Juma ayyomi haqida sherlar to‘plam
Juma ayommingiz muborak
Yetti kunning sultoni juma muborak bo‘lsin,
Qalblarda iymonu ibodat bo‘lsin.
Bu kunda niyatlar ijobat bo‘lsin,
Juma ayyomingiz muborak bo‘lsin!
Aytmoq istab sizga gaplarim.
Tentirayman parishon xalak.
Ikki dunyo orasin ochgan.
Aziz do’stim juma muborak.
Sochlariga oq tushgan onam.
Otam uchun so‘rayman tilak.
Akam, ukam, opa singillar .
Aziz do‘stim juma muborak.
Mo‘minni sevdirgan mehr muborak,
Ro‘zada asqotgan sabr muborak.
Bundanda ajoyib bundanda go‘zal,
Ming kundan ulug‘roq «juma» muborak!..
Allohning rahmati bir sizga bo‘lsin,
Umringiz islomning nurila to‘lsin.
Shukrkim yetkazdi ulug‘ kunlarga,
Ushbu «juma» ayyom muborak bo‘lsin.
Juma ul ayyom juma muborak,
Hajj ul masokin juma muborak.
Bu kunni sog‘insang iymon muborak,
Jumlayu momindga juma muborak.
O‘qigan namozlarimiz ijobat bulsin.
Xayot yo‘llarimiz ziyoga to‘lsin,
Baxt va omad sizga yor bo‘lib
Juma ayyomimiz muborak bo‘lsin
Mendan ibodatu Sendan ijobat,
Mandan itoatu Sendan hidoyat,
Mendan qanoatu Sendan baroat
Yolg‘iz madadkorim, parvardigorim.
Savobu gunohim bilguvchi o‘zing,
Umrimni, rizqimni berguvchi o‘zing,
Imonimni butun etkuvchi o‘zing
Yolg‘iz xaloskorim, parvardigorim.
Qilgan gunohlarim kechir, xudoyim,
Obi kavsaringdan ichir, xudoyim,
Borar yerimni keng bichir, xudoyim
Sensan najotkorim, parvardigorim.
Sizni suysin payg‘ambarlar sardori,
Siz ham böling ul jannatning gavhari.
Ollohdan söraylik ezgu bir niyat,
Azizim bu kun «juma muborak»
Jumlayi mo‘minga jumadur bu kun,
Jonlangay bu kunda iymon hilqati.
Muslima ayyol qiz taom ulashing,
Bu kunda 1 soat savobdur buttun.
Bu kuni qabirda so’roq bo‘lmagay,
Shu kunni islomda bayram atalgay.
Qalblar bir lahza shirin tin olgay,
Bu kun jumadur ummat yig‘lagay.
Muborak kunlarda bo‘lgani kabi,
Haq yodi bezasin har kunimizni.
Har damda, har qadam har soniyada,
Allohim panohida asrasin sizni!
Sayyidul ayyom juma muborak!
Ollohning iymon nurlarini sochayotgan ushbu kunida,
Sizga namozning ulug‘i,
Sajdaning eng halovatlisi,
Savobning eng mukofotlisi,
Farishtalarning eng muhabbatlisi va ollohimning sevgisi yor bo‘lsin.
Juma ay muborak bölsin.
Juma kuni muborak
Mehringiz faqat ollohga bo‘lsin,
Qalbingiz iymon nuriga to‘lsin,
Har kuningiz shunday quvonch-la o‘tsin,
Juma kuningiz muborak bo‘lsin!
O‘tayotgan go‘zal tong muborak!
Orzular ushaluvchi kun muborak!
Qalblarni tozalovchi shu on muborak!
Eng qadrli ayyom Juma muborak!
Duoga qol oching tolmasin bilak
bugun sorayvering har neki tilak
fayzi bilan berur Alloh taborak
tavba sohibiga Juma muborak
Sizga bor go‘zal tilak,
Barcha kunlardan bo‘lak,
Ulug‘ bayramlardan biri,
Juma Ayyom muborak!
Iymoning oxiri nurli kelajak,
Jannatga kalit yo‘q namozdan bo‘lak.
Maqsad yo‘q savob ish qilishdan bo’lak,
Allohning sevgan kun juma muborak.
Tortiq bo‘lsin sizga duo-salomlar,
Dunyoda eng go‘zal shirin kalomlar.
Iloho uyingiz nurlarga to‘lsin,
Juma ayyomingiz muborak bo‘lsin.
Ahli oilangizga salomim ayting
Ulug‘ kun ila aytgan tabrigim ayting
Sizlarni eslarman duo qilgan vaqtim
Juma ayyomingiz muborak bo’lsin!
Muborak juma qutlug‘ bo‘lsin
Islom ne‘matini boshingga toj qil,
Qalbin Alloh ga ber sajda — me‘roj qil
Ka‘batullohga gar yeta olmasang, yetim boshin silab
Har Juma haj qil! Muborak Juma qutlug’ bo’lsin!!!
«J»ilmayib tong otdi, özgacha bu kun,
«U»mid qil Rahmondan degandek bugun.
«M»ing kundan afzaldir, ming kundan uzun,
«A»lloh muborak qilgan Juma muborak!
Bismilloh deb ishin boshlagan,
Iymon deya yurak g‘ashlagan,
Ibodatdan ko‘zin yoshlagan,
Mo’minlarga juma muborak.
Besh mahal namozda turgan,
Erta turib ro’zador bo‘lgan,
Jannatdagi diydorni bilgan,
Insonlarga juma muborak…
Qiyomatga ishonib o‘zi,
Mazmunlidir har bitta so‘zi,
Alloh vaslin kutgaydir ko‘zi,
Ey musulmon juma muborak…
O‘lim haq deb doim ovungan,
Do‘stlariga jannat sog’ingan,
Oxiratga diydor koldirgan,
Muslimlarga juma muborak…
Barchaga iymon tilaganlarga,
Oxirat deya ovunganlarga,
Rasululloh (s a v)ni sog’inganlarga,
Allohim sevgan kun juma muborak…
Niyat qildik uzundan uzun,
Shu ishlarni kilsangiz har kun,
Inshoolloh aytamiz bir kun,
Ey azizim jannat muborak!