Doʻst haqida sherlar toʻplami
Doʻst haqida eng sara sherlar: Doʻst ogʻir paytda tashlab ketmaydi! Agar yaqin insoningizda mashina chaqirishga imkon boʻlmasa, istalgan payt unga yordam berishingiz mumkin
Boshda tashvish tinmagan maxal,
Mendan xabar olmagan do‘stim.
Xudo berib omad kelganda,
Ishi tushib yo‘qlagan do‘stim.
Qacha azob dardlarni ko‘rdim,
Dardim bilib kelmagan do‘stim.
O‘sha payti qayerda eding,
Ishi tushib yo‘qlagan do‘stim.
Do‘st qadrini bilib keldingmi?
Kim do‘stligin bilmagan do‘stim.
Yo boyligim uchun keldingmi?
Ishi tushib yo‘qlagan do‘stim.
Ne kunlarni ko‘rmadi boshim,
Yo‘qlamading yiqilgan chog‘im.
Kim deb atay endi men seni,
Ishi tushib yo‘qlagan do‘stim.
Yana yolg‘on so‘zlama menga,
Pul kerakmi mana ol do‘stim.
Soxtalardan rosa to‘yganman,
Ishi tushib yo‘qlagan do‘stim.
Eh uzurlar so‘rama mendan,
Seni olloh kechirsin do‘stim.
Menku xafa emasman sendan,
Ishi tushib yo‘qlagan do‘stim
Doʻst haqida sher: dunyoyimga kira ko‘rmagin
Do‘st, mening dunyomga kira ko‘rmagin,
Do‘zaxning o‘tida kuyib ketasan.
Men yurgan yo‘llardan yura ko‘rmagin,
Bir umr joningdan to‘yib o‘tasan.
Qismat yiqitadi chilvir cho‘liga,
Uzlatga bandilar bo‘lib qolasan.
Yolg‘izoyoqlikning yolg‘iz yo‘liga,
Boshingni qo‘ygancha o‘lib qolasan.
Farishta degani boylarga boqar,
G‘arib-g‘uraboni ko‘zga ilmaydi.
Qalbingda kuldirgich bo‘lsa ham agar,
Ming chiranma, baxting kula bilmaydi.
Qabriston tarafga qaraysan ma’yus,
Shikasta joningga yantoq botadi.
Do‘pmaygan go‘r seni tan olmas, afsus,
Tosh qotgan tavbalar titrab ketadi.
Jon do‘st, yolvoraman, o‘z dunyongda qol,
Sen-da hashamatning da’vogarisan.
Besabr baxtingni bag‘irchangga ol,
Sen menga do‘stsan, lek mendan narisan
Ey, doʻst rostin ayt doʻstmizmi haliyam
Ey, do‘st rostin ayt do‘stmizmi haliyam?
Magar-ki do‘st bo‘lsak saloming qani?
Bir paytlar yiqilsam turguvchi suyab,
Yelkangda Rahmon bor tomoning qani?
Yig‘lamay mujgonlar to‘kildi qurib,
Tilimni tishimga tishlatdi g‘anim.
Mening-da bu yolg‘iz holimni ko‘rib,
Yozni ham uyimda qishlatdi g‘anim.
Tuproq ko‘chalarda yugurib o‘sdik,
Chumoli o‘lmagan makonda daydib.
Qancha dovlar bizni yo‘limiz to‘sdi
Va o‘rgatib ketdi-baloga do‘st tik,
Dunyoga o‘xshagan koptoging qani?
Bir paytlar tepardik, ezg‘ilab ichin.
Bugun dunyo degani tanib hammani,
Bir bir olayapti bizlardan o‘chin .
Ey, do‘st rostin ayt do‘stmizmi haliyam?
Magar-ki do‘st bo‘lsak?, qalqoningni ber.
G‘animlashgan bo‘lsak pistirma uyat,
Arqonimni olu , arqoningni ber.
Ey doʻst
Birga baham ko‘rdik go‘zal damlarni,
Sezmadik gohida ko‘zda namlarni,
Vale ko‘tarmadik dardu g‘amlarni,
Ko‘ngil ko‘taruvchi so‘z bo‘lolmadik,
Ey do‘st, sizga loyiq DO‘ST bo‘lolmadik!
Og‘ir ekan, bildik, do‘stlik shartlari,
Uni ko‘tararkan faqat mardlari…
Sezilmadi bizga do‘stning dardlari,
Yurakni sezuvchi ko‘z bo‘lolmadik,
Ey do‘st, sizga loyiq DO‘ST bo‘lolmadik!
Og‘ir kun ko‘rsatar kimning kimligin,
Aniqlab berarkan yolg‘on, chinligin…
Kulib kuzatarkan do‘stning jimligin:
Afsus, bunda yorug‘ yuz bo‘lolmadik,
Ey do‘st, sizga loyiq DO‘ST bo‘lolmadik!
Qo‘l cho‘zgan edingiz, tashladik ketdik,
Ma’yus ko‘zingizni yoshladik ketdik,
Boshqa do‘st qo‘lini ushladik ketdik,
Faqat yolg‘on bo‘ldik, rost bo‘lolmadik,
Ey do‘st, sizga loyiq DO‘ST bo‘lolmadik!
Do‘stmi gar do‘stining g‘amini yemas,
Eng og‘ir chog‘da ham do‘stini demas?
Bizni do‘st atamang, biz loyiq emas,
Sizdek sodiq do‘stga mos bo‘lolmadik,
Ey do‘st, sizga loyiq DO‘ST bo‘lolmadik!
Doʻst haqida sher: Doʻstlarim
Yolg’iz quying meni do’stlarim,
Charchaganman orom olayin.
Bugun menga kerakmas xech kim,
Uzim bilan yolg’iz qolayin.
Bugun menga kerakmas faqih,
Bugun menga kerakmas sharob.
Do’stlar aro ko’tarib kadax,
She’r o’qish xam men uchun azob.
Mayli bugun qolay gashakdan,
Mensiz o’tsin buguncha guring.
Bir kunga qoshimga kelmang,
Bir kungina chaqirmay turing.
Hey do’stlarim shunday kun kelib,
Shunday so’zlar uchsa labimdan.
Siz ishonmang soddalik qilib,
U so’z chiqgan bo’lmas qalbimdan.
Yuring deng o’shanday damda,
Quloq solmang so’zlarim yolg’on,
Yolvorsamda faryod qilsamda,
Yolg’iz ko’ymang meni xech qachon.
Va eshikga yolg’iz va tanxo,
Termulmasin mayus ko’zlarim,
Mayli meni o’ldiring ammo,
Yolg’iz kuymang meni do’stlarim.
Mayli dedim
Davlatimni kop koʻzlading, mayli dedim.
Omadimga sherik boʻlding, mayli dedim.
Sevgan yorimga koʻz tikding, mayli dedim.
Aytgan soʻzlarimdan bilki, sira qaytmarn.
Mozorimga aslo borma, rozi bolmam.
Doʻstga doʻst boʻlolmadik.
Uzukka koʻz boʻlmadik.
Yaxshi yomon deganda.
Xech vafodor bo’lmadik,
Вogʻlarimga xazon buoʻlding, mayli dedim.
Xavas emas xasad qilding, mayli dedi.
Qoʻlarimga kishan tutding mayli dedim.
Chin Doʻst
Soya tashlab ketar daraxtni,
G’amlar yuvar bir kuni baxtni.
Baxtsizlik maxf etsaham taxtni,
Chin do’st tashlab ketmaydi do’stni.
Doʻstlik
Dunyoda go’zallik so’nib ketadi,
Quvnoq yoshlik ham o’tib ketadi.
Lekin ikki narsa qolur abadiy,
Biri sevgi, yana biri ajralmas do’stlik.
Do’stlik balki daryodir mexr mavj urar,
Do’st balki saxrodir, tafti kuydurar,
Do’stlik balki aldovdir do’sting xor qilar,
Do’stim asli najotdir mardga berilar.
Doʻst haqida sher: Abadiy doʻstlik
Menga kerak emas boylik mol dunyo,
Tillo ham topmaydi zarracha qadr.
Ulardan ustunroq menga doimo,
Abadiy do’stligu, zarracha mehr.
Insonning doʻsti, bor bulsin ekan
Ko’p ishonibman, afsus uzimga,
Dustlarimni xech, ilmay kuzimga,
Armon tuz berar, endi suzimga,
Insonning doʻsti, bor bulsin ekan.
Yurakda orzu, Doʻstlaring bilan,
Niyating ezgu Doʻstaring bilan,
Yutmaysan og’u dustlaring bilan,
Insonning doʻsti bor bulsin ekan.
Omading nogox, qaytgan oningda,
Dardu alamlar yonsa joningda,
Fakat chin doʻstar, turar yoningda,
Insonning doʻsti bor bulsin ekan.
Yurakda orzu doʻstlaring bilan,
Niyating ezgu doʻstlaring bilan,
Yutmaysan ogu doʻstlaring bilan,
Insonning doʻsti bor bulsin ekan.
O’zingizni ehtiyot qiling
Ko’zlar hali ko’rib turganda.
Yurak hali urib turganda,
O’zingizni extiyot qiling.
G’am kelganda kuyunib ketmang,
Bazt kelganda suyunib ketmang.
Sokin yashang, osuda yashang.
O’zingizni extiyot qiling.
Armonlarga berilmang aslo,
Orzu tomon olg’a intiling.
Ne bo’lmaydi o’zi hayotda,
O’zingizni extiyot qiling!