Kuz fasli haqida sherlar to‘plami
Kuz fasli haqida bir biridan qiziqarli va sara sherlar to’plami
Kuz fasli haqida sherlar
Ko‘z-ko‘z qilib bor bisotini,
O‘lkamizga kuz fasli keldi.
Ona yerning saxovatini
Ko‘rib, qalbim quvonchga to‘ldi.
Kuzning qaynoq nafasi dastlab
Dalalarda, bog‘da sezilar.
Tolning sarg‘ish yaproqchalari
Bandlaridan chirt-chirt uzilar.
Egilibdi anor shoxlari
Ko‘tarolmay o‘z hosilini.
Uchratasiz ko‘rkam bog‘larda
Mevalarning eng asilini.
Paxtazorlar oppoq libosda
Qamashtirar boqsam ko‘zimni.
Qo‘shiq qilib kuylayman bugun
Ona yurtim oltin kuzini.
Oltin kuz
Sayrning ilinjida,
Bir kuni chiqdim boqqa.
Barglar gilamday bunda,
Toʼshalgan xammayoqqa.
Tut daraxti yoz boʼyi,
Yana qaytgan asliga.
Baxorda ipak qurti,
Tashna boʼlar bargiga.
Yozda men koʼrgan qushlar,
Janublarga ketibdi.
Kuz fasli demak doʼstlar,
Oʼlkamni zabt etibdi.
Kuz
Yana xazonrezgilik,
Bog’lar rangi siniqdi.
Dilda hokim ezgulik,
Anhorda suv tiniqdi.
Oq yaktakli qayinlar
Taqdi yana zar baldoq.
Qushlarga gap tayinlab,
Chag’-chag’laydi zarg’aldoq.
Ufq orti lolagun,
Daraxtlardan rang olar.
Xayrlashib kuz bugun,
Sochar oltin tanghalar.
Kuz kelib yuqoldi uning sirdoshi
Daraxtlar barglari sarg‘ayar birdan.
Ularga bahona kuzning quyoshi,
Unib chiqsa hamki ildizi yerdan,
Kuz kelib yo‘qoldi uning sirdoshi.
Sirdoshdan ayrilsa ko‘payadi g‘am,
Shodlikni o‘rnini bosar mahzunlik,
Har qanday janzotni yengarkan alam.
Sodiq oshnasidan bo‘lsa mahrumlik…
Shoxlarda mezonlar yaltirar xira
Yana dalalarga boshlaydi havas,
Bog‘larda hazonlar yonadi lov-lov.
Do‘stlarim, bu kuzning barglari emas,
Mening yuragimdan to‘kilgan olov.
Shoxlarda mezonlar yaltirar xira,
Poyida shivirlar mening kuylarim.
Do‘stlarim, bular ham mezonmas sira,
Bu mening chuvalgan, so‘ngsiz o‘ylarim.
Quyosh ham falakda bamisli ro‘yo,
U endi yondirmas, yaltirar faqat.
Do‘stlar, u ham endi quyoshmas aslo,
U olis yoshlikda qolgan muhabbat.
O’lkamni zabt etibdi
Sayrning ilinjida,
Bir kuni chiqdim boqqa.
Barglar gilamday bunda,
Toʼshalgan xammayoqqa.
Tut daraxti yoz boʼyi,
Yana qaytgan asliga.
Baxorda ipak qurti,
Tashna boʼlar bargiga.
Yozda men koʼrgan qushlar,
Janublarga ketibdi.
Kuz fasli demak doʼstlar,
Oʼlkamni zabt etibdi.
Aravaga sig’madi bog’lar
Kuzni olib o’tdi dehqonlar,
Aravada olmalar bilan.
To’lib ketdi cheksiz sayxonlar,
G’ildiraklar g’irchillashidan.
Daraxtlarning rangi qorayib,
Bog’da esdi achchiq kuyundi.
Kuz yo’llari misli qora ip,
Cho’zildilar – yomg’irlar yuvdi.
Oq varaqqa siyoh dog’lari,
Sochilganday – ayni kun botar,
Har sharpadan kuzak bog’lari,
Qarg’alarni ko’kka sachratar.
Qushlar sergak
Qora olchaday,
Ko’zlarida hadik surati.
Kezib yurar bog’ni kechalar,
Yog’ilmagan qorlar hasrati.
Aravada savat va savat,
Naqsh olmalar osmonga boqar.
Kuzni olib ketdi arava,
Aravaga sig’madi bog’lar.
Kuz payti bahorni qumsar odamzod
Shamollar daraxtni bargini uzar,
Shamollar qamchilab junjitar tanim.
Sarg‘aygan bog‘larda oltin kuz kezar,
Kuzning og‘ushida bu kun Vatanim.
Daraxtlar libosin echarkan asta,
Bo‘y cho‘zib qolishar ufqqa boqib.
Quyosh inib ketar ufqdan pastga,
Yulduzlar termilar chirog‘in yoqib.
Yaproqlar shiviri yo‘q endi bunda,
So‘ppayib turibdi yalang‘och tana.
Daraxtlar mudrashar yulduzli tunda,
Tabiat bizlarni siylar deb yana.
Paymoni to‘lgan chog‘ kuz ham ketadir,
Mangu yaralmagan faslning bari.
So‘ngra qish bog‘larga tashrif etadir,
Shamshiri qayralgan botir singari.
Ko‘p o‘tmay qirlarda o‘t ham unadi,
Bir-birin takrorlar fasl va hayot.
Bahorda kuzakni istab yonadi,
Kuz payti bahorni qumsar odamzod!
Kuz tuni
Sukunat, sukunat, sukunat…
Na gʼam bor, na tashvish, na alam.
Na wuvonch, na shodlik, na sevinch,
Аstagina tebranar qalam.
Tin olar borlik tun bagrida,
Boʼlgan barcha-barchasi unut.
Bargin tukib sovuq zaxridan,
Daraxt xam jim, saqlaydi sukut.
Yerga toʼshalgan sariq gilam.
Daydi shamol dastidan toʼzgʼir.
Unutilgan quvonch-u, alam,
Tong otgach boz uyma-uy izg‘ir.