Marhabo Karimova sherlar to‘plami
Marhabo Karimovaning barcha sherlari yoshu qarining qalbigacha yetib borgan desak adashmaymiz. Marhabo Karimovaning sherlarida hayotiy haqiqatlar mujassam.
Men yashayman
Yig‘lab qoldi bemor boyaqish,
Bir oygina umri qolganmish,
Dedim: «O‘sha do‘xtirga deng «Kish!»
Men yashayman, xudo xohlasa».
Deyishsa ham «darding bedavo»,
Ayting: «Jonim egasi Alloh»,
Deng: «Noumid bo‘lmayman aslo,
Men yashayman, xudo xohlasa».
Pichoqtiqib, kovlasa og‘riq,
Bo‘lib qolsam qoqsuyak, oriq,
Gunohlarimdan bo‘lib forig‘,
Men yashayman, xudo xohlasa.
Derlar, gunohga — g‘am kaforat,
Dard, tashvishli har dam — kaforat,
Bunga sahih hadis kafolat,
Men yashayman, xudo xohpasa.
Vujudimda bu dardim mehmon,
Siylash kerak mehmonni mezbon,
Kuzataman yutsam hamki qon,
Men yashayman, xudo xohlasa.
Yaqinlarim ko‘zi to‘la g‘am,
Dillarida iztirob, alam,
Degim kelar «tashvishmi, shu ham»
Men yashayman, xudo xohlasa.
Birov haqqin yeb yursam kuying,
Yolg‘on-yashiqdeb yursam kuying,
Iymonim bor quvoning, kuling,
Men yashayman, xudo xohlasa.
Bitta yotgan kasal o‘lguncha,
Ketib qolar sog‘lardan qancha,
Bu dunyoda ishlarim shuncha,
Men yashayman, xudo xohlasa.
Bir oy bo‘lsa, bir oy-da, o‘rtoq
Shu vaqgga ham shukur, beadoq,
Mumkin qancha yaxshi ish qilmoq,
Men yashayman, xudo xohlasa.
O‘ttiz kunda o‘ttiz ming dona,
Aytish mumkin tasbeh, shukrona,
Vaqgingizni chog‘ qiling, ona,
Men yashayman, xudo xohdasa.
Aka, uka, jigar, do‘st, yanga,
Sizlarni ham qiynab qo‘ydim-a,
Rozi bo‘ling xizmatingizga,
Men yashayman, xudo xohlasa.
Faqat qo‘rqmang sal cho‘chitvorsam,
Ko‘zim yumib indamay qolsam,
Bo‘lib sokin, bedardu, beg‘am,
Men yashayman, xudo xohlasa.
Buni o‘lim demang, iltimos,
Inson yana tirilmog‘i rost,
Bu vaqgincha sukunat, xolos,
Men yashayman, xudo xohlasa.
Muhimi shu: garchi bemorman,
G‘am-azobdan tunlar bedorman,
Shu lahzada tirikman, borman,
Men yashayman, xudo xohlasa.
Dard bahona tozaryapman, deb,
Ozsam, bo‘yga uzaryapman, deb,
Borgan sari tuzalyapman, deb,
Men yashayman, xudo xohlasa.
Musibatdan o‘chsa ham hushi,
Yashash kerak umid-la kishi,
Noumidlik shaytonning ishi,
Men yashayman, xudo xohlasa.
Qaynona (bazi)
Berkitmangiz non yopay desa-
Kelinga un bering qaynona
Xomilador, mayli bol yesa
Keliningga kun bering qaynona.
Demang: Pismiq o‘jar, ayyordir
Meni toptashga xam tayyordir
Yotgamas o‘g‘lingizga yordir
Kelinga kun bering qaynona.
Sizni buvi martabasiga
Ko‘targuvchi kelinni nega
Maqtamaysiz nafsingiz yenga
Kelinga kun bering qaynona.
Demang: Menga desa ajrashsin
Xar tomonga qondek sachrashsin
Qo‘ying, nikohlarin asrashsin
Kelinga kun bering qaynona.
Qizingiz xam kimgadir kelin,
Qaytar dunyo deganlari chin.
Xaydalmasdan bajarsin burchin,
Kelinga kun bering qaynona.
Ul kelin xam kimgadir jigar,
Ne desangiz xo‘p deb bosh egar.
Xudoyimdan qo‘rqsangiz agar,
Kelinga kun bering qaynona.
O‘g‘ilga shart qo‘yibsiz biram
Kelin ketsin qolsin nabiram!
Nur kerag-u ortiqchami sham?
Kelinga kun bering qaynona.
Ikkinchi bor olib xotinni,
Temir quchsa xaydab oltinni.
Sinar ko‘ngli misoli chinni,
Kelinga kun bering qaynona.
Telefondagi suxbat
Qizim qildi qo‘ng‘iroq,
Ovozida hayajon.
Dedi: — Sizni ko‘rishga
Bormoqchiydim, onajon.
Kecha o‘tsam bo‘lardi.
O‘g‘limning mazasi yo‘q,
Sindiribdi qo‘lini,
Bilasiz-ku, o‘zi sho‘x.
«Qarasang bo‘lmasmidi?!»
Deb urishdi dadasi,
Bir narsa bo‘lsa, menga
Yopishadi hammasi.
«Beparvosiz» deb rosa,
Javradilar qaynonam.
Yaxshi ham dam olishga,
Ketgandilar qaynotam.
Ovsinim ham, tug‘dim deb,
Qo‘lin urmaydi ishga,
Supur, sidir, kir, ovqat,
Ko‘milganman yumushga.
Yon qo‘shnim erimni bir,
Ayol bilan ko‘ripti,
Shu kunlarda o‘zi ham,
Boshqacharoq yuripti.
Og‘riyapti simillab,
Negadir chap kuragim,
Biron dori ichsammi,
Sanchiyapti yuragim.
Keyingi haftalarga,
Bir oz bo‘shab qolaman,
Bolalarni bog‘chadan
Olamanu boraman.
Bir xalta olma, uzum,
Pishiraman qatlama,
Anjir olib boraymi?
Nima yeysiz, ayting-da.
Endi qon bosimingiz,
Oshmay qoldi yaxshiyam.
Mol yog‘i, quyruq yog‘in
Yemang endi astiyam.
Dedim:- Qon bosim hayvon
Yog‘idan ham oshadi,
Bolalarning o‘y, tashvish,
Dog‘idan ham oshadi.
Ovozingni taniboq,
Dori ichib olgandim,
Bir g‘amni aytmasaydi
Deb tashvishda qolgandim.
Dedi:- Qilib beraymi,
Yog‘siz go‘shtdan chuchvara?
Qatiq ko‘katlar solib,
Ichib olardingiz-da.
Shodlik eleksiri bor,
Deydilar shokoladda.
Yesangiz olib boray,
Yaxshisidan bir xalta.
Dedim:- Shokoladingdan,
Har kun olib ye o‘zing,
Qaynonangga, eringga,
Kulib tursin yuz-ko‘zing,
Tashvishingni uyingga,
Ko‘mib kelgin, jon qizim,
Mening oldimga faqat
Kulib kelgin, jon qizim!
Qaynonangning samimiy
Salomingni olib kel.
Eringning faqat shirin,
Kalomini olib kel.
Yomonlab kelsang, men ham
Yomon ko‘rib qolaman,
Uchrashganda ularga,
Qovoq solib olaman.
Yana o‘zingga qiyin,
Ninalarin sanchishar,
Seni bir chivin chaqsa,
Mening jonim achishar.
Bolalaring haqida ham,
Eshitay yaxshi xabar,
Yiqilmasin, sinmasin,
O‘zing ham bo‘lma kasal.
Eringgayam kuyunma,
G‘amdan so‘ladi yurak,
O‘zingni ehtiyot qil,
Erga sog‘ xotin kerak.
Jon bolam, jigargo‘sham,
Qilgin sabru qanoat,
Kelgin biznikiga ham,
Ering bersa ijozat.
Bir yozilib ketasan,
Marhabo ham keladi.
U she’r aytsa, kennoying
O‘yin tushib beradi.
Bizning uyda yashash yo‘q,
Keng dunyoni tor qilib,
Qo‘shiq aytib beraman,
O‘qlog‘ni «dutor» qilib.
Xalta-palta ko‘tarma,
Suyunsin desang, onam
Yuragingni to‘ldirib
Quvonch olib kel, bolam.
Tortib olib bo‘lmaga!
Ota onang bo‘lsa bas,
Boylarga qilma xavas.
Shu ikkisi chin boylik,
Ortiqchasi kerakmas!
Bo‘lsa jufti xaloling,
Uyda kutgan ayoling.
Xiyonatga ketmasin,
Pok saqlab yur xayoling!
Uying bo‘lsa boshingda,
Orzu qilma koshona,
Boylik baxt keltirmas,
Sho‘r bo‘lmasin peshona!
Agar bo‘lsa farzanding,
Chin do‘stu chin yorlar bor
Farzand u jigarbanding,
Bir tirnoqqa zorlar bor!
Bu dunyoni yelkaga,
Ortib olib bo‘lmagay,
Allox nasib etmasa,
Tortib olib bo‘lmagay!
Taqdiringga rozi bo‘l,
Chunki erta gumondir,
Sening oddiy xayoting.
Ex kimlarga armondir!
Unutma bu dunyoda,
Kim g‘aribdur kimdur xon.
Barcha inson odamzot,
Kelar ketar bir mexmon.
Kulib yashang
Shodlik g‘amdan ziyoda,
Tashvish qilib netasiz.
Bu besh kunlik dunyoda,
Kulib yashang, yutasiz.
Muammolar bo‘lsa ko‘p.
Ishxonada ish to‘p-to‘p.
Hammasiga deb xo‘p-xo‘p.
Kulib yashang, yutasiz.
Farzandlar ko‘rsatar bo‘y,
Qilishingiz kerak to‘y
O‘yladingiz qanday o‘y?
Kulib yashang yutasiz.
Gohi notinch uyingiz,
Dilga sig‘may kuyingiz,
Barini unutib-siz,
Kulib yashang yutasiz.
To‘lmasa ro‘zg‘or g‘ori,
Gaz, svet, kerak dori,
Shumi muammo bori?
Kulib yashang yutasiz.
Eshitmang hech mish-mishni.
Ortga tashlang tashvishni.
Qiling shu bitta ishni,
Kulib yashang yutasiz.
Og‘ritib boshingizni
Oqizmang yoshingizni.
Otmasdan toshingizni.
Kulib yashang yutasiz.
Sog‘mi o‘g‘il-qizingiz.
Topilar rizq, tuzingiz.
O‘ylang axir o‘zingiz.
Kulib yashang yutasiz.
Toptab g‘urur, oringiz,
Urishdimi yoringiz?
Taqdirda shu boringiz,
Kulib yashang yutasiz.
Tabassum sizga qalqon,
Oila issik makon,
Arz kilmasdan hech qachon.
Kulib yashang yutasiz.
Yaxshi kilib niyatni,
Ko‘taring kayfiyatni,
O‘qing kitobu-baytni.
Kulib yashang, yutasiz.
Qayg‘u tomon solmang yo‘l,
Sevinchlarga bering qo‘l,
Ishoning, eng to‘g‘ri yo‘l,
Kulib yashang, yutasiz.
Hali ayoL bo‘lmabsiz, poshsho
Uyni bezab, tuzatsang ham,
Erni kutib, kuzatsang ham,
O‘nta qizni uzatsang ham,
Hali ayol bo‘lmabsiz, poshsho.
Uyingizga kelin kelgan yo‘q,
Yuragingiz xali quvnoq, sho‘x,
Kaftingizda tutmagansiz cho‘g‘,
Hali ayol bo‘lmabsiz, poshsho.
Tashvish sizdan bir qadam nari,
Mehnatlarning kelmadi gali,
Zo‘r sinovlar oldinda hali,
Hali ayol bo‘lmabsiz, poshsho.
Ko‘zlaringiz hali surmalak,
Ko‘ylagingiz yoqa, tugmalik,
Uyingizda g‘alva yo‘q, tinchlik,
Hali ayol bo‘lmabsiz, poshsho.
Ko‘ngil qushi sayrab turipti,
Orzulardan yayrab turipti,
Yovu kunni poylab turipti,
Hali ayol bo‘lmabsiz, poshsho.
Bir begona qush kelib unda,
Ahlatingiz «titadi» kunda,
Bilmaslikka olasiz shunda,
Hali ayol bo‘lmabsiz, poshsho.
Qanday gulsiz, isingiz chiqar,
Chin qiyofa, tusingiz chiqar,
Yo tillo, yo misingiz chiqar,
Hali ayol bo‘lmabsiz, poshsho.
Marhaboxon, she’r yozmay keting,
Nima qilay bo‘lmasa, ayting?
Tinch kunlarning qadriga yeting,
Hali ayol bo‘lmabsiz, poshsho.
Kelinlarni yomonlamang
Bugun onam qo‘ng‘iroq qildi,
Tinchligimi so‘radi obdon,
Farzandlarim holini bildi.
Dedim: «ona, tinchmi xonadon?”
So‘z boshladi, volidam sekin:
«Birozgina holim bo‘lmadi.
Kelinimdan aylanay lekin,
Kecha kunduz tinim bilmadi.”
O‘ylab qoldim, qizi bo‘lib men,
Ahvolidan xabar olmabman.
Yonlarida bo‘lib sal emin,
Bir kechaga birga qolmabman.
Ayrimlarga shu aytar gapim,
Keliningiz ayblab yurmang.
Mana tegib qo‘ymadi nafim,
To‘g‘ri gapga labingiz burmang.
To‘g‘risiyam bu bor haqiqat,
Onalarga kelinlar qarar.
Qizlar kelar faqat oz muddat,
Kelin zoti koriga yarar.
Choy damlagan, ovqat pishirgan,
Kir chirini yuvgan ham kelin.
Erinmasdan hizmatin qilgan,
Hatto tiyib turarmish tilin.
Biz boramiz mehmon bo‘lgani,
Kulgusini qo‘ymas yuzidan.
Anglab yetdim, vaqt o‘tgan sari
Kelinimni qo‘yma o‘zidan.