Hamid Olimjon sara sherlar to’plami

Hamid Olimjon sher va sherlar toplami.Hamid Olimjon juda otkir qalam sohibi gozal muhabbat egasi u oz hissiyotlarini o’z she’rlarida to’liq ochib beroladi.

Janub kechasida

Sen bo’lmasang, shu och to’lqinlar
Ko’rinmasdi sira ko’zimga,
Sen bo’lmasang o’zimning ko’nglim

Kirmas edi aytgan so’zimga.
Sen bo’lmasang, etmasdi xursand
Suv ustida suzib yurgan oy
Hamisha sho’x, doimo baland,

Yulduzdagi jon yoqar chiroy.
Qarashlaring tinchimni olib,
Chertib ketdi qalbim torini,
Shundan keyin sezdim yurakda

Shuncha kuchli o’tning borini.
Aytib ber-chi, shuncha sevganlar
Bo’lganmikin mencha baxtiyore
Aytib ber-chi, qaysi qiz burun
Sevib bo’lgan umid bilan yor 

Eng gullagan yoshlik chog’imda

Eng gullagan yoshlik chog’imda,
Sen ochilding ko’ngil bog’imda.
Shunda ko’rdi ko’zim bahorni,
Shunda qalbim tanidi yorni.

Qushlar sayrar jonimga payvast,
Men sevgining bo’yi bilan mast.
Kuni bilan dalada qoldim,
Lolazorlar ichra yo’qoldim.

Quchoq-quchoq gullar terganim
Va keltirib senga berganim
Kechagiday hamon esimda,
Har soniya, har on esimda.

Shundan beri tilimda oting,
Shundan beri dilimda oting.
Eng gullagan yoshlik chog’imda,
Sen ochilding ko’ngil bog’imda.

O’rik gulladi

Derazamning oldida bir tup
O‘rik oppoq bo‘lib gulladi…
Novdalarni bezab g‘unchalar,
Tongda aytdi hayot otini
Va shabboda qurg‘ur ilk sahar
Olib ketdi gulning totini.

Har bahorda shu bo‘lar takror,
Har bahor ham shunday o‘tadi,
Qancha tirishsam ham u beor
Yellar meni aldab ketadi.

Mayli deyman va qilmayman g‘ash,
Xayolimni gulga o‘rayman;
Har bahorga chiqqanda yakkash,
Baxtim bormi deya so‘rayman.

Yuzlarimni silab, siypalab,
Baxting bor deb esadi yellar,
Etgan kabi go‘yo bir talab,
Baxting bor deb qushlar chiyillar.

Hamma narsa meni qarshilar,
Har bir kurtak menga so‘ylar roz.
Men yurganda bog‘larga to‘lar
Faqat baxtni maqtagan ovoz:

Mana senga olam-olam gul,
Etagingga siqqanicha ol,
Bunda tole har narsadan mo‘l,
To o‘lguncha shu o‘lkada qol.

Umrida hech gul ko‘rmay yig‘lab,
O‘tganlarning haqqi ham senda,
Har bahorni yig‘lab qarshilab
Ketganlarning haq ham senda

Derazamning oldida bir tup
O‘rik oppoq bo‘lib gulladi.

Har yurakning bir bahori bor

Har yurakning bir bahori bor,

Xar bir qalbga ishq bo’lar mehmon.

Har yurakda gullar muhabbat,

Bo’ston etar uni begumon.

Lekin Layli boshiga kelgan

Qora kunlar bizga yot bugun;

Bizga yotdir shirin baxtini

Poymol etgan u qop-qora tun.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован.