Botirlik haqida sara maqollar to’plami
Botirlik va qo’rqoqlik haqida maqollar to’plamini qabulqilib oling
Ishtonsizning hadigi — cho’pdan
Botirning qoni chiqquncha,
Qo’rqoqning joni chiqar.
Yigit joni — bitta,
Qiz joni — qirqta.
Sher bolasi ovni yengar,
Er bolasi — yovni.
Chechansingan yigitni
Dov kelganda ko’ramiz.
Arslonning o’ligi — sichqonning tirigi.
Yalingan qo’rqoq emas,
Yoqalashgan qo’rqoq.
Erning yuragi — sherning yuragi.
Yovdan qo’rqqan yovga do’st,
Elni suygan — elga.
Botirning kulgani — elning kulgani.
Qo’rqding — tutilding,
Qo’rqmading — qutulding.
Yurakda bo’lsa, bilakda bo’lar.
Qo’rqmas kelin qo’y boshidan qo’rqar.
Qo’rqish — yengikshning chopari.
Botirga ham jon kerak.
Qo’rqoq bo’lma, botir bo’l,
O’z elinga shotir bo’l.
Har kuni o’lgandan,
Bir kunda o’lgan yaxshi
Tiz cho’kib yashaguncha,
Tik turib o’lgan yaxshi.
Bitmas ishning boshiga,
Botir kelar qoshiga.
Qo’rqoqqa qo’y boshi qo’sh ko’rinar,
Qo’mshog’i bilan besh ko’rinar.
Qochoqqa shafqat yo’q,
Qo’rqoqqa — hurmat.
Yovni kuchli dema,
G’ayrat qilsang, yiqasan.
Botirning mushti — ishongan do’sti.
Sherning urg’ochisi ham sher.
Arslonning bo’kirgani — sichqonning o’lgani.
Qo’rqqan it uch kun hurar.
Yantoqdan atir chiqmas,
Qo’rqoqdan — botir.
Botirning mushti ham yarog’.
Er yigitga tosh ham qurol.
Itni ovga borganda sina,
Yigitni — yovga borganda.
Jasur bo’lsang, yovga chop.
Jasur jangda sinalar.
Qo’rqoqqa go’r ham tor, qir ham tor.
Alp — otadan, zot — onadan.
Botir yovda bilinar,
So’zchi — dovda.
Qo’rqoqqa sichqonning ini — ming tanga.
Tortishgan — er,
Tortishmagan — qora yer.
Qo’rqoqning o’z quroli o’ziga yov.
Botir miltiqsiz bo’lmas,
Baliq — qiltiqsiz.
Botir qilichsiz ham botir.
Tilingni botir qilma,
O’zingni botir qil.
Qo’rqoq qo’rg’on ololmas.
Erga navbat — sherga navbat.
Tuyaning hurkkani yomon,
Tentakning — qo’rqqani.
Yov qochsa, botir ko’payar.
Botirdan «botir» chiqsa, otasi bilan olishar.
Ot hurkkan yeridan o’tmas,
Er — qo’rqqan yeridan.
Bir boshga — bir o’lim.
Vahm tubi — dengiz,
Botasan-da, ketasan.
Er bo’l, er bo’lmasang,
Qora yer bo’l.
Qo’rquv o’limdan qutqarmas.
Tegirmonda tug’ilgan sichqon
Momaqaldiroqdan qo’rqmas.
Savlat desang, menda bor,
Ammo jahon menga tor.
Ko’p qayg’urdim, sil boidim,
Ko’p yalindim, qui boidim.
Botirga yaroq hojat emas
Er bolasi erday bo’lar.
Botir o’lsa, yapaloq bosh ko’tarar.
Qo’rqsa ham, qo’y o’ladi,
Qo’rqmasa ham, qo’y o’ladi.
Botir baqqollik qilmas,
Qo’rqoq qochib qutulmas.
Qochqinga «hay» kifoya.
Botirlik shahar olar
Sher izini it bosmas.
Eshakning qo’rqog’i suvdan o’tmas.
Kar qo’y ikki hurkar.
Bir kun — tug’ilmoq,
Bir kun — o’lmoq.
So’z botirligi tilda,
Er botirligi belda.
Botir botir emas,
Jon saqlagan — botir.
Bo’lsang agar qo’rqoq,
Boshingda o’ynar to’qmoq.
Qorg’ili it ovga yaramas,
Yuragi yo’q yovga yaramas.
Erlik bilakda emas, yurakda.
Tavakkal tubi — yel qayiq,
O’tasan-da, ketasan.
Urushdan qochgan ma’rakaga sig’mas.
Qo’rqoqning ko’zi katta,
Ahmoqning — so’zi.
Sharpadan qo’rqqan shaqildoq chalar.
Xoin qoni chelakka tomar,
Botir qoni — yurakka.
Yuz qarg’aga — bir shunqor.
Qo’rqoq qochib qutilmas.
Mullali ovul — qo’rqoq,
Baxshili ovul — botir.
Bo’ridan qo’rqqan ovga chiqmas,
Ilondan qo’rqqan suvga tushmas.
Qo’rqoq o’lmasdan burun o’lar,
O’likdan nima kutib bo’lar.
Kuchukdan qo’rqqan gado bo’lmas.
It qo’rqoqni talar
Arslon izidan qaytmas,
Yigit — so’zidan.
Qo’rqoq ko’zidan ma’lum.
Yuz qo’rqoqdan bir botir afzal.
Mergan ovda bilinar,
Botir — yovda.
Erlikda xo’rlik yo’q.
Botir boshga balo tegmas.
Sher himmati — bilak,
Er himmati — yurak.
Botirdan o’lim ham qo’rqar.
Qo’rqqanga qo’sh ko’rinar.
Tulkidan sher chiqmas,
Qo’rqoqdan er chiqmas.
Yigitning botirini maydonda sina.
Sherning o’hgi ham ot hurkitar.
Qo’rqoq avval musht ko’tarar.
O’ttizida er atangan,
Qirqida sher atanar.
O’lgandan qo’rqqan yomon.
Botir yovsiz bo’lmas.
Jasur jangdan qo’rqmas,
Yovdan sira hurkmas.
Olovdan qo’rqqan tutundan ham qochar.
Ot bilan qurol ega tanlamas.
Qo’rqoqqa ko’lankasi — azroil.
Yigitning sarasi yov bosganda bilinar.
Alp — enadan, tulpor — biyadan.
Yo’lbarsni yenggan emas, jahlni yenggan — botir.
Qo’rqoqda uyat bo’lmas.
Odam safarda bilinar,
Botir — xatarda.
Chiyki terini it tortar,
Chiyki erni yov tortar.
Botir o’lsa, nomi qolar,
Nomard o’lsa, nimasi qolar.
Qo’rqoq ot o’z soyasidan hurkar.
Noshud ketganda maqtanar,
Botir — qaytganda.
Qo’rqoqning qoni chiqqani — joni chiqqani.
Tog’ni baland dema,
Talab qilsang, chiqasan.
Botir ishning boshida,
Yaxshi kelar qoshiga.
Qo’rqoq qo’rqoqqa o’rtoq.
Bo’ridan qo’rqqan to’qayga kirmas.
Qo’rqoqni ursang, botir bo’lar.
Qo’rqoq — ko’r, nomard — xor.
Botir o’rtoq — boy o’rtoq.
Dovni yenggan botir emas,
Yovni yengan botir.
Sherni er yengar,
Erni sher yengolmas.
Sen qo’rqmasang, yov qochar.
Bir yigit — bir elga rizq.
Cho’chigan cho’qmor ko’tarar.
Ko’z — qo’rqoq, qoi — botir.
Qo’rqoqning qo’li qisqa.
Botirsingan yigitni
Yov kelganda ko’ramiz.
Er yigitni yov ustida ko’r
Botir qiyinni yengar,
Nomard bo’yinni egar.
Botir joni sabildir,
Yomon joni azizdir.
Buzilgan elni botir tuzatar.
Quyon o’z ko’lankasidan ham qo’rqar.
Qo’rqoq itning quyrug’i qisiq.
Qochgan qo’shinga yov ko’p.
Bedana botir bovdan yer,
Botir yigit yovdan yer.
Qiyg’iming qiyqirgani — tulkining o’lgani.
Qochganga cher qurilar.
Qiyg’ir uchsa, chumchuqni tirqishda ko’r.
Xo’rozning suti yo’q,
Qo’rqoqning quti yo’q.
Yigit ishi bichuvda bilinar,
Tuya — suv kechuvda.
Qochgan yo’l tanlamas.
Qo’rqsang — aytma,
Aytsang — qo’rqma.
Besh qo’rqoqqa — bir qarg’a.
Qo’rqoqni ajal quvlar.
Qo’rqoqqa ip ilon bo’lib ko’rinar.
Qo’rqoqning boshidan musht ketmas.
Botir yarasiz bo’lmas.
O’zing botir bo’lsang
Qurolning keragi yo’q.
Erdan er tug’ilar,
Nordan — nor.
Yoibarsdan qo’rqqan to’qayga kirmas.
Yovni ayagan yara yer,
Kaltagini sara yer.
Botir botqoqdan ham o’tar,
Qatqoqdan ham.
Arslon bolasini tutmoq uchun
Arslon uyasiga kirmoq kerak.
Savdo g’avg’osiz bo’lmas,
Polvon — gavdasiz.
Jasur bo’lsang, yov qaytar.
Sendan qo’rqqanim — qora qo’ydan qo’rqqanim.