Mehmondo‘stlik haqida sara maqollar to‘plami
Mehmon va mehmondo’stlik haqida sara maqollar to’plami.
Mehmonning oldida mushugingni pisht dema
Erta borsang, et pishar.
Mehmon mezbonga aziz,
Mezbon — mehmonga.
Qo’noq oshi yo’lga yaxshi.
Mehmonxonang tor bo’lsa ham,
Mehri-diling keng bo’lsin.
Yuzta siz-bizdan,
Bitta jiz-biz yaxshi.
Mehmonning o’zi ham mehmon,
So’zi ham mehmon.
Mehmon kelgan uyning chirog’i ravshan.
Mehmon — uyning ziynati.
Mehmonga shirin so’z ber.
Shirin oshing bo’lmasin,
Shirin so’zing bo’lsin.
Kelish mehmondan, ketish mezbondan.
Kelguncha mehmon uyalar,
Kelgandan so’ng mezbon uyalar.
Mehmon — otangdan ulug’.
Qo’noq qo’ydan ham yuvvosh,
Moy bersang ham, yeyaveradi.
Mehmon kelsa uchtakkina,
Uchib ketsa qushdakkina.
Oyda kelganga — oyoq,
Kunda kelganga — tayoq.
Osh — mehmon bilan aziz.
Ochiq yuz — oshdan shirin.
Mehmonni siylagan itiga suyak tashlar.
Mehmon — aziz, mezbon — laziz.
Qo’nguncha qo’noq uyalar,
Qo’ngandan keyin — uy egasi.
Mehmonga osh qo’y,
Ikki qo’lini bo’sh qo’y.
Shirin choying bo’lmasa,
Shirin tiling bo’lsin.
Mehmon nosi uch kundan keyin sasir.
Mezbon borini qo’ysa,
Mehmon ozga sanamas.
Mehmon oz o’tirsa ham, ko’p sinar.
O’zi kelgan mehmon — atoyi xudo,
Chaqirib kelgan mehmon — gadoyi xudo.
Mehmon — uy egasining buzog’i.
Mehmon kelgan uy — barakali.
Qo’noqqa osh ber, otiga — yem.
Supurilmagan uyga mehmon kelar.
Qo’noq bir kun qo’nsa — kut,
Ikki kun qo’nsa — yut.
Chaqirilmagan qo’noq —
Yo’nilmagan tayoq.
Qo’noq to’ydim, deydi,
Uy egasi yoqtirmadi, deydi.
Betamiz mehmon mezbonni qistar.
Mehmon joyi ko’z ustida.
Kelmoq ixtiyor bilan,
Ketmoq ijozat bilan.
Yo’qcha guruch osh bo’ladi,
Mehmon ko’ngli shod bo’ladi.
Mehmon kelsa, et pishar,
Et bo’lmasa, bet pishar.
Shirmoy noningni berma,
Shirin so’zingni ber.
Chaqirilmagan mehmon —
Sariq itdan yomon.
Mehmonning ketishini so’rama,
Kelishini so’ra.
Eshikdan kelganni it qopmas
Suhbat sevmagan tegirmon qurdirar,
Mehmon sevmagan bolasini urar.
Mehmon mehmonni sevmas,
Mezbon hammasini sevmas.
Kechga qolsang, bet pishar.
Mehmon — atoyi xudo.
Mehmonning itini tur dema.
Borini bergan uyalmas.
Yo’lli kishining mehmoni bir kelar.
Osh — egasi bilan shirin.
Mehmon ko’rki — dasturxon.
Mehmon kelar eshikdan,
Rizqi kelar teshikdan.
Mehmon izzatda,
Mezbon xizmatda.
Birinchi kun mehmon — oltin mehmon,
Ikkinchi kun — kumush,
Uchinchi kun — mis,
Uchdan o’tsa — pes.
Mehmonning otini asl derlar,
Uch kundan so’ng sasir derlar.
Mehmon kelsa choptirar,
Bor-yo’g’ingni toptirar.
Mehmon kelsa, pastga tush,
Palov bermoq ahdga tush.