otangdan ortiq nasihat qilar.
Ish bilan qishning mushkuli bitar.
Ish qila olmagan ish tanlar.
Eringan qiz erdan qolar.
Tortishmagan topmaydi.
Nodon va yalqov — dushman uchun katta ov.
Yotaversa, ot ham ozar.
Ariq qazimasang, otizga suv chiqmas.
Ish qilganga qop-qop,
Qilmaganga bo’sh qop.
Ish ustasidan qo’rqar.
Mehnatning noni — mazali,
O’g’rining urari — azali.
Er yigit nomi bilan,
Mehnatda shoni bilan.
Mehnat yerda qolmas,
Oltin — yo’lda.
Shaf-shaf degan bilan
Shaftoli og’izga tushmas.
Jon koyitmay, ish bitmas.
Ish seni yengmasin,
Sen ishni yeng.
Bir qo’llab eksang,
Ikki qo’llab o’rasan.
Bekorchining beti yo’q,
Qozon osar eti yo’q.
Mehnat etsang erinmay,
To’yar qorning tilanmay.
Non yemoqchi bo’lsang,
O’tin tashishdan erinma.
To’kilsa manglay tering,
Unumli bo’lar yering.
Ish qolsa — mehnat,
Osh qolsa — davlat.
Daraxt — havodan, odam — mehnatdan
Yotganning yog’i yo’q.
Ko’ringan tog’ning yirog’i yo’q.
Ish bilan vaqt tez o’tar.
Do’kon to’qisang, bo’z bo’lar,
Charx yigirsang, ip bo’lar.
Mehnat qilmay rohat ko’rmas,
Urug’ sepmay ekin o’rmas.
Mehnat qilding, xo’p qilding,
Minnat qilding, yo’q qilding.
Ish bor yerda osh bor.
Mehnat bilan yer ko’karar,
Duo bilan — el.
Bog’bonga tog’ yarashmas,
Biyobonga — bog’.
G’ayratlidan ilon qochib qutulmas.
Tog’ takasi tek tursa, och qolar.
Er xizmatdan topar.
Erinchoq qizni erga ber,
Er olmasa yerga ber.
Ishi yo’qning ko’rki yo’q.
Ishlagan tishlar,
Ishlamagan kishnar.
Beli bog’liqning dili bog’liq.
Mehnat, mehnatning tagi — rohat.
Gap bilan shoshma, ish bilan shosh.
Uxlaganga ulush yo’q.
Ishlaganning ishi bitar,
Kishnaganning kuni o’tar.
Yoz bor, qish bor,
Dangasaga na ish bor.
G’ayratlining yuragi qaynar.
Mehnat — e’tibor garovi.
Dono — bir joyda,
Dangasa — har joyda.
Mehnatsiz rohat bo’lmas,
Savobsiz — jannat.
Eringan elga sig’mas.
Yalqov yotib buyurar.
Ming so’zdan bir ish yaxshi.
Erinchoq ikki ishlar,
Oxiri barmog’ini tishlar.
Uxlagan uyqu olar,
Uxlamagan — yilqi.
Yalqov yotolmaydi, yotsa turolmaydi.
Ahd qilgan baxt topar
Suv bir joyda turaversa, sasir.
Bog’ kimniki — bog’bonniki.
Ishi yo’qning rizqi yo’q.
Uyqu — g’aflat, mehnat — rohat.
Mehnat kishini boqar,
Yalqovlik o’tga yoqar.
Dangasaning g’ayrati ish bitganda qo’zir.
Mol — boqqanniki,
Yer — ekkanniki.
Sansolar-u mansolar,
Otga yemni kim solar.
Ishlik kehb, ish orttirar,
Ishsiz kehb, ish qoldirar.
Suv o’jar, inson undan ham o’jar.
Erinchoq eshikka chiqsa, ot yollaydi.
Ish buyurdim olti tozga,
Olti toz qo’ydi yozga.
Daryo suvini bahor toshirar,
Odam qadrini mehnat oshirar.
To’kilgan — tering, ishlagan — yering.
Yurti boyning o’zi boy,
Mehnat qilganning qo’li moy.
Qimirlagan qir oshar,
Tig’izlagan tog’ oshar.
Yer — ona, suv — ota,
Mehnat — boylik.
Yalqovlik, oxiri xo’rlik.
Xarakash eshak yo’lga yaramas.
Mardning mardi maydonda sinalar,
Yigitning yigiti — mehnatda.
Ish bitar bo’lsa, haybarakallachi ko’payar.
Ishdan qochding — oshdan qochding.
Yalqovning qo’li qo’ynidan chiqmas.
Axtargan topar.
Ishi borga bir kun hayit,
Ishi yo’qqa har kun hayit.
Ish bor yerda xato bor.
G’ayratlidan quyon qochib qutulmas.
Rohatning onasi — mehnat.
Tirishgan — er,
Tirishmagan — qora yer.
So’ziga boqma, ishiga boq.
Tirishqoqning teri chiqquncha,
Ishyoqmasning joni chiqar.
Erinchoqni er olmas,
Er olsa ham ko’p qolmas.
Ish kuchini yelga berma, yerga ber,
Jamg’armani selga berma, elga ber.
Yer ochganning baxti ochilar
Yotgan yotag’on bo’lar,
Sovuqqa qotog’on bo’lar.
Dangasaning vaji ko’p,
Ohangsizning — ayji.
Oq qo’l — osh egasi,
Kuch qo’l — ish egasi.
Bog’ni boqsang — bog’ bo’lur,
Botmon dahsar yog’ bo’lur.
Baxt yalqovga begona.
Ishchan tilagi — tong ota qolsa,
Erinchak tilagi — kun bota qolsa.
Ishning ko’zini bil,
Erning — tilini.
Yoz bo’yi yotar,
Qish bo’yi qotar.
Xazina g’oyibdan emas, mehnatdan.
So’z bilan aqqa-baqqa,
Ish bilan hech qayoqqa.
Tek turganga shayton tayoq tutqazar.
Ko’kdan emas, yerdan topasan.
Gap bilan osh pishmas.
Oz yesang, ko’p yashaysan,
Mehnat qilsang, ko’p oshaysan.
Yotgan qolar, chopgan olar.
Olay desang mo’l hosil,
Mehr qo’yib mehnat qil.
Gap — boshqa, ish — boshqa.
Mehnatli non — shakar,
Mehnatsiz non — zahar.
Terlab ishlasang, to’yib yeysan.
Birovning bergani — ko’rgulik,
Mehnatning bergani — to’ygulik.
Qorning to’ysa, kekirma,
Bekor yurib, bo’kirma.
Arg’umog’im jirtak otdi,
Loyni ko’rib tappa yotdi.
Ishni yo bachcha buzar, yo nasha buzar.
Izlaganga tole yor.
Kun qizig’i demagin,
Suyagingni sindirmas.
Mehnat qilib topganing,
Qandu asal totganing.
Ishyoqmasga it boqmas.
Elga boqqan yerga boqmas,
Ko’kka boqqan elga yoqmas.
Ishyoqmas o’roqchi o’roq tanlar.
Bermas tangridan hormas ovchi olar.
Gap bilguncha, ish bil.
Ishi yo’q chivin tutar.
Har kungi va’dabozlikdan,
Bir kungi jonbozlik yaxshi.
Osh quli — ish kasali.
Birni birov beradi,
Ko’pni — mehnat.
Do’lanani ko’rganda tog’ esingdan chiqmasin.
Tarallabedodga jon g’animat.
Yutuqning kahti — mehnat.
Mingta chiroyli so’zdan,
Bitta xunuk ish yaxshi.
Bozoringni o’zing qil,
Tegirmoningni o’zing tort.