Alisher Navoiy g’azal va ruboiylar to’plami
Ulugʻ oʻzbek va boshqa turkiy xalqlarning shoiri, mutafakkiri va davlat arbobi boʻlgan. Gʻarbda chig’atoy adabiyotining buyuk vakili deb qaraladi, sharqda „nizomi millati va din“ (din va millatning nizomi) unvoni bilan ulugʻlanadi.
Ali Yazdiy nazariga tushgan, Mavlono Lutfiy yosh shoir isteʼdodiga yuqori baho bergan, Kamol Turbatiy eʼtirofini qozongan. Said Hasan Ardasher, Pahlavon Muhammad kabi ustozlardan taʼlim olgan, Abdurahmon Jomiy bilan ijodiy hamkorlikda boʻlgan. G’azal mulkining sultoni Alisher Navoiy g’azallar to’plami.
Gulruxi ra’noqadim
Gulruxi ra’noqadim chun bog‘ tavf aylar borib,
Infiolidan guli ra’no qizarib, sarg‘ayib.
Yuz shikof etting tanim, yo‘q edi ko‘nglimdan nishon,
O‘ylakim o‘t topmag‘aylar kulni har yon axtarib.
Sovug‘ ohimdin yorug‘liq oz, vale ko‘p tiyralik,
Qishda ul yanglig‘ki, tun bo‘lg‘ay uzun, kun qisqorib.
Zaf’ vaqti ko‘yidin chiqmoq taxayyul aylasam,
Ikki qatla har qadamda tinmoq istarmen horib.
Tutmadim bo‘g‘zim sabudek boda tarki aylabon,
May tilarmen piri dayr ollida balkim yolborib.
Soqiyo, lab tashnamen, andoqki, ko‘k jomi to‘la,
Boda tutsang, sarnigun aylarmen ani sipqorib.
Ey ajal, hijron aro olding Navoiy jonini,
Lutf qilding, jonni andan, ani jondin qutqorib.
Shayx
Meni ishqdin man etar soda shayx,
Dema soda shayx, aytkim loda shayx.
May ustidagi xascha qilma hisob,
Agar su uza solsa sajjoda shayx.
Yorug‘liq emas mumkin andinki bor,
Zalolat tariqida uftoda shayx.
Riyo bahri ichra ta’ma zavraqin,
Solubdur asodin tutib xoda shayx.
Yoyar domi tazvir el saydig‘a,
Qilib subhadin dona omoda shayx.
G‘azabda sabu, shahvat ichra bahim,
Agarchi erur odamiyzoda shayx.
Kirar odamiy sonig‘a qilsa no‘sh,
Fano dayrida bir qadah boda shayx.
Irodattin o‘lg‘ay edim bandasi,
Agar topsam erdi bir ozoda shayx.
Eranlardin o‘zni tutar, garchi bor,
O‘kush zeb-u ziynat bila moda shayx.
Navoiy tilar soda yuzlug yigit,
Ne g‘am gar aning man etar soda shayx.
Ko’z qonidin dema
Ko‘z qonidin dema, etagim lolavordur,
Kim, ko‘hi darning etagi lolazordir.
Har lola bir axgar erur, lek siynaso‘z,
Qay ko‘hi dard aro bu sifat lola bordur.
Bir gul yuzi firoqida xunobi ashk ila,
Yuz za’faroni ichra ko‘zim lolakordur.
El poymol etarlar uzub dasht-u tog‘ aro,
Baskim, yuzing guli qoshida lola xordur.
Qon ichra g‘arq bag‘rim aro dog‘-u dasht uza,
Bekasligim chog‘ida manga lola yordur.
Soqiy, ketur surohiy ila lolagun qadah,
Xossa bu damki, subh yeli lolabordur.
Tegramda ohdinki erur, ey Navoiy, o‘t,
Ko‘z qonidin dema etagim lolavordur.
Ochmag’ay erding jamoi
Ochmag’ay erding jamoli olamoro koshki,
Solmag’ay erding bori olamda g’avg’o koshki.
Chun jamoling jilvasi olamg’a soldi rustaxez,
Qilmag’ay erdi ko‘zum ani tomosho koshki.
Bo‘lmag’ay erdi ko‘zum o‘tlug’ yuzung ko‘rgan zamon,
Ishqing o‘ti shu’lasi ko‘nglimda paydo koshki.
Aylagach ishqing balosi zor ko‘nglimni hazin,
Qilmag’ay erding meni mahzung’a parvo koshki.
Tushmag’ay erdi firibomez lutfung bilmayin,
Notavon ko‘nglumga vaslingdin tamanno koshki.
Lutf ila ko‘nglumni vaslingdin talabgor aylabon,
Qilmag’ay erding yana zulm oshkoro koshki.
Bevafolig’ aylag’ach ishqingni ko‘nglum tark etib,
Qilmag’ay erdi o‘zin olamda rasvo koshki.
Emdikim devona-yu rasvoyi olam bo‘lmisham,
Vasl chun mumkin yo‘q o‘lturgay bu savdo koshki.
Ey Navoiy, bevafodur yor, bas, ne foyda,
Nechakim desang agar yoxud magar yo koshki.
Qaro ko’zim
Qaro ko‘zum, kelu mardumlug‘ emdi fan qilg‘il,
Ko‘zum qarosida mardum kebi vatan qilg‘il.
Yuzing guliga ko‘ngil ravzasin yasa gulshan,
Qading niholig‘a jon gulshanin chaman qilg‘il.
Takovaringg‘a bag‘ir qonidin hino bog‘la,
Itingga g‘amzada jon rishtasin rasan qilg‘il.
Firoq tog‘ida topilsa tuprog‘im, ey charx,
Xamir etib, yana ul tog‘da ko‘hkan qilg‘il.
Yuzung visolig‘a yetsun desang ko‘ngillarni,
Sochingni boshtin-ayog‘ chin ila shikan qilg‘il.
Xazon sipohig‘a, ey bog‘bon, emas moni’,
Bu bog‘ tomida gar ignadin tikan qilg‘il.
Yuzida terni ko‘rib o‘lsam, ey rafiq, meni
Gulob ila yuvu gul bargidin kafan qilg‘il.
Navoiy, anjumane shavq jon aro tuzsang,
Aning boshog‘lig‘ o‘qin sham’i anjuman qilg‘il.
Faqr erur kisvat anga
Saltanat zarbaftidin hojat emas xilʼat anga.
Kim fano tufrogʻigʻa yotib qoʻyar tosh uzra bosh,
Taxt uza ermas muzahhab muttako hojat anga.
Shah yurub olam ochar, darvesh olamdin qochar,
Ham oʻzung insof bergilkim, bu ne nisbat anga.
Har ne shah maqsudidur — darveshning mardudidur,
Koʻr, nedur himmat munga, ne navʼ erur holat anga.
Faqr koʻyi tufrogʻin shah mulkiga bermas faqir,
Mulk, koʻrkim, teng emas tufrogʻ ila qiymat anga.
Shah sipah cheksa, faqir ahvoligʻa yetmas futur,
Bu vale chekkach nafas, barbod oʻlur hashmat anga.
Shoh emastur bir nafas osuda doʻzax vahmidin,
Ey xusho darveshkim, mardud erur jannat anga.
Shahgʻa sidq ahli damidin mashʼali davlat yorur,
Mehrdekkim subh anfosi ochar talʼat anga.
Shohgʻa shahligʻ musallamdur, agar boʻlgʻay mudom,
Shohligʻ tarkin qilib, darvesh oʻlur niyat anga.
Mumkin ermas shahlar ichra boʻyla niyatligʻ, magar
Shohi Gʻoziykim, muyassar boʻldi bu davlat anga.
Shohlar darveshsho darveshlar shohikp, bor
Shohligʻ surat anga, darveshlik siyrat anga.
To shahu darvesh boʻlgʻay aylagil, yo rab, ayop,
Shohdin xizmat anga, darveshdin himmat anga.
Gar Navoiy soʻz uzatti faqrdin ermas demang,
Boʻlmagʻuncha hukm shahdin qayda bu jurʼat anga?
Ey Navoiy
Bir yuguruk tifl erur kirpiklarim ichinda yosh,
Kim yiqilib, sanchilibtur har tarafdin xor anga,
Nomam eltur qush agar mazmunin aytib qilsa sharh,
Sochqay oʻt qaqnus kibi ming chok oʻlub minqor anga.
Laʼling ollida chekar el jonini olgʻach koʻzung,
Bah, ne sharbatdur labingkim, jon berur bomor ango.
Aql evi sori inonin boshlamoq, nosih ne sud,
Telbakim, dasht uzra markabdur buzuq devor anga.
Tortasen isyon yukin, xam qil qadnng toatgʻakim,
Yuk ogʻir boʻlsa, rukuʼ ul dam boʻlur nochor anga.
Umr gʻaflat uyqusi birla tilarsen kechsa, oh, —
Koʻz yumub-ochquncha kimning eʼtimodi bor anga?
Men xud oʻldum, ey sabo, koʻnglumni koʻrmang koʻyida,
Chiqma andin, deb nasihat qilgʻasen zinhor anga.
Zor jismim tushgali hajr oʻtidin gʻam changgiga,
Ey Navoiy, oʻxshashur ham ud anga, ham tor anga.