8 — mart bayrami uchun sher va sherlar to‘plami
Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) tomonidan qabul qilingan ushbu kun, mamlakatning ijtimoiy va siyosiy xayotida ayollarning o‘rnini va nufuzini mustahkamlash, hayotning har bir sohasida ular erishgan muvaffaqiyatlarni baholashga bag‘ishlangan. Shu bois har yili 8-mart kuni ayollarning jamiyatdagi teng huquqlari va ular ulashgan yutuqlar ta’kidlanib ayni vaqtda muammolari, g‘am-tashvishlari shuningdek orzu-tilaklari tilga olinadi.
Ayollar bayrami uchun sher
Onamdek mehribon munisa opam
Yoshligim eslayman sizni har ko’rsam.
Sizdek vafodormas, menga soyam ham
Muborak bo’lsin sizga ham bayram.
Ro’moling uchiga tugma bo’layin
Dunyoda sen bilan mag’rurdir dilim.
Sening shaning uchun mayli o’layin
Bayraming muborak mehribon singlim.
Qizimga sher
Onamga o’xshaydi ko’zlaring sani
Osmonimdagi yolg’iz yulduzim.
Oppog’im, chiccoyim, shirinim mani
Bayraming bilan qizim.
8 — mart uchun sherlar
Qalblardagi chiroyli tilak,
Savoblardan beradi darak.
Sizga izhor aylayin istak,
8 Mart bayramingiz bo`lsin muborak.
Bahor oftobiday chehrangiz kulsin,
Doimo tabassum hamrohiz bo`lsin.
Kirgan bog`ingiz gullarga to`lsin,
8 Mart bayramingiz muborak bo`lsin.
Hayot bog‘larida tikonlar so‘lsin,
Umr yo‘llaringiz gullarga to‘lsin,
Nurlarga belandi bu kun zamin ham
Qutlug‘ ayyomingiz muborak bo‘lsin.
Bolam deb g‘am chekkan mehribonlarim,
Tashvishi bir ummon,quvonchi yarim,
Ey ,mening jannatiy onajonlarim,
Qutlug‘ ayyomingiz muborak bo‘lsin.
Qoshlari kamalak, sochlari chambar,
Ohu ko‘z sanamlar, yuzlari dilbar,
Siz borsiz dunyo ham go‘zal, munavvar,
Qutlug‘ ayyomingiz muborak bo‘lsin.
Qalbida dard ammo, yuzlari hushhol,
Sabr, bardoshidan mashaqatlar lol
Olamni nurafshon aylagan ayol,
Qutlug‘ ayyomingiz muborak bo‘lsin.
Tabassum ketmasin yuzlaringizdan,
Quvonch yoshi tomsin ko‘zlaringizdan.
Chamanlar gullasin izlaringizdan,
Qutlug‘ ayyomingiz muborak bo‘lsin.
8 — mart uchun tabriklar
Aytishlaricha bir baland tog’ bor emish,
Shuhratingiz shu tog’dek baland bo’lsin.
Shu tog’ning ostida bir yo’l bor emish,
Umringiz shu yo’ldek uzun bo’lsin.
Shu tog’ oldida archalar bor emish,
Savobingiz shu archalardek ko’p bo’lsin,
Qadrdonim 8-mart bayramingiz muborak bo’lsin!
Erta bahor gullagan binafsha misol,
Ko’nglingiz doim beg’ubor bo’lsin.
Yangi ochilgan gul «Lola» misol,
Lablarizda doim tabassum bo’lsin.
Dildan ezgu tilaklarim sizgadir tanxo.
8-mart ayyomingiz muborak bo’lsin!!!
Muqaddas ayol
Oshiqlaring poyingga gul otib ham bo`ldi,
Xilvatlarda labingdan bol totib ham bo`ldi,
Va bu haqda kimlargadir sotib ham bo`ldi,
Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol.
Avval kelib, quchog`ingga to`l, balq dedilar,
Unamading ayol asli ters xalq dedilar,
Yetolmagach yuz o`girib, sho`r taxt dedilar,
Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol.
Talpinasan astagina va qo`yasan bosh,
Mingyillikdir ko`zlaringda jovdiragan yosh,
Gunihkorlar mingu bitta, senga tegar tosh,
Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol.
Chorlashganda jim kelsang-da, bekor kelsang-da,
Mast davraga xor kelsang-da nomardlarga zor kelsang-da,
Xor kelsang-da nomardlarga xor kelsang-da,
Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol.
Oshiqlaring poyingga gul otib ham bo`ldi,
Xilvatlarda labingdan bol totib ham bo`ldi,
Va bu haqda kimlargadir sotib ham bo`ldi,
Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol.
Avval kelib, quchog`ingga to`l, balq dedilar,
Unamading ayol asli ters xalq dedilar,
Yetolmagach yuz o`girib, sho`r taxt dedilar,
Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol.
Talpinasan astagina va qo`yasan bosh,
Mingyillikdir ko`zlaringda jovdiragan yosh,
Gunihkorlar mingu bitta, senga tegar tosh,
Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol.
Chorlashganda jim kelsang-da, bekor kelsang-da,
Mast davraga xor kelsang-da nomardlarga zor kelsang-da,
Xor kelsang-da nomardlarga xor kelsang-da,
Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol.