Baxtli insonlar amal qiladigan 10 odat

Hayotta hamma narsa boladi, Bularni yengib otish uchun, Togdek sabr bilan shiringina tabassum qiling, shunda baxtga yetasiz.

Baxtli insonlar odati

1- O‘z ustingizdan kulishni o‘rganing

Inson o‘z ustidan kulish qobiliyatini unutsa, hamma narsasini yo‘qotgan hisoblanadi. O‘z ustingizdan kulish sizni har qanday qo‘rquv va tortinchoqlikdan qutqaradi. Yumor hissining boyligi aqlliligingizdan ham darak beradi. Axir axmoq odamning hazili ham ahmoqona bo‘ladi.

2- Do‘stlashishni o‘rganing

Haqiqiy do‘st kulfatda bilinadi, deyishadi. Ammo kutilmagan baxt ham do‘stlik uchun jiddiy sinov bo‘lishi mumkin. Boshingizga kulfat tushganda begonalar ham hamdardlik bildirishi mumkin, ammo baxtdan entikkaningizda yoningizdagi do‘stim deb o‘ylagan odamingiz siz bilan birga quvona olarmikin? Do‘stlaringizni ruhiy ijobiy quvvat bilan ta‘minlang, ularning muvaffaqiyatlaridan birga quvoning, hayotingizning har qanday lahzasida sizni qo‘llab-quvvatlovchi do‘stlaringizning qadriga eting.

3- Sehrli lahzalarni kutib, umringizni o‘tkazmang

O‘zimizni qiynamay, oq otdagi shahzodani, vertolyotda uchib keladigan sehrgarni yoki ertangi kundan mo‘‘jizani kutish bu hayotingizga o‘ta mas‘uliyatsizlik bilan qarashdir. Baxtli odamlar ertangi kundan ko‘p narsa kutmay, bugungi kunning har bir lahzasidan lazzatlanib yashaydilar. Baxtli onlar esa kutganlardan ko‘ra uni kutmaganlarga ko‘proq nasib etadi.

4- O‘zligingizni yo‘qotmang

Baxtli odam birovga ko‘r-ko‘rona taqlid qilmaydi. Hayotdagi o‘z o‘rningizni, prinsiplaringizni, simpatiya va antipatiyangizni aniqlab oling. Ko‘nglingizga yoqadigan ishlarni bajaring, o‘zingizni qolipga solib, birovlarning fikri bilan ish qilmang.

5- Bilim olishdan to‘xtamang

Bilim olishdan to‘xtamang

Yangi kitobdan, musiqadan hayratga tushishni o‘rganing. Baxtli bo‘lishni istagan insonlar hayotlarini yangi sahifadan boshlashdan, yoshlaridan qat‘i nazar o‘zlarini namoyish qilishdan tortinmaydilar. Axir yangi bilimga ega bo‘lmay turib, inson o‘zini ko‘rsata olmaydi. Hayotga yangicha ko‘z bilan qarash ijodiy g‘oyalarni yuzaga keltiradi.

6- Hayotingizni o‘zgartirishdan qo‘rqmang

Baxtli inson hech qachon o‘zini-o‘zi jismonan va ruhan cheklamaydi. Faqatgina shaxsiy xohishlarni jilovlash mumkin. U hayotini o‘zgaritirishdan, yangi va notanish bo‘lgan joylarga borishdan, olg‘a intilishdan qo‘rqmaydi, hayotini o‘zgartirsagina ko‘p narsaga ega bo‘lishini tushunadi.

7- Bilim olishdan to‘xtamang

Yangi kitobdan, musiqadan hayratga tushishni o‘rganing. Baxtli bo‘lishni istagan insonlar hayotlarini yangi sahifadan boshlashdan, yoshlaridan qat‘i nazar o‘zlarini namoyish qilishdan tortinmaydilar. Axir yangi bilimga ega bo‘lmay turib, inson o‘zini ko‘rsata olmaydi. Hayotga yangicha ko‘z bilan qarash ijodiy g‘oyalarni yuzaga keltiradi.

8- Siz haqingizda nima deb o‘ylashlari xavotirga solmasin

Baxtli odamlarni boshqalar o‘zlari haqida nima deyotgani, nima deb o‘ylayotganlari umuman qiziqtirmaydi. Birovlarning fikri ularni tashvishga solmaydi. Hammaga birday yoqish mumkin emas. Sizga ham hamma birdek yoqmaydi, demak ularga ham sizning yoqishingiz shart emas.

9- Kechirimlilik

Kechirimlilik

Baxtli insonlar hech kim ularni taqdir sinovlaridan qutqarib qolish uchun yordam bermasligini yaxshi tushunishadi. Atrofidagi odamlardan yordam kutmay, o‘zlari harakat qilishadi, hech kimdan xafa bo‘lishmaydi. Yillar davomida qalbingizni ezib kelgan xafagarchilik og‘ir yukka aylanib, yuragingizni emira boshlaydi. Baxtli odam esa xafa qilgan odamni tezda unutadi, bema‘ni o‘y-fikrlar bilan o‘zini qiynamaydi.

10- Har bir baxtsizlikdan ham baxt qidiring

Kimdir ishdan bo‘shashni uzoq muddatli depressiya deb, kimdir buni boshqa sohada omadni sinab ko‘rish uchun berilgan imkoniyat deb qabul qiladi. Optimizm – har qanday hayotiy batareykaga quvvat beruvchi qudratli motordir. Baxtli odamlar har qanday omadsizlikning, baxtsizlikning faqatgina yaxshi tomonlarinigina ko‘radi. Aynan shu narsa ularni eng qiyin vaziyatlardan ham osonlik bilan olib chiqadi va baxtli lahzalarni hadya etadi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован.