Konstitutsiya haqida sher, Konstitutsiya kuni haqida sherlar
Fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga rioya etishga, boshqa kishilarning huquqlari erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishga majburdirlar. (38-modda)
Konstitutsiya haqida sher
Sendan topdim baxtimni,
Huquqimni ahdimni.
Yo’lim nurafshon bo’ldi,
Ko’nglim zavqlarga to’ldi.
Sahifangni o’qisam,
Asarlar bor biz uchun.
Kelajak himoyangda,
Bundan ortiq baxt qayda?
Konstitutsiya
Adolatning qo’yib tamal toshini,
Yo’lboshchi ko’tardi xalqning boshini.
U tinim bilmasdan ishladi shoyon.
Konstitutsiyaga fido qildi jon.
Birnchi o’ringa qo’yib insonni,
Inson sharafiga baxsh etdi jonni.
Qonunlar insonga qilmasa xizmat,
Qonunlar insonni etmasa izzat.
Qonun emas, dedi undayin qonun,
Qonunda Insondir zori Humoyun.
Davlatning sharafi, shoni insondir,
Tanasi, yuragi, joni insondir.
Eng oliy hakam
Yaxshilar tufayli ozod diyorim,
Ozodlik tufayli obod diyorim,
Eng Oliy Qomusga chekkanda imzo.
Yaxshilarni ko’rdi o’zidan rizo.
Ne qissa. Hurriyat qomusidir u.
Ulusning oriyu nomusidir u .
Istiqlol bir yoshdan oshgan chog’ida.
U tug’ildi yaxshilikning bog’ida.
Mustaqillik bergan oliy baxtdir bu,
O’zbekka yarashgan toj-u taxtdur bu.
Konstitutsiyamiz nodir chinakam
U biz uchun eng oliy hakam!
Oddiylik — adolatdir
Baxtiyorman hur elimning
Adolatli shioridan,
Xalqim dildan ulug’lagan,
Tafakkuri, qaroridan.
Qoyil qolsin ro’yi zamin,
Odillikdan, adolatdan.
Mana, ko’ring, havas qiling,
Unib o’sgan hidoyatdan.
Saodatli elga baxt yor,
Iymonu e’tiqodim bor.
Munisgina onam kabi,
Istiqlolim baxtimga yor.
Nodir qomusimiz
Adolatli jamiyatga berganda baxo
Qomusimiz nodir, tengsiz va a’lo!
Vatan posbonimiz bo’laylik hushyor,
Nifoq urug’ini sochmasin ag’yor,
Fidoyi bo’laylik Mustaqillikka,
Bizni chorlamoqda haq ahillikka.
Qomusim
Konstitutsiyam – mening bosh Qomusim!
Adolatga o’zing tamaltosh, Qomusim!
Quyosh bo’lib, mehr nurin soch, Qomusim,
Kelajakka baxt eshigin och, Qomusim!
Adolatdan kuylayman
Zavol ko’rmas iqbolim bor!
Havas qilsa arzigulik, baxtim bor,
Nurli yo’lga boshlaguvchi ahdim bor.
Fidodirman toki tanda qonim bor,
Men elimning Qomusini kuylayman!
Adolatdan, ezgulikdan kuylayman.
Vatanim
Jahonda eng baxtlilarning biriman.
Men elimning qomusini kuylayman
Go’zal yurtim, iftixorim — Vatanim.
Baxt iqbolin, saodatin kuylayman!
Hur elimning dovrug’i bor tillarda,
O’zbekiston madhiyasi dillarda.
Ozod bayroq hilpiraydi qo’llarda,
Doston bo’lgan baxtimizni kuylayman
Istiqlolim yo’l ochgan adolatidan
Iymonli elimning baxtli farzandi,
Mehnatdan baxt topgan asalu qandi.
Farovon zamonam porloq dilbandi,
Baxtliman buyuk, Qomus sharofatidan,
Istiqlolim yo’l ochgan adolatidan!
Mustaqil diyorimni himoya etgan,
Dono hur fikrlari jahonga yetgan.
El – yurt qalbidan g’uborlar ketgan
Baxtliman buyuk Qomus sharofatidan,
Istiqlolim yo’l ochgan adolatidan
G’amxo’rdir Vatanim bizga mehribon
Baxtimizga baxt qo’shar erkin, farovon.
Kelajagim porloq, yo’lim nurafshon,
Baxtliman buyuk Qomus sharofatidan,
Istiqlolim yo’l ochgan adolatidan!
Har tomon uzatsam yetar qo’llarim,
Istiqbolga yuz tutgan o’ngu so’llarim.
Nurlarga ko’milgan oydin yo’llarim,
Baxtliman buyuk Qomus sharofatidan,
Istiqlolim yo’l ochgan adolatidan!