Guzallik haqida sara maqollar to‘plami

Guzallik hamda xunuklik haqida maqollar to’plamini qabul qiling

Guzallik haqida maqollar

Onangni otangga bepardoz ko’rsatma

Odamga — lafz, go’salaga — dum.

Suluvidan jiluvi yaxshi.

Havoning taftiga boq,
Odamning aftiga boq.

Oyda ham dog’ bor.

It desa, quyrug’i yo’q,
Sigir desa — muguzi.

Gul o’ssa — yeming ko’rki,
Qiz o’ssa — elning ko’rki.

Qizning isi — gulning isi.

Oy suluvi — nur, Soy suluvi — suv.

Ipor isi sandiqdan ketmas.

Kamtarlik ham husn.

Olmoqning ko’rki — bermoq.

Sozli tordan — nozli sado.

Otni yaxshi ko’rsatgan —
Tuyoqdagi taqasi.

Inson qo’li — gul.

Har gulning hidi boshqa.

Sumbul taqimda,
Yigit ko’zi unda.

Chiroylilik murod emas,
Xunuklik uyat emas.

To’nni yaxshi ko’rsatgan —
Yengi bilan yoqasi.

Odamning yuzi quyoshni uyaltirar.

Kiyiming janda bo’lsa ham, ganda bo’lmasin.

Har go’zalning bir aybi bor.

Qiz bola erda yaxshi,
Er olmasa go’rda yaxshi.

Yaxshi qomat — yarim omad.

Kal boshiga — shamshod taroq.

Aqlli xotin — uy ko’rki,
Chiroyli xotin — ko’cha ko’rki.

O’ziga boqmagan o’zgaga yoqmas.

Suluv suluv emas,
Suygan — suluv.

Qizning ko’zi — qizilda,

Uyga palos yarashar,
Xotinga — libos.

O’yin soz bilan,
Qiz — noz bilan.

Har qushning qanoti o’ziga yarasha.

Qiz husni — yuragida.

Qizning qilig’i yaxshi,
Sutning — ilig’i.

Notavon ko’ngilga — qo’tir jomashov.

Pes ham o’z yo’liga,
Husn ham o’z yo’liga.

Yuz — o’tdan issiq.

Bog’ o’zini tog’ aylar,
Tog’ o’zini — bog’.

Kir ko’ylakka — jun yoqa.

Qori bo’lmasa, qish xunuk,
Yori bo’lmasa — qiz xunuk.

Husn goh baxt keltirar,
Goh — kulfat.

Nozsiz xotin — yolqinsiz o’tin.

Suqma bo’lsa ham yo’l yaxshi,
So’qir bo’lsa ham qiz yaxshi.

So’qir ko’zga surmaning keragi yo’q.

Har kimning didi boshqa.

Umr o’zar, husn to’zar.

Pardoz qilgan chiroyli
Ammo husni bir oyli.

Egri bo’lsa ham yo’l yaxshi,
Qari bo’lsa ham qiz yaxshi.

Chiroyli qizning nozi bor

Chiroylining nozi bor

Har narsaning yarashig’i bor.

Maydon ko’rki — yog’ish,
Gilam ko’rki — naqsh.

Bog’ ko’rki — bodom,
Dunyo ko’rki — odam.

Yaxshining yuzida zuluk ham xol bo’lib ko’rinar.

Gulning to’ni — qirq yamoq, ammo xushbo’y.

Har bog’ning — guli,
Har chorbog’ning — bulbuli.

Pardozlini uyda ko’r,
Xotiningni to’yda ko’r.

Qiz bola — gul-lola.

Shaharda bir xotin bo’lsa,
Zargar ochidan o’lmas.

Daraxt — yer ziynati,
Kiyim — er ziynati.

Qiz bor — qirg’iz qovoqli,
Qiz bor — qarchig’ay qanotli.

Yoshning ko’zi — yashilda.

Xol — joyida aziz.

Terak ham bog’ ziynati

Qimizni kim ichmas.

Pardozni pardoz buzar.

Supurgi yerning husni,
Kamtarlik — erning.

Oq ko’ngillikning yuzi ko’rkam.

Didsiz o’tirgan yerini ham changitar.

Chopmasang ham ot yaxshi,
Quchmasang ham qiz yaxshi.

Qiz qilig’i bilan issiq.

Yaxshi husn — yarim baxt.

Ko’ra-ko’ra ko’rkam bo’lar,
Yura-yura chechan bo’lar.

Bog’ chiroyi gul bilan.

Yigit ko’rki — ot-yarog’.

Quloq so’z uchun,
Olam ko’z uchun.

Tovus tanasiga qarab yayraydi,
Oyog’iga qarab yig’laydi.

Eshakka — to’qim, odamga — libos

Qozi rishvasiz bo’lmas,
Qiz ishvasiz bo’lmas.

Qirqqacha ko’sa yaxshi,
Qirqdan so’ng o’lsa yaxshi.

Kishining chiroyi yuzida.
Kulgi chehra yoritar.

Bozorga — baqqol,
Yigitga — soqol.

Qiz bola — uy ziynati.

Qozon qayda — suv shunda,
Suluv qayda — ko’z shunda.

Ko’zga yaqin — ko’ngilga yaqin.

Cho’tirning ham o’z husni bor.

Tog’ning ko’rki — lola bilan,
Uyning ko’rki — bola bilan.

Chiroy to’yda kerak.

Ko’sa qariganini bilmas.

Toz — tanishdan,
Qo’tir — qamishdan.

Cho’lda o’sgan giyoh ham — cho’lga husn.

Turq boshqa-yu, ko’rk boshqa.

Yaxshining yuzi oftobni ilitar.

O’yida bor-u, bo’yida yo’q.

Odamga — libos, eshakka — to’qim.

Husn — yarim davlat, yarim ofat.

Qari bo’lsa ham qiz yaxshi,
Achigan bo’lsa ham — qimiz.

So’z ko’rki — maqol,
Guzar ko’rki — baqqol,
Yigit ko’rki — soqol.

Xunukdan xudo bezor.

Yirtiq to’nga — zar yamoq.

Yetmish go’zallikning bittasi — mehnat.

Tashiga qarama, ichiga qara.

Go’zal ko’rish — ko’zga savob.

Ipor isini yashirib bo’lmas.

Daraxtning husni — bargi bilan mevasi.

Qizni kim sevmas.

O’rdak o’ziga oro bersa ham, oqqush bo’lolmas.

Kiyikli tog’ — suyukli tog’.

Kapalak gulni deydi,
Bulbul — kuyini.

Gulning ham tikani bor.

Oydinda oq kiygan,
Ko’lankada ko’k kiyar.

Chiroy husn-u jamolda emas, fazl-u kamolda.

Chiroyga non botirib yeb bo’lmas.

Xushxulqlik — jamol,
Kamtarlik — kamol.

Xotinga mol berma, xol ber.

Yaxshi qiz — yoqadagi qunduz,
Yaxshi yigit — ko’kdagi yulduz.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован.