Halollik haqida maqollar to‘plami
Halollik va tekinxo‘rlik haqida barcha mavzuga oid maqollar to‘plamini qabul qilib oling.
Eshak Makkaga borib halol bo’lmas
Poraxo’r besh qo’lini og’ziga tiqar.
Birovning qo’li bilan tikan yulish oson.
Halol ish — lazzatli yemish.
Tekinxo’rga teng kelma, qopadi,
O’z aybini tekin pulga yopadi.
Kim ishlaydi, kim tishlaydi.
Dili pokning ishi — pok.
Tekin yema, teshadi,
Sim bo’lsang ham, eshadi.
Tekin go’shtning suyagi burun yirtar.
Harom yegin to’yguncha,
Kaltak yegin o’lguncha.
O’roqda yo’q,
Mashoqda yo’q,
Xirmonda hozir.
Haromdan kelgan haromga ketar.
Tomog’ining yo’li toza,
Ishi bo’lar pokiza.
Yerga boqqan ish qilmas,
Ish qilsa ham, tinch qilmas.
Tekin yeguncha, ekib ye.
Halol ishla, halol tishla.
Yulg’ich yulib to’ymaydi,
Qirg’ich qirib qo’ymaydi.
Halol molning qulfi o’zida bo’lar.
Harom haromni chaqirar
Beli og’rimaganning non yeyishini ko’r.
Tekin tomoq tish sindirar.
Tekin tomoq odamning tuzog’i,
Yedirib aytadi: Ammamning buzog’i.
Yulg’ich yulib to’ymas.
Tekin to’n qimmatga tushar.
Tekin topgan mol yomon,
Oxiri qo’ymas omon.
Xalq molini yegan halqumidan ilinar.
Bir dehqon omoch bilan,
Yettovlon cho’mich bilan.
Oshing halol boisa, ko’chada ich.
Mehnatingni halol qilsang,
Huzurini ko’rasan.
Totli tomoq tamuqqa tushirar.
Tekinxo’r boyimaydi,
Boyisa ham yuqmaydi.
Halol mehnat — mo’l daromad.
Halol pishib chiqar,
Harom teshib chiqar.
Ko’ngil tortgan osh — halol.
Ishlab topganning oshi — lazzatli.
Pora do’zax eshigini ochar,
O’zini bilgan undan qochar.
Shirafurushning shirasi bor,
Ortish-tortish kirasi bor.
Tekin tomoqning ta’mi boshqa,
Yeganlarning boshi qashqa.
Haromdan ming tanga,
Haloldan bir tanga.
Ishlab yegan zog’orang
Tanangga yog’dek yoqar.
Haromzoda bug’doy ko’rsatib, arpa sotar.
Tekinxo’r — suvsiz ariq.
Poraxo’rning ko’zi beshta,
Qo’li — to’rtta.
Poraxo’r — tekinxo’r.
Haromzodaning quyrug’i — bir tutam.
Eldan osh yesang, elga osh ber.
Tekin tomoq totlik kelar.
Harakating erta bo’lsa,
Kuzda erta o’rasan.
Dili pokning yo’li — pok.
Ishlamay yegan og’rimay o’lar.
Kambag’alning puli — peshona teri.
Sharob tekin bo’lsa, hamma ichar,
Tekinxo’r vijdonidan kechar.
Yulg’ich yuladi,
Yulib olgach, ko’madi.
Kishining zari kishini buzar,
Zarni ko’rgan zanjirini uzar.
Tekinxo’r soyasidan qo’rqar.
Poraxo’rning tavbasidan qo’rq,
Mug’ombirning — yig’isidan.
Tekinning minnati ko’p,
Mehnatning — ziynati.
Manglay tering bilan topilgan mol,
Taningga halol.
Tekin bo’lsa, mix yut.
Tekinxo’rga shafqat yo’q.
Yulg’ich borning molin yulqar,
Yo’qning nomin bulg’ar.
Haromzoda suvdan holva pishirar.
Poraxo’r boyimas,
O’g’ri koyinmas.
Eshakning go’shti harom,
Mehnati — halol.
Uzum tilaganga uzib-uzib ber,
Qovun tilaganga — qon yalatib.
Tekindan tomoq bo’lsa,
Qirq kun yotmoq kerak.
Bersang — yeydi, ursang — o’ladi.
Ekkanda yo’q,
Tikkanda yo’q,
Xirmonda hozir.
Harom ish tez qaritar.
Tekin yegan — ko’zga tikan.
O’zi o’lgan qo’y qurbonlikka kirmas.
Halol mehnat yerda qolmas.
Oqar suvning haromi yo’q.
Tekinxo’r qopib yeydi,
Mehnatkash topib yeydi.
Ishlagan er, tishlab yer.
Poraxo’r — haromxo’r.
Tikanning zahri yomon,
Tekinxo’rning qahri yomon.
Pora kanda bo’lmasa,
Parokanda bo’lasan.
Og’iz yesa, ko’z uyalar.
Og’zingdan chiqqan tupruk,
Yerga tushsa, makruh.
Pora yegan pona yer.
Tekin tomoqning tikanagi tiqilar.