Kitob haqida topishmoqlar javobi bilan
Kitob haqidagi barcha topishmoqlar javobi bilan. Marhamat qabul qilib oling.
Daraxt emas, yaproqli,
Ko‘ylak emas, etakli,
Odam emas so‘zlaydi,
Turli kuylar kuylaydi.
Ustida qopqoq,
Tagida qopqoq,
Ichinda yaproq.
Tilsiz, aql o‘rgatar.
Bodomcha bodomcha bilan,
Yetti kalit tom bilan.
Ne ko‘zi bor, ne og‘zi bor,
So‘ylashadi odam bilan.
Oq yer ochdim,
Qora bug‘doy sochdim.
Qo‘l bilan ekilar,
Og‘iz bilan yig‘ilar.
Tog‘dan tayladim sinmadi,
Suvga tayladim sindi.
Sirti tayoq,
Ichi bo‘yoq
Uzun bo‘yli,
Yo‘rma to‘nli.
To‘rda turgan to‘rt yigit,
To‘rtovi ham mard yigit.
Bizning uyda to‘rt kampir,
To‘rtovi ham mard kampir.
Qorong‘i uyda ko‘p polvon olishadi.
Biznikida bitta kishi,
Og‘zida qirqta tishi.
Oqqina kuchuk xov-xov etdi,
Qorni to‘yib ag‘nab ketdi.