Adolat va haqiqar haqida sara maqollar to‘plami
Adolat, insof, insofsizlik va haqiqat haqidagi maqollar to’plamini qabul qiling
Yaxshiga ipak ilashur, yomonga tikan ilashur
Tegirmon navbati bilan.
Adolat qilichi keskir bo’lar.
Yetimni yig’latma.
Ko’pirsang ham, tupurma.
Jangal o’zini bog’ aylar.
Qarz, qarzni berish farz.
Odil kishi oyday,
Oqib turgan soyday.
Yaxshiga yaxshi bo’l,
Yomonga — yomon.
Yetim-etim demangiz,
Yetim haqin yemangiz.
Haq joyda qaror topar.
O’l, desang kampirga ham yoqmas.
Zar ham zo’rniki,
Zan ham zo’rniki.
Yuribsan bu so’qmoqqa,
Chidarsan bu to’qmoqqa.
Ko’r bo’lsang ham, ko’mamak bo’lma.
Turkistonda qo’y bir so’m,
Kela-kela o’n bir so’m.
Poraxo’rning qo’li to’rtta,
Ko’zi — beshta.
Insof — sari baraka.
Poraxo’r — haromxo’r.
Bir yaxshiga bir yomon har yerda bor.
Jallob — turgan-bitgani qallob.
Da’vogar sust bo’lsa,
Qozi muttaham bo’lar.
Suv keltirgan — xor-u zor,
Ko’za sindirgan — aziz.
Otang — tarozi, onang — tarozi.
Bir xotir, ikki xotir,
Uchida urib qotir.
Insofi borning barakati bor.
O’qloq o’qtalganga to’qmoq o’qtal.
To’ng’izdan o’q ayama.
To’yar-to’ymas oshi,
Charchaguncha ishi.
Yiqilganni tepib o’tma, suyab o’t.
Semiz — «ko’rkam»,
Boy — «chechan».
Adovat emas, adolat yengar.
Poraxo’r besh qo’lini og’ziga tiqar.
Adolat qilichi kesgan qo’l og’rimas
Poraxo’rning tavbasidan qo’rq,
Mug’ombirning — yig’isidan.
Xatoning yo’ldoshi — jazo.
Haq haqqa chiqar,
Nohaqning bo’yni sinar.
O’g’ri bo’l, qaroqchi bo’l, insofli bo’l.
Jon berganga joy ber,
Joy beiganga jon ber.
Har kim fe’liga yarasha olar.
O’lmoqning jazosi — ko’mmoq,
Yomonning jazosi — urmoq.
Birovni qarg’asang, o’zingga urar.
Noinsofga erk bersang, elni talar.
Palla-palla — shu palla,
Adolatda — bir kalla.
Pora kanda bo’lmasa, parokanda bo’lasan.
Haq o’z do’ppisining tagida.
Noshukurda shukur bo’lmas,
Nonko’rda — uzr.
Haqiqat qilni qirq yorar.
Insofi yo’qning imoni yo’q.
Jabiga sabr chidamas.
Har yerda xo’roz bir xil qichqirar.
Poraxo’r — boyimas,
O’g’ri — koyinmas.
Haqiqatning yuzi — yorug’, qo’li — uzun.
Ketmon olsang, zanglatma,
Egasini qatnatma.
Ish bitdi,
Eshak loydan o’tdi.
Har kim qazigan chuqurga o’zi yiqilar.
Noinsofni tuzkonda ko’r.
Zamonaning ozgani —
Otdan eshakning o’zgani.
O’g’rining uyi ko’p,
To’g’rining uyi yo’q.
Haq ishni xalq qo’llar.
Yursang sayoq,
Yersan tayoq.
Kimning moli, puli bo’lsa,
Avliyoning o’g’li shul.
Haq egilar, nohaq sinar.
Ko’mirni o’g’irlagan temirchi,
Baloga qolgan ko’mirchi.
Vijdondan kechgan yiqilar.
O’tniki — o’tga,
Suvniki — suvga,
Yonga qoldi qatiqning puli.
Kulni o’z kumochingga tortma.
Tog’dagi kelib bog’dagini quvibdi.
Otdan bo’lgan o’t yeydi,
Itdan bo’lgan et yeydi.
Haqiqat o’tda ham kuymas,
Suvda ham cho’kmas.
Otgan qolmas baloga,
Aytgan qolar baloga.
Buzilgan uydan bulovich olma.
Jon kuydirmasang, jonona qayda,
Toqqa chiqmasang, do’lona qayda.
Qashqir tumshug’idan ilinar.
Yaxshiga tinim yo’q,
Yomonga o’lim yo’q.
Haq nohaq bo’lmas.
Dunyo, moli bo’lmasa,
Tomni teshgan o’g’ri shul.
Qo’yni ham o’z oyog’idan osarlar, echkini ham
Insofli oshini yer,
Insofsiz — boshini.
Pora do’zax eshigini ochar.
Arzon bo’lsa, oluvchidan insof ketar,
Qimmat bo’lsa — sotuvchidan.
Ko’rgan kuningni unutma,
Xom chorig’ingni quritma.
Haqiqat — osmonda,
Narvoni — hamyonda.
Yaxshiga kun yo’q,
Yomonga — balo.
Qovunning sarasini it yer,
Olmaning sarasini — qurt.
Sotuvchi sakkizga sotmaydi,
Oluvchi oltiga olmaydi.
Boyning gapi — o’ng,
Yo’qning gapi — to’ng.
Tomosha — ko’rniki,
Zamona — zo’rniki.
Nohaq qon yerda yotmas.
O’t bergan o’tini olar,
Suv bergan — suvini.
Tosh qo’ygan tosh olar,
G’isht qo’ygan g’isht olar.
Da’vogaring xon bo’lsa,
Arzingni olloga ayt.